Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja
Download 0.75 Mb.
|
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот
A n a k s i m a n d r (610-546) Falesning shogirdi bo‘lib, u birinchi bo‘lib planetalar bilan yulduzlar farqini tushuntirdi. Quyosh soatini ixtiro etdi va geografik haritalar to‘zdi. Uning ta’limotiga olamning moddiy asosini mangu harakat va o‘zgarishdagi noma’lum modda - apeyron tashkil etadi. Apeyrondan issiq va sovuq, nam va quruq kabi bir-biriga qarama-qarshi tomonlar ajralib chiqqankim, va bu qarama-qarshiliklar o‘rtasidagi munosabatdan suv vujudga kelgan. Suvni qurishi oqibatida olov va havo paydo bo‘lgan. Uning fikricha olamda shunga o‘xshash dunyolar ko‘p bo‘lib,ular mangu harakatdagi apeyrondan tashkil topgandir.
"Milet maktabi"ning so‘nggi vakili bo‘lgan Anaksimen (585-525) borliqning asosini suv ham emas, aneyron ham emas, balki havo tashkil etadi deb tushuntiradi.Uning ta’kidlashicha, havo-mangu harakatda va qarama-qarshilik xususiyatiga ega, u gox siyraqlashadi, gox quyuqlashadi. Mana shu qarama-qarshilik munosabatida havodan olov, shamol suv va tuprok ajralib chiqqan va bulardan ham o‘z navbatida boshqa narsa va hodisalar yuzaga kelgandir. Hamma narsaning manbai havo, hamma narsa va hodisalar havodan paydo bo‘ladi va havoga aylanadi, - deb uqtiradi. "Milet maktabi" vakillari mana shunday sodda materialistik qarashlari bilan falsafa tarixida muhim iz koldirdilar. Lekin ularga qarama-qarshi o‘laroq, o‘z falsafiy qarashlari bilan maydonga chiqqan oqim vakillari ham borki, ulardan biri Pifagor va uning tarafdorlari. Pifagor (eramizdan avvvalgi 580-500) yillar va pifagorchilar olamning moddiy asosini son tashkil etadi deb tushuntiradilar. Ularning ta’limoticha, barcha narsalar ustki qavatlar bilan o‘ralgan, ustki qavatlar chiziklar bilan o‘z navbatida, chiziklar ham nuqta bilan chegaralangandir. SHuning uchun ham olamdagi narsalarni yaratgan sabab, olamni idora qiluvchi kuch, bu sondir deb davo qiladilar. "Ularning fikricha, "2" raqami barcha xudolarning onasi, barcha narsa va hodisalar asosi; "2"-rakami qarama-qarshiliklar;", "3"-raqami uchta "1" rakami va ularning qarama-qarshi tomonlarining birligi jismni tashkil etadi; "4" rakami - tabiatdagi 4 elementning obrazidir; "10" rakami - eng mukaddas bo‘lib, osmondagi o‘n yulduz va ularning o‘n doirasi obrazi hamda hisoblash va sonlar mistikasi asosidir. SHunday qilib, pifagorchilar olamni bilish sonni bilishdir deb uqtiradilar. Ular sonlarni ilohiylashtirgan bo‘lsalarda, lekin fan taraqqiyotiga, xususan matematika fani rivojiga o‘z tadqiqotlari bilan (Pifagor teoremasi) ulkan xissa qo‘shganlar. Qadimgi YUnonistonning mashhur faylasuflaridan biri Geraklitdir. U Efes shaxri vakili bo‘lib (er. av. 530-470 yy.) yirik tabiatshunos, siyosiy arbob, o‘tkir filosoflardan edi. Geraklit pifagorchilarga qarshi chiqib, olamning moddiy asosini olov tashkil etadi deb ko‘rsatadi. "Olamni hech kim, xatto xudo ham yaratmagan, qonuniyatli tarzda yonib turuvchi abadiy barhayot olov mavjud va u qonuniyatli tarzda o‘chadi, avval ham shunday edi, xozir ham va bundan keyin ham shunday bo‘ladi". Uning fikricha kishi ongi o‘tning, olovning o‘tkinchi holat turlaridan biridir. Geraklit dunyoni bilish mumkinligini e’tirof etadi. Uning bilish protsessi sezgidan boshlanadi va tafakkurda davom etadi. Ko‘z oldimizdagi barcha narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimiz orqali ko‘ramiz, sezamiz, lekin ularning xaqiqiy mohiyatini esa tafakkur, fikr yordamida anglaymiz - deydi u. Atomistik qarashlarning asoschisi Levkippdir. U asli Milet shaxridan bo‘lib, uning ta’limoticha butun moddiy olam - atomlardan tashkil topgandir. Atom - uning ta’kidlashicha eng kichik, bo‘linmas moddiy zarracha bo‘lib, demak butun borliq mana shu atom va bo‘shliqlardan iborat va ular zaruriyat asosida mangu harakatda. Levkippning bu ta’limoti keyinchalik Demokrit davom ettirdi. Demokrit faoliyati YUnonistonning fan va madaniyati rivojidagi juda katta rol uynadi. U asli Abder shahridan bo‘lib, astronom, matematik, fizik, fiziolog, tabib, musiqashunos, ruhshunos, tilshunos va eng muhimi o‘tkir filosof edi. Uning ta’limoticha olam, butun borliq moddiy bo‘lib, atom va bo‘shliqlardan iboratdir. Tabiatdagi barcha narsalar mana shu atomlarning turli ko‘rinishidagi birikuvidan tashkil topgan. Atomlar mangu harakatda bo‘lib, harakat esa ularning zaruriy va mangu holatidir. Birok harkatni u shunchaki, atomlarning bir-biriga o‘rin almashishi deb tushundi, lekin harakat o‘zaro to‘qnashuv asosida yuzaga kelishini u anglab etmadi. SHuning uchun ham harakat materiyaning o‘z-o‘zidan harakati ekanligini tushunmadi. Demokrit jon (ruh) haqida quyidagi fikrlarni bildiradi, uning fikricha jon tanni harakat manbai bo‘lib, u oddiy atomlardan iborat va ular boshqa atomlardan shunisi bilan farqlanadiki, ular shaklda dumalok, noziq va o‘ta harakatchan bo‘ladi. Tan o‘lishi bilan jon ham o‘ladi, chunki olamda tandan mustaqil jon yo‘q, o‘lim esa mana shu atomlarning o‘zaro bir-birlari bildan to‘qnashuvi natijasida ularning parchalanishidan yuz beradi. Demokrit o‘zining bilish nazariyasida bilishni 2 ga bo‘ladi, bo‘lar - "qorong‘u" va "xaqiqiy" bilimlar. Sezgi organlari orqali olinadigan bilimlarni u "qorong‘u" bilimlar deb, tafakkur orqali anglanadigan bilimlarni u "xaqiqiy" bilimlar ajratadi. Platon (er. av. 427-377y) o‘zining falsafiy qarashlarini asosan "Bazm", "Teetet","Fedon" nomli asarlarida bayon etgandir. U o‘z qarashlarida Demokrit va Geraklitni qattiq tanqid ostiga oladi. Borliqni asosan ikkiga-g‘oyalar dunyosi va moddiy olamga bo‘ladi. Uning ta’kidlashicha g‘oyalar dunyosi harakatsiz va o‘zgarmas bo‘lib , u fazo va vaqtga bog‘liq emas, u birlamchidir va moddiy olam esa "g‘oyalar dunyosini " soyasidir .U o‘zining bilish nazariyasining sezgi va tafakkur bilan bog‘laydi.Sezgi orqali olinadigan bilimlarni u xaqiqiy emas deb belgilaydi. Moddiy olamni sezgilar orqali bilish mumkin va demak , bu bilim-moddiy olam uningcha xaqiqiy emas. Moddiy olam vaqtinchalik harakatda va o‘zgarishda:" g‘oyalar dunyosi" esa mangu deb hisoblaydi. "G‘oyalar dunyosi "ni faqatgina sof tafakkur orqali bilish mumkin. "Qadimgi dunyoning eng buyuk mutafakkiri"deb nom olgan Aristotel (er. av. 384-322y), Stogir shahrida tugilgan. 18 yoshida platon akademiyasiga o‘qishga kirib, 20 yil undan ta’lim oladi. U A. Makedonskiyning tarbiyachisi edi. Uning "Metofizika", "Fizika", "Jon to‘g‘risida " ,"Amaliy kitob","Kategoriyalar", "Etika", "Siyosat" kabi asarlari bizgacha etib kelgan. Aristotel Platonning "g‘oyalar dunyosi" haqidagi fikrlarini keskin rad etdi. CHunonchi u - "Agar moddiy olam ", "g‘oyalar dunyosi" ning ikkilamchi shakli ekan, ya’ni uning soyasi ekan, u holda nega "g‘oyalar dunyosi" harakatsiz o‘zgarmas, mangu," moddiy olam "ga esa harakatda, o‘zgarishda va vaqtinchalik xarakterga ega? - degan xaqli savolni qo‘yadi va "moddiy olam " bilan "g‘oyalar dunyo"si o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish yo‘qligini ochib tashlaydi. Platon qarashlarida aks etgan g‘oya - "g‘oyalar dunyosi" birlamchi bo‘lib, "moddiy olam"dagi narsa va hodisalar "g‘oyalar dunyosi"ning, "kopiyasi" ekanligi haqidagi fikrga qarshi chikdi, Aristotel aksincha, g‘oyalar narsa va hodisalarning kopiyasi va ularning hech qanday ayirmasi yo‘q deya ta’kidlaydi. Xuddi shunday atomistik nazariyaning tarafdorlaridan yana biri, qadimgi yunon faylasuflaridan Epikur edi.(er. av. 341-270y.) U Demokritning atomistik nazariyasini rivojlantirib, atomlarning xajmi va og‘irligi jihatidan farqini ta’kidladi. Uning uqtirishicha, atomlar og‘ir bo‘lganligi uchun u doim pastga va doim harakatda bo‘ladi. U xudolarga ishonmaydi va olamning cheksizligi haqida gapirib, biz yashayotgan dunyoga o‘xshashligini uqtiradi. YUnonistondan so‘ng qadimgi Rimga o‘tgan quldorlik va qulchilik tuzumi Rimda tabiiy fanlarning, shuning barobarida falsafaning rivojlanishiga sharoit tug‘dirdi. Qadimgi Rimda qulchilik tuzumi eramizdan avvalgi IV asrlarga borib taqaladi. Bu davrlarda qulchilik madaniyati eng yuksak cho‘qqisiga etdi va shuning uchun ham Rimda og‘ir sanoat, savdo, adabiyot, san’at va falsafa ham rivojlandi. Eramizdan oldingi III-I asrlarda yuzaga kelgan bir qancha ko‘zgolonlar quldorlik tuzumining o‘zaro emirilishiga olib keldi. Xuddi shu davrda yashagan va ijod etgan qadimgi Rimning eng mashxur faylasuflaridan biri Lukretsiy Tit Kar sanaladi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling