Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja


Markaziy Osiyoda O‘rta asrlar falsafasi. SHarq yoki Musulmon Renessansi tushunchasi


Download 0.75 Mb.
bet14/140
Sana07.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1247819
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   140
Bog'liq
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

Markaziy Osiyoda O‘rta asrlar falsafasi. SHarq yoki Musulmon Renessansi tushunchasi. Tarixda O‘rta asrlar tushunchasi odatda melodiy SH - XU asrning boshlarini o‘z ichiga oladi. Lekin, aynan shu davr mobaynida SHarq va G‘arb mamlakatlarining madaniy rivojlanishlari bir-biridan jiddiy farq qilgan. Evropada bu davrda xristian dini va cherkovining jamiyat hayotining barcha sohalari ustidan hukmronligini o‘rnatganligi, falsafa, adabiyot, san’at faqat diniy sxolastikaga xizmat qilganligi, har qanday ilmiy izlanish yoki erkin fikrlash taqiqlanganligi ma’lum. Lekin SHarqda, xususan, Musulmon SHarqida aynan shu davrda ma’naviy va madaniy rivojlanish yuz bergan bo‘lib, uni Arab Renessansi, Musulmon Renessansi yoki islom mafkurasi, madaniyatiing ko‘pgina SHarq mamlakatlarida keng tarqalganligi sababli SHarq Renessansi deb ham atashadi.
Bu davrda “Baytul-Hikma” nomi bilan mashhur bo‘gan fan va madaniyat markazlari paydo bo‘ldi. Bu ilk SHarq akademiyasi hisoblanib, u Abbosiy xalifa Ma’mun ibn Ma’mun (813-833) davrida yaratilgan. Bu akademiyaga Markaziy Osiyodan chiqqan buyuk matematik Muso al-Xorazmiy rahbarlik qilgan bo‘lib, “algoritm”, “algebra” kabi matematik atamalarning kelib chiqishi uning nomi bilan bog‘liqdir. Mazkur akademiyaddd Evropada “Alfragamus” nomi bilan mashhur bo‘lan farg‘onalik Ahmad bin-Muhammad Farg‘oniy ham ijod qilgan. Uning “Ilmi nujum asoslari” asari Evropada XU1 asrga qadar falakiyot ilmi bo‘yicha asosiy darslik bo‘lib kelgan.
Somoniylar davlatida Xorazmshoh Abdulabbos Ma’mun (999-1016) hukmronligi davrida Xorazmda yana bir akademiya barpo etildi. Unga mashhur tabiatshunos olim va tarixchi Abu Rayhon Beruniy, buyuk faylasuf va alloma olim, Evropada avitsenna nomi bilan mashhur bo‘lgan Ibn Sino boshchilik qildi. U qoldirgan bebaho meros keyinchalik jahon ilm-fani va falsafasi rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Keyinroq,, Saljuqiylar hukmronligi davrida yana bir boshqa ilmiy markaz paydo bo‘ldi. U vazir Nizomumulk sharafiga Nizomiya deb ataldi. Unda mashhur ilohiyotchi, so‘fiylik ta’limotining nazaryotchisi al-G‘a zzoliy ijod etgan.
Ilk o‘rta asrlar Musulmon SHarqida yuz bergan madaniy ko‘tarinkilik nafaqat dunyoviy, balki diniy ilmlarning rivojlanganligi bilan xarakterlanadi. Bu jarayonni rivojlantirishda hukmronlik qilgan halifalarning homiyligi ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Masalan, al-Ma’mun (813-833) halifalik qilgan davrda Bag‘doddagi akademiyada tarjimonlar va hattotlardan borat ijodiy guruh tashkil etilib, ular Platon va yangi platonchilar, Aristotel va uning sharhchilarining falsafa va mantiqshunoslikka, Gippokrat va Gallenlarning tibbiyot ilmiga, Evklid, Arximed va Ptolomeylarning matematika hamda astronomiyaga oid mumtoz asarlarini arab tiliga o‘girdilar va keng tarqalishiga xizmat qildilar. Bu o‘z navbatida yunon falsafasi va ilmining SHarq mamlakatlariga kirib kelishiga hamda uning keyingi rivojiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan.
Abu Nasr Muhammad Farobiy (870-950) Forobiy - Musulmon SHarqida Aristoteldan keyingi “Ikkinchi ustoz”, ya’ni “Ikkinchi Aristotel”nomiga muyassar bo‘lgan yirik faylasuf va alloma olim bo‘lgan.Uning falsafa va ilmlarning turli sohalariga oid 160 dan ziyod asarlari bo‘lib, ularni ikki qismga : birinchisi - qadimgi yunon faylasuflari va tabiatshunoslari asarlariga sharhlar, ikkinchisi - ilmning turlii sohalari bo‘yicha yozilgan mustaqil asarlarga bo‘lish mumkin.
Forobiy Ibn Sino va boshqa islom falsafasi namoyondalari singari borliqni ikki qismga ajratgan. Birinchisi : Xudo - vojib-ul- vujud, ya’ni zaruriy vujud, olamning, butun borliqning sababi, mohiyati., Ikkinchisi : Olam, tabiat, inson - mumkin-ul-vujud, ya’ni vojib-ul-vujudning oqibati. Falsafada olamning tuzilishini shu tarzda tushuntirish panteizm, deb ataladi. Unga ko‘ra, Olloh butun olamning birinchi sababi. Barcha mavjudotlar xudodan emanatsiya yordamida, ya’ni bosqichma-bosqich kelib chiqadi. “Vujudi mumkin” - mavjud bo‘lishi uchun u biror sababga, ya’ni “zaruriy vujudga” muhtoj. “Zaruriy vujud” o‘z-o‘zicha mavjud birinchi sabab - Xudodir.
Forobiy borliqni 6 pog‘onaga bo‘lgan : birinchi pog‘ona - birinchi sabab - Olloh, ikkinchi pog‘ona - osmoniy jismlar, uchinchi pog‘ona - faol aql, to‘rtinchisi - jon, beshinchisi - shakl, oltinchi, eng quyisi - materiya.. Bu bosqichlar o‘zaro sabab va oqibat shaklida bog‘langan.
Olamdagi barcha moddiy narsalarni Forobiy oltiga ajratgan: 1) osmon jismlari, 2) aqlli mavjudotlar (inson), 3)aqlsiz mavjudotlar, 4) o‘simliklar, 5) minerallar, 6) boshlang‘ich 4 unsur (element) - olov, havo, tuproq va suvdan tashkil topadi. Olamdagi barcha narsalar ana shu to‘rt unsurning turlicha birikishidan paydo bo‘lgan. Bu esa o‘z navbatida ularning tinimsiz harakatda bo‘lishining sababidir.. Olamda shu to‘rt unsurdan tashqari barcha narsalar o‘tkinchidir.
Forobiy ilmlar tasnifini, bilish va mantiq to‘g‘risida, davlatning tuzilishi, uni boshqarish usullari, davlat boshlig‘ining zarur fazilatlari, insonlarni baxt-saodatga eltuvchi fozil shahar-jamiyat haqidagi ta’limotlarini ilgari surdi.. Baxt-saodatga, ma’naviy barkamollikka inson faqat ilm-fan va tarbiya orqali erishishi mumkinligini e’tirof etdi.
Forobiyning falsafiy g‘oyalari keyinchalik Ibn Sino, Ibn Rushd va boshqa mutafakkirlar tomonidan rivojlantirildi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling