Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja
Download 0.75 Mb.
|
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот
- Bu sahifa navigatsiya:
- I j t i m o i y o n g
- I sh l a b ch i q a r i sh
- Ishlab chiqarish usuli
Beruniy fikricha, jamiyat insonlar tomonidan «shartnoma» asosida to‘zilgan. Uningcha, «inson o‘z ehtiyojlarini tushunib, o‘ziga xos uxshash kishilar bilan birga yashashning zarurligini anglay boshlaydi. SHuning uchun o‘zaro kelishuvchanlik kabilidagi «shartnoma» tuzishga kirishadi. Odamlarning birgalikdagi turmushi insonni haqiqiy qudratga, uning ehtiyojlarini qondirishga olib kelmaydi, buning uchun yana mehnat qilish ham zarurdir.»( Buyuk siymolar, allomalar. T., 1995, 51 bet.)XX asrning ikkinchi yarmida inson muammosi birinchi o‘ringa qo‘yilgani munosabati bilan bir qator falsafiy – tarixiy va sotsiologik yo‘nalishdagi tadqiqotlar paydo bo‘ldi. G‘arb falsafasida inson faoliyatining turli sohalariga diqqatini qaratgan yo‘nalishlar vujudga keldi. Saksoninchi yillarda informatsion jamiyat ( V. Masud, Dj. Neysbi), o‘ta industrial jamiyat ( A. Goffler), texnotron jamiyat ( Z. Bjezinskiy) va boshqa shu kabi qarashlar keng tarqaldi. YAngi sharoitda ijtimoiy taraqqiyotning informatsiyani ( ma’lumot) ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish xal qiluvchi omil bo‘lmoqda. Informatsiyaning xajmi va sifati jamiyat hayotining belgilovchi resursiga aylanmoqda. SHu munosabat bilan ijtimoiy – tarixiy nazariya va amaliyotni rivojlantirish kun tartibiga qo‘yilmokda. Jamiyatdagi moddiylikning mazmunini i j t i m o i y b o r l i k tushunchasi – moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va uning shakli bo‘lgan ishlab chiqarish munosabatlari, insonning tabiat bilan bo‘lgan o‘zaro ta’siri va xokazolarni aks ettiradi. Jamiyat hayotining ma’naviy tomonlari insonning intilishlari, xoxishlari, fikrlari, xislari, kayfiyatlaridan tashkil topib, ijtimoiy ong orqali ifodalanadi. I j t i m o i y o n g ijtimoiy borliqning in’ikosidir. Ijtimoiy borliq asosida vujudga keladigan ijtimoiy ong insoniyat tarixining muhim, zaruriy tomoni bo‘lib koladi. U insonning har qanday sub’ektiv tomoni sifatida ishtirok etadi. Bu faol kuch ijtimoiy borliqka aks ta’sir etadi. Moddiy ishlab chiqarish kishilik jamiyatida yashashning eng muhim shartidir. Ishlab chiqarish jamiyati rivojlanishning barcha tomonlariga xal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Hayvonlar tabiatga moslashadi, insonlar esa tabiatga faol ta’sir ko‘rsatib, uni o‘zgartiradi, o‘zlashtiradi va o‘z maqsadi yo‘lida undan foydalanadi. Inson ishlab chiqarish qurollari bilan tabiatga ta’sir qiladi, ishlab chiqarishni amalga oshiradi. I sh l a b ch i q a r i sh hamisha ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lib, ikki xil munosabatlarni, ya’ni kishilarni tabiatga hamda bir – birlariga bo‘lgan munosabatlarini o‘z ichiga oladi. Demak, jamiyatning o‘zgarishi va rivojlanishi tarixi hamda asrlar davomida birining o‘rnini ikkinchisi zaruriy ravishda oladigan ishlab chiqarish usullari tarixidan iboratdir. Moddiy usulning o‘zi nimadan iborat? Ishlab chiqarish usuli moddiy boyliklarni jarayonidagi ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlarining birligidan iborat. Ishlab chiqarish, bu ikki muhim tomonning o‘zaro aloqadorligisiz mehnat qilish ham, moddiy ne’matlarni yaratish ham mumkin emas. Moddiy boyliklar ishlab chiqarish uchun avvalo mehnat predmetlari va mehnat vositalariga ega bo‘lmok zarur. Inson mehnati qaratilgan buyumlar, m e h n a t p r e d m e t l a r i deb ataladi. M e h n a t v o s i t a l a r i g a, avvalo ishlab chiqarish qurollari, mehnat predmetlariga ta’sir ko‘rsatishda inson tomonidan foydalaniladigan mashinalar, asbob – uskunalar, ishlab chiqarish vositalari va boshqalar kiradi. Ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida bo‘ladigan munosabatlar ishlab chiqarish munosabatlari yoki iqtisodiy munosabatlardir. Moddiy munosabatlar odamlar o‘rtasidagi barcha mavjud munosabatlarning eng asosiysi va muhimidir. Ular boshqa hamma ijtimoiy munosabatlarni – turli guruhlar, tabaqalar o‘rtasidagi, jamiyat bilan shaxs o‘rtasidagi munosabatlarni belgilaydi. Ishlab chiqarish munosabatlarining asosini mulkchilik shakli tashkil etadi. Ishlab chiqarish munosabatlarining har qanday tarixiy turi xuddi shu mulk shakliga, ya’ni ishlab chiqarish vositalari kimning ixtiyorida ekanligiga bog‘liq. «O‘zbekiston respublikasida mulkchilik to‘g‘risida» gi qonunga muvofiq hozir, jamiyatimiz iqtisodiy negizini quyidagi mulk shakllari tashkil qiladi : 1) xususiy mulk 2) shirkat (jamoa) mulki ; 3) davlat mulki ; 4) aralash mulklar ; 5) boshqa davlatlar mulki hamda xalqaro tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslarning mulki. Ishlab chiqarish munosabatlari ishlab chiqarish vositalariga egalik qilishdangina iborat bulmay, kishilar o‘rtasidagi mulkiy munosabatlardan kelib chiqadigan turli ijtimoiy guruhlar va ularning o‘zaro munosabatlari hamda ularga bog‘liq bo‘lgan mahsulotlarni tahsimlash shakllaridan ham iboratdir. Iqtisodiy munosabatlar jamiyat ma’naviy hayotini, siyosiy, axloqiy, huquqiy, estetik munosabatlarini belgilaydi. Ijtimoiy guruhlar, tabakalar, millatlar, siyosiy partiyalar, turli uyushmalar, kasaba uyushmalari, diniy muassasalardan iborat bo‘lgan jamiyat siyosiy tashkilotlarining mehnatini va faoliyati yo‘nalishini jamiyatning ishlab chiqarish usuli, ishlab chiqarish munosabatlarining xususiyati belgilaydi. Formatsion va sivilizatsion yondashuvlarning tub farqi shundaki, jamiyat rivojida birinchisi revolyusion, ikkinchisi evolyusion yo‘llarni tanlab olgan. Ikkala qarash o‘rtasida umumiylik ham bor, ya’ni ular jamiyatning uzluksiz va ketma – ket rivojlanishini tan oladilar. Bu yondashuvlardan tubdan farq qiluvchi konsepsiya – l o k a l s i v i l i z a s i ya l a r n a z a r i ya s i d i r. Uning mohiyati shundaki, insoniyat tarixi yaxlit tadrijiy jarayon bulmay, balki alohida olingan, bir – biriga bog‘lanmagan madaniyatlar (sivilizatsiyalar) taraqqiyotidir. Bunday qarashlarni Germaniyada O. SHpengler, Angliyada A. Toynbi, Rossiyada N. YA. Danilevskiy, AKSHda I. A. Sorokin kabi olimlar ilgari surmoqdalar. Kishilarning turmush tajribasi va fan ma’lumotlarini ko‘rsatishicha, tarixiy jarayonni o‘rganish ko‘p variantlilik yondashuvi asosida amalga oshganida maqsadga muvofiq bo‘ladi. Albatta, bu variantlar shartli tabiatga ega bo‘lib, ular mutlaqlashtirilmasligi lozim. Negaki, inson ham, insoniyat ham ohir – oqibatda o‘zluksiz kechayotgan o‘z muhiti jarayonini ichida bo‘lganligi tufayli tarix to‘g‘risida yagona, so‘nggi haqiqatni aytib bo‘lmasligi o‘z –o‘zidan tushunarlidir. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling