Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja


XIX asr oxiri va XX asr boshlarida falsafiy fikrlar. Jadidlar harakati


Download 0.75 Mb.
bet22/140
Sana07.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1247819
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   140
Bog'liq
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida falsafiy fikrlar. Jadidlar harakati.

Tayanch tushuncha va iboralar: Ma’rifatchilik harakati, jadidchilik, Ma’mudxo‘ja Be’budiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat.


Turkistonda ma’rifatchilik harakatining avj olishi jadidchilik g‘oyalarining vujudga kelishida muhim o‘rin egalladi. Lekin SHo‘rolar davrida jadidchilik ko‘pincha bir tomonlama talqin qilindi, uning g‘oya va maqsadlarini soxtalashtirish va hatto uni millatchilik harakati deb baholash hollari ham bo‘ldi. Mustaqillikka erishilgandan so‘ng bu harakatni xolisona va ilmiy nuqtai - nazardan tadqiq qilish imkoniyati tug‘ildi. Jadidchilik harakatining yirik namoyandalari Turkistonda mustaqillik, milliy taraqqiyot uchun, xalqning manfaatlari uchun kurash olib bordilar. Jadidchilik harakatining muhim xususiyati uni milliy-ozodlik harakati va Turkistonda milliy burjuaziyani vujudga kelishi bilan chambarchas bog‘liqligi edi.
O‘sha davrda jadidchilik harakatining qator vakillari etishib chiqdi. Bular Munavvar Qori, Avloniy, Behbudiy, Fitrat, CHo‘lpon va boshqalardir.
Ma’mudxo‘ja Behbudiy (1875-1919) jadidchilik harakatining asoschilaridan biri bo‘lib, yangi maktablar qurish, yosh avlod mustaqillik ruhida tarbiyalash, ularni ilmli qilish, ma’rifat va taraqqiyot uchun kurashga katta hissa qo‘shgan mutafakkirdir.
Behbudiy yangi maktablar uchun «Risolayi asbobi savod, «Risolayi jo‘g‘rofiyai umroniy», «Kitobat ul-atfol», «Amaliyoti islom», «Risolai jo‘g‘rofiyai rusiy» va boshqa darsliklari yozadi. Uning asosiy asari «Padarkush» dramasidir. Bularda tashqari, Behbudiy ko‘plab publitsistik maqolalar yozdi, matbuotda xizmat qildi, nashr ishlari bilan mashg‘ul bo‘ldi. Uning maqolalarida millat va Vatan taqdiri, mustaqillik g‘oyasi, ahloq va ta’lim-tarbiya va boshqa masalalar o‘rin olgan.
Jadidchilik haraktining yirik namoyandalaridan biri Abdulla Avloniydir (1878-1934). U pedagogik faoliyat va badiiy ijodni qo‘shib olib bordi. Avloniy ochgan maktablarda dunyoi fanlarni bolalarga o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Mutafakkir «ikkinchi muallim», «Birinchi muallim», «Alifbedan so‘ngi o‘quv kitobi» kabi darsliklarni yaratdi.
Ayniqsa, olimning «Turkiy guliston yoxud axloq» darsligi bolalar dunyoqarashi, milliy ongi va mafkurasining shakllanishda muhim a’amiyatga ega bo‘ldi. Unda bolalarga ilm- fan sirlarini o‘rgatish, yaxshi hulq-odob qoidalarini singdirish, Turkiston xalqini asriy qoloqlikdan qutqarish yo‘llari, iqtisod, tadbirkorlikni rivojlantirish, mamlakatni xom ashyo qaramligidan xalos etish, ma’rifat va ma’naviyatni yuksaltirish masalalari yoritilgan.
Jadidchilik harakatining yana bir yorqin vakili Abdurauf Fitrat (1884-1939) bo‘lib, ilmning ko‘p sohalarida ijod qilgan mutafakkirdir. Olim «Say’a» («Bong»), «Hind sayyohining qissasi», «Uchqun» to‘plami, «CHin sevish», «Hind ixtilochilari» «O‘zbek tili grammatikasi», «CHig‘atoy adabiyoti» va boshqa ko‘plab asarlar yozdi. Fitratning asarlarida xalqni jaholat va nodonlikdan qutqazish, ilm-ma’rifatga chorlash, milliy mustaqillikka erishish, xalqning o‘zligini tanishi, ongining o‘sishi, kuchli va rivojlangan davlat tuzish, xalqning bilimdon bo‘lib, tijorat va tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi, Evropaning fan va texnika yutuqlarini o‘rganish kabi g‘oyalar ilgari suriladi. Uning yuqoridagi millatparvarlik va vatanparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan g‘oyalari hozir ham tadbirkorlik, ma’naviyat va ma’rifatni ravnaq toptirishda, milliy g‘oya va mafkurani shakllantirishida, xalqning o‘zligini anglashida muhim ahamiyatga ega.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling