Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja


K a d i m g i YU n o n f a l s a f a s i


Download 0.75 Mb.
bet24/140
Sana07.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1247819
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   140
Bog'liq
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

K a d i m g i YU n o n f a l s a f a s i ning vujudga kelgan davri eramizdan avvalgi, VI asrlarga borib takaladi. Bu davrda YUnonistonning ijtimoiy tuzumning almashinuvi ya’ni-ibtidoiy jamoa tuzumining quldorlik tuzumi bilan o‘rin almashinuvi yuzaga kelgandi. Qadimgi YUnonistonda shahar va kishloklarning paydo bo‘lishiga va bu shahar va kishloklarda o‘zaro mehnat taksimoti vujudga keltirdi. Savdo-sotik rivojlandi va buning natijasida YUnoniston bilan qator SHarq mamla katlari va boshqa davlatlar o‘rtasida o‘zaro savdo munosabatlar urnatila boshladi. Savdo munosabatlarining o‘sishi, kishlok xujaligining rivojlanishi va xnarmanchilik sanoatining tez taraqqiy etishi qadimgi YUnonistonda tabiatni bilishga, fanning rivojiga ehtiyoj kuchaytirdi. Natijada matematika, fizika, astronomiya, geografiya, san’at, adabiyot, falsafa kabi fanlar yuzaga keldi va rivojlandi.
Qadimgi YUnon falsafasi tabiat haqidagi ilmlar bilan bir butun holda, hayot tajribasi va Qadimgi SHarq mamlakatlarida erishilgan fan yutuqlari asosida paydo bo‘ldi.
YUnon falsafasini biz falsafa tarixida "Milet maktabi" deb nom qoldirgan va shu maktabga asos solgan Milet shaxri vakillari bulmish Fales, Anaksemandr va Anaksemenlardan boshlab o‘rganamiz. CHunonchi ular xaqli ravishda qadimgi, ilk yunon falsafasining asoschilari, nomoyondalari edi.
F a l e s (eramizdan avvalgi 624-547 yillar) o‘z davrining har sohada etuk bilimdon kishisi bo‘lib, u astronom, matematik, geograf, fiziolog olim, siyosiy arbob hamda filosof edi.U quyosh to‘tilishini oldindan aytib berdi va u aytan davrda (ERAMIZDAN AVVALGI 585 YILDA ) quyosh to‘tildi. U erning quyosh atrofidagi aylanish harakati yil davomida 365 ko‘nga teng ekanligini aniqladi. Kichik ayik yulduzini kashf etdi. Fales ta’limotiga ko‘ra butuni borliqning asosini suyuk moddasuv tashkil etadi, tabiatda sodir bo‘ladigan barcha narsa va hodisalar suvdan tashkil topgan va ular butun harakati yana suvga aylanadi. CHunonchi u erni ham suvdan tashkil topgan deb uqtiradi: er - dumalok , usti tekis va atrofini okeanlar urab olgan holda kema singari suvda suzib yuradi. Suv-olamdagi barcha narsalarning doimiy va moddiy asosidir, u mangu , lekin undan kelib chikan narsa va hodisalar vaqtinchadir.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling