INSON aksiologik munosabat OLAM
ma’naviy-amaliy munosabat
Insonning olamga bo‘lgan ontologik munosabatiga insonning olamga , shuningdek, olamning insonga bo‘lgan munosabati ham kiradi. Bunda olamning qanday paydo bo‘lganligi, moddiy yoki ruhiy asoslardan tashkil topganligi, qanday qonunlar asosida rivojlanishi yoki kim tomonidan boshqarilishi, insonning dunyoda tutgan o‘rni, uning tabiat bilan aloqadorligi kabi ko‘plab ontologik xarakterdagi ta’limotlar ilgari suriladi.Aynan shunday savollarning o‘rtaga tashlanishi falsafiy dunyoqarash tarixida o‘ziga xos , ba’zida muqobil bo‘lgan ta’limotlarning (strategiyalarning) vujudga kelishi sabab bo‘lgan. Bulardan eng keng tarqalganlari:
Ob’ektiv idealizm - olamning negizini uni yaratgan ruhiy asos (substansiya) tashkil etadi, g‘oyalar dunyosi, mutlaq g‘oya birlamchi (Platon, Gegel).
Sub’ektiv idealizm - olamning asosini insonning sezgilari tashkil etadi, inson tafakkuri birlamchi bo‘lib, moddiy dunyoning mavjudligi insonning ijodiy faolligiga bog‘liq ( D.Berkli, I.Fixte).
Materializm - olamning negizini moddiy asos (substansiya) tashkil etadi va uni hech yaratgan emas, u o‘zining tabiiy qonunlariga binoan rivojlanadi ( L.Feyerbax, K.Marks).
Monizm - dunyoning asosiga yagona moddiy yoki ruhiy substansiya qo‘yiladi. Masalan, materialistik monizm olamni alohida moddiy unsurdan tashkil topganligini ( Fales - suv, Geraklit - olov), idealistik monizm - yagona ruhiy asosdan (Platon - g‘oyalar dunyosidan, J.Berkli - inson sezgilaridan) e’tirof etadi.
Dualizm - olamning -biridan mustaqil bo‘lgan ham moddiy, ham ruhiy substansiyadan tashkil topganligi haqidagi falsafiy ta’limot. Dualizmda har doim deistik yondoshuv, ya’ni dunyoning xudo tomonidan yaratilganligi, lekin uning keyingi rivojiga aralashmasligi haqidagi deizm g‘oyasiga tayanadi (Aristotel, R. Dekart).
Insonning olamga gnoseologik yondoshuvi olamni bilish mumkinligi va uning usullari haqidagi falsafiy ta’limotlarda o‘z ifodasini topgan.Undagi bosh g‘oya haqiqat, uning tabiati, manbalariga tegishli.
Do'stlaringiz bilan baham: |