Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja


Download 0.75 Mb.
bet12/140
Sana07.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1247819
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   140
Bog'liq
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

Adabiyotlar:
A-1-5. Q-1,3,5, 33. E-1-2.

2-mavzu. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari:
SHarq falsafasi (2soat)
Reja:
1.Qadimgi SHarqda (Misr, Hindiston, Xitoy) falsafiy maktablar. Markaziy Osiyoda “Avesto” ta’limoti) falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi.
2.Ilk o‘rta asr SHarq falsafasi va uyg‘onish davri.(Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino)
3.XIV- XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilg‘or falsafiy, ijtimoiy–siyosiy fikrlar.
4.XIXasr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilg‘or falsafiy, ijtimoiy–siyosiy fikrlar. XX-XXI asr o‘zbek falsafasi.
Qadimgi SHarqda falsafiy fikrlarning paydo bo‘lishi. Qadimgi madaniyat makoni bo‘lgan Markaziy Osiyoning qulay geografik joylashishi, tabiati, iqlimi bu erlarda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning erta boshlanishini ta’minladi va SHarq bilan G‘arbni, Mesopotamiya, Eron, Misrni, keyinchalik YUnoniston va Rimni Xitoy va Hindiston bilan bog‘lovchi , turli madaniyatlar o‘rtasidagi muloqotni ta’minlovchi xalqa vazifasini o‘tadi. Markaziy Osiyoga xos bu xususiyati bilan o‘zga o‘lkalar hukmdorlari e’tiborini o‘ziga tortdi va uning qayta-qayta zabt etilishiga sabab bo‘ldi.
Markaziy Osiyo xududida yashagan qabilalar miloddan avvalgi bir minginchi yillarning o‘rtalariga kelib, quldorlik tuzumiga o‘ta boshlaganlar. Milodiy birinchi asrlar bu erlarda sivilizatsiya va madaniyat gullab-yashnagan davr bo‘lgan. Aynan shu davrda bu erlarda yashagan xalqlarni yunonliklar - skiflar, eronliklar - saklar, deb atashgan.
Miloddan avvalgi U1 asr oxiri - U asr boshlariga kelib, saklar Eron davlati tarkibiga kirgan. SHu davrda zardo‘shtiylik butun Markaziy Osiyo va Eron xududida keng tarqalgan va miloddan avvalgi U1 asrdan to milodiy SH asrgacha hukmron mafkura darajasini egallagan.
Zardo‘shtiylikning asosiy g‘oyalari uning qadimiy yozma yodgorligi “Avesto”da aks ettirilgan. ”Avesto”ning yozilish tarixi, miloddan avvalgi uch minginchi yillardan bir minginchi yillarning o‘rtalarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan va deyarli ikki ming yil davom etgan. Unda qadimgi ajdodlarimizning nafaqat diniy qarashlari, balki olam, tabiat, jamiyat, ilmning ayrim sohalari haqidagi tasavvurlari ham o‘z ifodasini topgan.
“Avesto”da mavjud insonning yaratilishi, o‘limidan keyin ruhining jannatga yoki do‘zaxga tushishi haqidagi fikrlar nasroniylik va islom dinidagi g‘oyalarga juda o‘xshashdir. Masalan, eng birinchi yaratilgan odam Ilmadir. Boshqa odamlar undan tarqalgan. Ilmaning hukmronlik davri insoniyatning oltin davri bo‘lib, unda o‘lim bo‘lmagan. Ezgulik xudosi Axura Mazda abadiy bahorni yaratgan. Insonlar rohat-farog‘atda yashaganlar. Ammo, bir payt kelib ular man etilgan qora mol go‘shtini eb qo‘yadilar va Axriman (yovuzlik xudosi) ning qaxr-g‘azabiga duchor bo‘ladilar. Axriman ularga qor va sovuqni yuboradi. SHunday qilib, tarixning birinchi davri tugab, ikkinchi davri - yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurash davri boshlanadi. Uchinchi davr - insoniyatning kelajagi davridir. Bunda yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurashda Axura Mazda g‘alaba qozonadi va insonlarning baxt-saodat, adolatli jamiyat haqidagi barcha orzu-umidlari ushaladi.
Zardo‘shtiylikda ham xudodan boshqa hech narsa abadiy emasligi, inson ruhi narigi dunyoda yomon ishlari uchun javobga tutilishi, faqat yaxshilik qilib yashaganlargina CHinvot (Qur’oni Karimda - Sirot) ko‘prigidan o‘ta olishi haqida fikrlar bayon etilgan.
“Avesto”da baxt g‘oyasi osoyishta hayot, oila, muhabbat, sadoqat, halol mehnat tushunchalari bilan bog‘langan. Oila qurish xudoninng irodasiga bo‘ysunish bilan mos kelishi, lekin nikohsiz muhabbatninng qat’iy taqiqlanishi, ayollar ham erkaklar ham oilasiga hiyonatlari uchun 800 darra bilan jazolanishi alohida ta’kidlanadi. Unda diniy e’tiqod, mehnatsevarlik, adolat fikrdagi, so‘zdagi va amaldagi beg‘arazlik eng oliy ahloqning talablari xisoblangan.
Zardo‘shtiylik ahloqining negizini ezgu fikr , ezgu so‘z va ezgu amal tashkil etgan.
Unda mehnatning ham moddiy va ma’naviy tomonlariga e’tibor berilib, inson kamolotining asosi, deb qaralgan. Dehqonchilik qilish e’tiqod darajasiga ko‘tarilgan va yovuz kuchlarni quvishning eng samarali yo‘li hisoblangan. “Avesto”da qadimiy turmush tarzining xususiyatlari bilan birga, ayrim ilmlar haqida ma’lumotla ham bayon etilgan. Xususan, unda insonda bo‘ladigan hastaliklar va ularni dorivor o‘simliklar, jarrohlik va duolar o‘qish orqali davolanganligi, shuningdek, tabiblarning o‘z xizmatlari uchun kimdan qanday haq olishi kerakligi to‘g‘risida ham qimmmatli ma’lumotlar bor. Umuman olganda, “Avesto” - badiiy, tarixiy, kosmogonik didaktik. jug‘rofiy, diniy-falsafiy asar hisoblanib, zardo‘shtiylik nafaqat din, balki o‘sha davrning ijtimoiy-siyosiy, ahloqiy-falsafiy g‘oyalarini ifoda etgan hukmron mafkura ham bo‘lgan.
Milodiy P - SH asrlarga kelib, gullab-yashnagan tuzum asta-sekin inqirozga yuz tutadi. Uning asoratlari eng avvalo, hukmron mafkurada namoyon bo‘la boshlaydi. Buning ifodasini, xususan, zardo‘shtiylikdan ajralib chiqqan moniylik ta’limotining shakllanishida ko‘rish mumkin. Uning asoschisi - Moniy (216-217 yillarda Botlda tug‘ilgan va 276 yilda Jundishopurda qatl etilgan) hisoblanadi. U o‘z davrining o‘qimishli, ilmli kishilaridan bo‘lib, hatto “moniylik yozuvi” deb atalgan alifbosini ham yaratgan.
Uning ta’limotiga ko‘ra, hayot yaxshilik va yomonlik kuchlari o‘rtasidagi kurashdan iborat bo‘lib, inson o‘zining hulq -atvori bilan yorug‘likning zulmat ustidan, yaxshilikning yovuzlik ustidan g‘alaba qozonishiga yordam berishi kerak. Moniy va uning izdoshlari dinning vazifasi yovuzlik sabablarini izlab topish va unga qarshi kurashishdan iborat, degan g‘oyani ilgari surganlar.
Moniy dunyoqarashi dehqonlar ommasining antifeodal mafkurasi sifatida shakllandi va mavjud adolatsizliklarga , turmush qiyinchiliklariga qarshi mistika va zohidlikka berilish orqali passiv kurashish usullarini himoya qilgan. Uning haddi-harakatlari humron din va tuzum mafkurasiga qarshi deb topilib, ta’qib ostiga olinib, so‘ng qatl etilgan.
Moniy ta’limoti keyinchalik Mazdak dunyoqarashining shakllanishigi kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Mazdak milodiy U - U1 asrlarda yashagan. O‘zining antifeodal qarashlari va harakatlari uchun 529 yilda qatl etilgan. Mazdak ham Moniy singari olamda yaxshilik va yovuzlik o‘rtasida abadiy kurash mavjudligini, inson ezgulik tantanasiga xizmat qilishi kerakligi haqidagi g‘oyalarni ilgari surgan. Lekin Mazdak yovuzlik ko‘rinishlari bo‘lgan adolatsizlik, tengsizlik, qashshoqlikka qarshi passiv emas, faol yo‘llar bilan kurashish kerak, deb xisoblagan. Mazdak ijtimoiy adolatsizlikka qarshi kurashni muqaddas vazifa sifatida talqin etgan va jamoa a’zolari o‘rtasida mulkiy tenglikni o‘rnatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Mazdakchilik harakati ayovsiz bostirilishiga qaramay, keyingi davrlarda ozodlik harakatlariga kuchli ta’sir ko‘rsatgan.. Masalan, u Xurosondagi Abu Muslim, Markaziy Osiyodagi Muqanna, Ozarbayjondagi Bobek harakatlarining mafkuraviy asosini tashkil etgan.
Qadimgi Misr va Bobilda ilmiy-falsafiy fikrlarning yuzaga kelishi.
Dastavval ilmiy-falsafiy fikrlar eramizdan avval ikki ming yil avval shakllana boshlagan ilmiy falsafiy fikrlar diniy-mifologik tushunchalar bilan o‘ralgan edi. Qadimgi sharq davlatlarida madaniyat, ilm va g‘oyalarning shakllanishida qohinlarning roli katta bo‘lgan. Ma’lumki, dastlabki ilmiy fikrlarning shakllanishida Misr va Bobilda aniq fanlar- astronomiya, matematika, tibbiyotlarning rivoji va ularning xalq hayoti hamda ishlab chiqarish bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan ilmiy fikrlar Misr va Bobilda o‘ziga xos yo‘nalishda, amaliy xarakterda, hukmron mifologik tasavvurlar an’analrga bog‘liq holda rivojlangan. Hukmron dunyoqarash mifologik xarakterda bo‘lgan.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling