Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja
Sotsiologizatorlik konsepsiyalari
Download 0.75 Mb.
|
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот
- Bu sahifa navigatsiya:
- Insonning mohiyati.
Sotsiologizatorlik konsepsiyalari. Biologizatorlik yondashuviga zid o‘laroq, sotsiologizatorlik yondashuvi inson tabiatini ijtimoiy munosabatlarda ko‘rishga harakat qiladilar. Bunda ular ba’zan nafaqat insonning ijtimoiy asosini uning biologik asosiga qarama-qarshi qo‘yadilar, balki so‘nggi zikr etilgan asosni hayvoniy va hattoki tuban, shu bois jiddiy e’tiborga loyiq emas, deb hisoblaydilar. Asosiy e’tibor ijtimoiy munosabatlar tahliliga va individ, shaxsning shakllanishida jamiyat qanday rol o‘ynashini aniqlashga qaratiladi. Pirovardida ijtimoiy asos individual asosga qaraganda ustunroq ahamiyat kasb etadi, uni o‘ziga bo‘ysundiradi va qamrab oladi. Mazkur yondashuv total ijtimoiy tizimlarga va ularni asoslashga harakat qiluvchi falsafiy ta’limotlarga, xususan, Platon falsafasi ayniqsa xosdir. Umuman olganda, bu individualizm va kollektivizm muammosidir.
Insonning mohiyati. Insonning mohiyatini tushunishga harakat qilish jarayonida u nafaqat tashqi, balki ichki, pinhona xususiyatlarga ham ega ekanligini, ular jamuljam holda insonning individ, individuallik, shaxs kabi tushunchalarda aks etadigan muayyan obrazini shakllantirishini ham hisobga olish lozim. Boshqacha aytganda, insonning mohiyatini uning ichki va tashqi borlig‘i birligida, uning dunyoga faol munosabatida izlash kerak. SHunday qilib, individ muayyan insonning umumiy obrazi sifatida amal qilsa, individuallik uni muayyan o‘ziga xos xususiyatlar sohibi sifatida tavsiflasa, «shaxs» tushunchasiga yanada torroq ma’no yuklanadi, chunki ayni holda inson uning barcha ijtimoiy sifatlari bilan jamuljam holda olinadiki, bu faqat ijtimoiy munosabatlarning u yoki bu tizimini nazarda tutgan holda shaxs to‘g‘risida so‘z yuritish imkonini beradi. YA’ni keng talqinga yo‘l qo‘yadigan «individ» va «individuallik» tushunchalari nafaqat insonga nisbatan, balki individual xususiyatlarga ega bo‘lgan ayrim tirik mavjudot, hayvonga nisbatan ham tatbiq etilishi mumkin. «SHaxs» tushunchasi esa doim ijtimoiy mavjudot sifatidagi inson bilangina bog‘liq bo‘lib, faqat shu ma’noda, ayrim insonni uning jamiyatdagi o‘rni, «ijtimoiy qiyofasi» nuqtai nazaridan tavsiflaydi. Kezi kelganda yana shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, har qanday shaxs zamirida oqilona faoliyat yotuvchi ongli-ixtiyoriy faollik tavsiflanadi. SHuningdek inson yangi moddiy va ma’naviy boyliklar yaratib, o‘z ijodiy imkoniyatlarini izchil ro‘yobga chiqarish orqali shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Hozirgi zamon fanida shaxsning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi uch muhim omil: irsiyat, madaniy muhit va yashash sharoiti farqlanadi. Bu omillar o‘zaro ta’sirga kirishishi natijasida inson shaxs sifatida o‘ziga xos xususiyatlar majmui: tegishli ehtiyojlar, qiziqishlar, mijoz, qobiliyatlar, maqsadlar, mo‘ljallar, ma’naviyat va shu kabilarga ega bo‘ladi. Insonning mazkur betakror individual xususiyatlari asosan u yashayotgan muhitdagi ijtimoiy va madaniy shart-sharoitlar ta’sirida shakllanadiki, bu shaxsning shakllanishi va kamol topishida jamiyat juda muhim rol o‘ynashini qayd etish imkonini beradi. Ayni vaqtda shaxs umumiy e’tirof etilgan me’yorlarga muvofiq yoki ularga zid shakllanishi va kamol topishi mumkin. Bu ma’noda ijobiy shaxslar to‘g‘risida ham, salbiy shaxslar to‘g‘risida ham so‘z yuritish mumkin. Hozirgi vaqtda aksariyat olimlar va faylasuflar inson evolyusiyasidagi ijobiy jarayonlarni va ijtimoiy o‘zgarishlar imkoniyatlarini ijtimoiy munosabatlarning insonparvarlashuvi, odamlar ongidan umuminsoniy me’yorlar mustahkam o‘rin olishi bilan bog‘lamoqdalar. Bunda inson o‘zining butun umri mobaynida, bir tomondan, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishga harakat qilib, boshqa tomondan esa – o‘zini qurshagan ijtimoiy va tabiiy muhit ta’sirini his etib, yaxlit bir butun hodisa sifatida, uzluksiz tadrijiy rivojlanishini e’tiborga olish lozim. Boshqacha aytganda, o‘zining kamol topish jarayonida u doim ham sub’ekt, ham ob’ekt hisoblanadiki, bu shaxsning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi va hayot mazmunini izlashi bilan bog‘liq bo‘lgan yana bir muhim falsafiy muammo yuzaga kelishini belgilaydi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling