Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja


Download 0.75 Mb.
bet48/140
Sana07.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1247819
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   140
Bog'liq
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

Verifikatsiya tamoyili. Bu tamoyilga binoan dunyo haqidagi har qanday fikrning haqiqiyligi pirovard natijada uni sezgi a’zolari orqali olingan ma’lumotlarga taqqoslash yo‘li bilan aniqlanishi lozim. SHu nuqtai nazardan parapsixologiyaning «energiya», «prana», «biomaydon» kabi tushunchalari mantiqqa ega emas, chunki verifikatsiyalanmaydi. Bu prinsipni e’lon qilgan pozitivistik falsafa go‘yoki bilishda ahamiyatga ega bo‘lmagan falsafiy tushunchalarni ilmiy muomaladan chiqarishga harakat qilgan. Biroq mazkur prinsip izchil qo‘llanilgan holda sezgi a’zolari orqali olingan ma’lumotlar bilan tasdiqlanmaydigan ko‘pgina nazariy qoidalarni ham ilmiy muomaladan chiqarish kerak bo‘ladi.
Karl Popper nazariy tizimlarning falsifikatsiyalanish mezonini taklif qildi. Bu mezonga ko‘ra amalda sinash va rad etish mumkin bo‘lgan nazariyalar ilmiy hisoblanadi. Popper verifikatsiya bilan falsifikatsiya o‘rtasida nomutanosiblikning mavjudligini mezon sifatida qaragan: agar verifikatsiya qilish uchun oqibatlarning cheksiz soni tasdiqlanishi lozim bo‘lsa, falsifikatsiya qilish uchun bitta qarshi misolning mavjudligi kifoya. Amalda falsifikatsiyalanish talabi inson bilimi natijalariga nisbatan tanqidiylik talabining muayyanlashtirilishidir. Krititsizm fan ruhini eng oqilona ko‘rinishda ifodalaydi.
YOlg‘on. YOlg‘on haqiqatning qarama-qarshisi. YOlg‘on odatda noto‘g‘riligi ayon bo‘lgan tasavvurlarni bila turib haqiqat darajasiga ko‘tarish sifatida tushuniladi.
YOlg‘on kundalik va ijtimoiy hayotda keng tarqalgan bo‘lib, odamlar o‘zaro aloqa qiluvchi hamma joyda uchraydi; u individlar va ijtimoiy guruhlar manfaatlarining «uchrashuvi» yuz beradigan har qanday insoniy munosabatlar funksiyasidir. Gap yolg‘on mavjud yoki mavjud emasligida emas (oddiy hayot tajribasi uning mavjudligidan dalolat beradi), balki har bir muayyan holda uning ulushi qanchaligidadir.
Beruniy fikricha”SHunday kishilar bo‘ladiki, ularning tabiatiga yolg‘on xabar tarqatish o‘rnashib qolib, go‘yo unga shu vazifa yuklatilgandek bo‘ladi va yolg‘on xabar tarqatmasdan turolmaydi...Ba’zan kishi yolg‘on xabar tarqatuvchiga taqlid qilib, bilmasdan yolg‘on xabar tarqatadi. Bu xabarchilar birinchi marta ataylab yolg‘on xabar tarqatgan kishi bilan eng keyin yolg‘on xabarni eshituvchi oralig‘ida vositachi bo‘ladilar. YOlg‘onchilik kishini adolatdan yuz o‘girtiradi, zulm, yolg‘on guvohlik, omonatga xiyonat qilish, boshqalar mulklarini hiyla bilan bosib olish, o‘g‘irlik, dunyo va xalqning buzilishiga sabab bo‘ladigan boshqa yomon xulqlarni kishilar yaxshi qilib ko‘rsatadilar.”1 Beruniy insonni rostgo‘ylik qolib, yolg‘onchilik yo‘lidan yurmasligi, boshqalarga yaxshilik qilish, yaxshilik qilish imkoniyati bo‘lmasa, yaxshi tilaklar izhor qilishga chorlaydi. Rostgo‘ylik, odillik Beruniy fikricha yuksak ma’naviyat, go‘zal odob – axloq belgisidir.
Insonning individual rivojlanish jarayonida yolg‘on bolada jazodan qutulib qolishga harakat qilish, kattalar o‘rnagi va shu kabilar orqali shakllanadi. Keyinchalik bunda jamiyat kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi. Insonni bu tomonga itaruvchi omillar majmui orasida ehtiroslar, shu jumladan muhabbat tobora kengroq o‘rin egallay boshlaydi. Muhabbat «son-sanoqsiz yolg‘onni vujudga keltiradi. Oshiq odam o‘zining narxini oshirish uchun yolg‘on so‘zlaydi, o‘z raqibining obro‘sini tushirish uchun, rashk o‘tini yoqish uchun... sovib borayotgan muhabbat otashini qayta o‘t oldirish uchun aldaydi, nihoyat, muhabbat yo‘qolgan holda yolg‘on gapiradi»2. YOlg‘on takabburlik, irodasizlik, muvaffaqiyatga intilish, pulga, hokimiyatga o‘chlik va hokazolar zaminida yuzaga keladi.
YOlg‘on individlar uchun ijobiy ma’noda ham muhimdir (bu jihatdan o‘layotgan odam to‘shagi oldida yolg‘on gapirish hollari diqqatga sazovor). Lekin yolg‘on ko‘pincha o‘zgalar hisobidan va ularning manfaatlariga zid ravishda qandaydir afzalliklarni qo‘lga kiritish bilan bog‘liq. YOlg‘onni yashash uslubiga aylantirgan odamlar ham bor.
SHunga qaramay, halol, vijdonli odamlar ko‘proq. Ularni yolg‘onchilardan qanday farqlash mumkin? CHinakam samimiyat ikki asosiy belgi: «achchiq haqiqat bilan birovga ozor etkazishga va o‘z xatolarini ochiq-oydin tan olishga qodirlik» bilan ajralib turadi. «Xayrixoh bo‘lgan holda, yolg‘on gapirmay sizga ozor etkazishi mumkin bo‘lgan odamni, siz xohlagan va kutgan javobni berish o‘rniga, sizni xafa qilishdan cho‘chimay, haqiqatni yuzingizga aytgan odamni samimiy deb hisoblash mumkin. Lekin samimiy odamni uning o‘z xatolarini tan olish jasoratiga ko‘ra farqlash mumkin, ya’ni rostgo‘y odam o‘zining nomaqbul qilmishiga hech qanday vaj-korsonlarsiz iqror bo‘ladi, deb aytish mumkin. YOlg‘onga bunday iqror bo‘lishni afzal ko‘rish – rostgo‘ylikning shak-shubhasiz mezonidir»1.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling