Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja
Download 0.75 Mb.
|
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek
- Alisher Navoiy
Mir Sayyid SHarif Jurjoniy (1339-1413) - temuriylar sulolasi daarda yashagn atoqli alloma. U 50 dan ortiq risolalarning muallifi bo‘lgan. Ularda borliq , modda va uning shakllari, jonli va jonsiz tabiat, ularning xususiyatlari, moddiy va ruhiy munosabatlar, mantiqiy fikrlash, til va tafakkurning o‘zaro aloqasi, koinot, inson , aql va bilish masalalari o‘rganilgan. Mutafakkir o‘zining falsaaga oid asarlarida dunyoni ikkiga, ya’ni zaruriy vujud – vojib ul-vujud (Xudo) va mumkin ul-vujud (moddiy olam) ga ajratadi. U butun olamni o‘zaro sababiy bog‘langan bo‘lakchalardan tashkil topgan yagona tanaga qiyoslaydi. Uning fikricha, moddiy dunyoning asosini doimiy harakatda bo‘lgan to‘rt unsur: olov, havo, suv va tuproq tashkil etadi. Ularning birikishidan turli narsalar vujudga keladi.
Jurjoniy falsafaning mantiq ilmi bilan o‘zaro o‘zviy aloqadarligiga alohida e’tibor qaratadi. Uning fikricha, mantiq inson tafakkurini, aqliy xulosa chiqarishni o‘rganadi. Xulosa, uningcha, uch turga bo‘linadi: 1) qiyos (sillogizm), 2) isteqro (induksiya) va 3) hads (analogiya). Uning fikricha, sillogizm nazariy bilimlar hosil qilishning asosiy vositasi hisoblanadi. Nazariy bilimlar o‘z navbatida, hayotiy tajribada hosil qilinadigan boshlang‘ich bilimlarni tafakkur qilish natijasida vujudga keladi. Induktiv yo‘l bilan hosil qilingan xulosalar taxminiy bilimlarni beradi va har doim ham haqiqiy bo‘lavermaydi, chunki inson tajribasi mukammal emas. Jurjoniy mantiq ilmining huquq va tilshunoslik bilan chambarchas bog‘liq ekanligini ko‘rsatib, isbotlab berdi. SHuning uchun ham X1U-XU asrlarda islom madrasalarida mantiqni o‘rganishga katta ahamiyat berila boshlandi. Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek (1394-1449) - jahon ilm-fani taraqiyotiga katta hissa qo‘shgan buyuk falakiyotchi olim va davlat arbobi. U matematika , astranomiya, gemetriya, kimyo, tarix va boshqa sohalarda samarali ijod qilgan. Uning eng muhim va mashhur asari “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” deb ataladi. Unda eralar va taqvim masalari, matematika va sferik astronomiya fani muammolari, samoviy jismlar harakatlari haqida fikr yuritilgan hamda 1018 yulduzning o‘rni aniqlab berilgan. Bu asar o‘rta asrlardayoq bir qancha tillarga tarjima qilingan va Evropada ham qiziqib o‘rganilgan. Mirzo Ulug‘bekning “To‘rt ulus tarixi” asarida mo‘g‘ullar imperiyasining tarixi bayon etilgan. U o‘z asarlarida olam sir-asrorlarini bilish, nodonlik va johillikdan nafratlanish, ilm olishdan ma’naviy bahramand bo‘lish, ilmi ahlini e’zozlash, ularni qo‘llab-quvvatlash barcha insonlarning muqaddas burchi bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan. Mirzo Ulug‘bek o‘z ilmiy ijodi va faoliyati bilan o‘rta asrlarda ilm-fan rivoljiga katta ulush qo‘shdi. Temuriylar sulolasi davrida adabiyot ham ravnaq topdi. Aynan shu davrda yashab ijod etgan mutafakkir va shoirlar Lutfiy, Jomiy , Alisher Navoiy, Binoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Durbek, Haydar Xorazmiy, Kamol Ho‘jandiy, Hofiz Xorazmiy, Ismat Buxoriy, Hiloliy, Atoiy va boshqalarning insonga, olamga bo‘lgan falsafiy munosabatlarini yuksak badiiy shaklda ifoda etuvchi adabiy asarlari yaratildi. Alisher Navoiy (1441-1501) - nafaqat yirik davlat arbobi, o‘zbek adabiy tilining asoschisi bo‘lgan. Buyuk mutafakkir alohida falsafiy asar yaratgan bo‘lmasada, uning barcha asarlari chuqur falsafiy mushohada asosiga qurilgan. Uning asarlarida bosh mavzu – komil inson, xalq, farovonligi, Vatan ravnaqi va barcha teng va baxtli-saodatli bo‘lgan mukammal, adolatli jamiyat haqidagi orzulari bilan bog‘liq.. Alisher Navoiyning asarlarida yaxshilik, muhabbat, do‘stlik, sadoqat, adolat, tinchlik, barqarorlik va boshqa abadiy umuminsoniy qadriyatlar ulug‘langanligi uchun ham bugungi kunda ularni o‘rganish komil insonlarni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling