Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja


Mo‘taziliylar (ajralib chiqqanlar


Download 0.75 Mb.
bet17/140
Sana07.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1247819
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   140
Bog'liq
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

Mo‘taziliylar (ajralib chiqqanlar) o‘z davri ziyolilarining namoyandalari bo‘lib, ular qadimgi yunon va rim falsafasi, mantiqshunosligi bilan yaxshi tanish bo‘lgan o‘qimishli kishilar, alloma olimlar edi. Ularning orasida an-Nazzam, Jixoz, al-Kindiy va boshqalar bo‘lgan. Mo‘‘tazila vakillari “besh asosiy qoida” yuzasidan mutakallimlar bilan munozara qilganlar, Bular: 1) Adolat (al-adl): ilohiy adolat insonning iroda erkinligini taqozo etishi; 2) “YAkka xudolik” (at-tavhid): yagona Allohga qat’iy ravishda ishonish va insoniy sifatlarning xudoga xosligini inkor etish, Qur’onning “ yaratilganligi”ni e’tirof etish; 3)”Savob ishlar uchun mukofot, va’da va gunohlar uchun jazo bilan qo‘rqitish” (al-va’d va-va’id); 4) “Manzillar orasida o‘rtacha holat” (al-manzila bayna-l-manzilatayn); va 5) “Munosib yaxshi amallarga ko‘tarish va yomon amallarni taqiqlash” (al-amr,bi-l-ma’ruf va-n-nahi ani-l-munkar). (Bu haqda qo‘shimcha ma’lumotni Falsafa. Qisqacha lug‘at. T.2004 , 233-235 betlardan olish mumkin).
Umuman olganda, bu yo‘nalish keyinchalik Musulmon SHarqida yunon falsafiy an’analaridagi falsafiy dunyoqarashning rivojlanishiga , shuningdek kalom ilmini nazariy jihatdan asoslashga ham katta ta’sir ko‘rsatdi.
O‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda tasavvuf ta’limotining rivojlanishi. Markaziy Osiyoda O‘rta asrlarda ratsional dunyoviy va diniy falsafa bilan birga so‘fiylik yoki tasavvuf ta’limoti rivoj topdi. So‘fiy so‘zi arabcha, “suf” (jun) so‘zidan olingan bo‘lib, po‘stin, teri yopingan, degan ma’noni anglatib, u moddiy boylikka xirs qo‘yishga qarshi qaratilgan ta’limot sifatida shakllangan. Tasavvuf – suluk, tariqat, yo‘l, degan ma’nolarni anglatib, Movaraunnaxrda keng tarqalgan so‘fiylik ta’limotining bir ko‘rinishi edi. So‘fiylik diniy-panteistik falsafiy oqim sifatida USH asrda Arabistonda va Eronda paydo bo‘lgan, Movaraunnaxrga u X1 asrning ikkinchi yarmi –XP asrning boshlarida Eron orqali kirib keldi va tasavvuf nomi bilan tarqaldi. Uning mohiyati Allohni qalb bilan bilish va u bilan ruhan birlashishdan iborat.
Allohni bilish va haqiqatga erishishning 4 bosqichi mavjud. Bular shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqatdir. Birinchi bosqich – sh a r i a t, deb atalgan. Bunga ko‘ra, tasavvuf ahli avvalo shariatning barcha talablariga qoidalariga bo‘ysunishlari, ularni bajarishlari shart. SHundan so‘ng, ikkinchi bosqicha o‘tishlari mumkin.
Ikkinchi bosqich – t a r i q a t. Bunda muridlar (shogirdlar) o‘z pirlari (ustozlariga) so‘zsiz itoat etishi, o‘z shaxsiy istaklaridan butunlay voz kechishlari va ihtiyorlarini pirlariga topshirishlari shart hisoblangan.
Uchinchi bosqich - m a ‘ r i f a t. Bunda so‘fiylar olamning xudoda mujassam bo‘lishi, yaxshilik va yomonlikning nisbiyligini aql bilan emas, qalb bilan anglashi, Allohga yurakdan e’tiqod qilish kerakligi ko‘rsatiladi.
To‘rtinchi bosqich – h a q i q a t. “Haqiqatga erishuv” so‘fiyning “shaxs sifatida tugab”, unga ruhan singib ketishi va natijada abadiylikka erishishi qayd etiladi. Bunga so‘fiylar maxsus ruhiy va jismoniy xaddi-harakatlar orqali erishishi mumkinligi ko‘ratilgan. Xususan, Ahmad YAssaviy fikricha, bu bosqichga faqat moddiy dunyodan voz kechish va tarkidunyo qilish orqaligina erishish mumkin. SHu bilan birga, ko‘pgina so‘fiylar fikricha, bunga faqat Alloh tanlagan bandalari – avliyolargina erishadi.
Inson Allohni faqat “qalb ko‘zi bilan ko‘rishi mumkin”, ya’ni bilish jarayoni insonning dili orqali amalga oshadi. Buning uchun u ma’rifatga intilishi, halol mehnat qilishi, kasb-hunarni egallashi, boylikka hirs qo‘ymasligi, nafsini tiyishi, halol va haromning farqiga borishi kerak. Tasavvufda insonning ahloqiy pokligi va kamoloti masalalariga katta e’tibor qaratiladi.
Tasavvufni to‘g‘ri tushunish uchun, uning nazariyasini amaliyotidan farqlash lozim.
Tasavvufning nazariy asoslarini Abdulhamid G‘azzoliy (1058-1112), SHahobiddin YAh’ya al –Suxravrdiy (1115-1191), Ibn Arabiy (1165-1240) va boshqalar ishlab chiqishgan.
Al-G‘azzoliy ta’limoti tufayli tasavvuf musulmon ruhoniylari tomonidan tan orlingan.U tasavvufni kalom ilmi bilan birlashtirish yo‘lidan boradi, Forobiy, Ibn Sino kabi mutafikkirlarning Qur’oni Karimni aql bilan tushunishga qaratilgan harakatlarini qoralaydi. U tavhid mohiyatini anglab etmoq uchun aql va mantiqning o‘zi kifoya qilmasligini tan olib, tasavvuf irfoni qadriyatlarini himoya qiladi. Uning fikricha, Allohni faqat maxsus ruhiy harakatlar, iltijo va ibodatlar yordamida inson qalbi orqali bilib boradi. Al-G‘azzoliy mantiq tabiatini Allohni tanishga halaqit bermasagina ahamiyatlidir, aks xolda uning maqomi chegaralangandir, deb xisoblagan.
So‘fiylik yaxlit bir butun ta’limot bo‘lmay, uning bir-biridan farq qiluvchi turli tarmoqlari. Suluklari bo‘lgan. Movaraunnaxrda keng tarqalgan so‘fiylikning asoschisi XP asrda Eronda yashagan YUsuf Hamadoniy bo‘lgan. Uning maktabi ikki oqimga: Xoja Abduholiq G‘ijduvoniy va Xoja Ahmad YAssaviy tariqatlariga bo‘lingan. Xoja Ahmad YAssaviy tariqati halol mehnat, nafsni tiyish, boriga sabr-qanoat qilishga, qiyinchiliklarga bardosh berishga da’vat etgan. Uning bosh g‘oyasi6 “ Haqiqiy so‘fiy Allohdan boy-farovon hayotni so‘rovchi inson emas, balki duo va ko‘z yoshlari bilan qiyinchiliklarga sabr qanoat qiluvchi insondir.
YUsuf Hamadoniy va Xoja Abduholiq G‘ijduvoniy tasavvuflari bir-biriga mos keladi va “Jamiyatda kishilar bilan bo‘lsang ham, dilingda Alloh bilan bo‘l!”, degan g‘oyaga asoslangan. Bu g‘oya adabiyot va falsafa taraqqiyotiga, keyinchalik Bahovuddin Naqshband tariqatining shakllanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan.Naqshbandiy tariqatining bosh g‘oyasi: “ Dil ba YOru, dast ba kor!”, ya’ni “Diling Allohda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin!”. Naqshbandiya tariqati X1U asr madaniyati va adabiyotining taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Jaloliddin Rumiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoimy, SHayx Sa’diy kabi buyuk adib va mutafakkirlarning dunyoqarashi aynan naqshbandiy tariqati ta’sirida shakllangan, asarlarida esa uning g‘oyalari ilgari surilgan.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling