Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja


Download 0.75 Mb.
bet96/140
Sana07.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1247819
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   140
Bog'liq
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

Tushunchani umumlashtirish hajmi tor tushunchadan hajmi keng tushunchaga (tur tushunchadan jins tushunchaga) fikran o‘tishdan iborat. Bunda berilgan tushuncha tur tushuncha deb qabul qilinib, uning mazmunidan tur hosil qiluvchi belgilar chiqarib tashlanadi. Natijada mazmun jihatidan unga nisbatan kengroq, lekin hajmiga ko‘ra torroq bo‘lgan jins tushuncha hosil bo‘ladi. Masalan, «aylanma harakat» tushunchasi mazmunidan faqat ungagina xos bo‘lgan tur belgilarni chiqarib tashlasak, «mexanik harakat» tushunchasini hosil qilamiz. Umumlashtirish amalining chegarasi eng umumiy tushuncha, ya’ni kategoriyadir.
Tushunchani chegaralash va umumlashtirish amallari kundalik hayotimiz va ilmiy bilishda keng qo‘llaniladi. Xususan, barcha kategoriyalar, ular yordamida ifodalanadigan nazariy qonunlar, g‘oyalar, nazariyalar mavjud empirik tushunchalarni, empirik qonunlarni umumlashtirish natijasida hosil bo‘ladi.
Umumlashtirish muhokama yuritish jarayonida induktiv xulosa chiqarish usulida yaqqol ifodalangan bo‘ladi. Tushunchalarni umumlashtirishsiz fanning fundamental tushunchalarini yaratib bo‘lmaydi; mavjud bilimlarni tizimga solish qiyin va umuman, fan taraqqiy eta olmaydi.
Tushunchalarni chegaralash amali esa, yaratilgan umumiy bilimlarni (nazariy tushuncha, g‘oya, nazariya va shu kabilarni) talqin etishda ishlatiladi. Masalan, Nyuton mexanikasidagi «Inersiya» tushunchasi Galiley nazariyasidagi «erkin tushish» tushunchasi yordamida tushuntirilishi mumkin.
Tushunchaning hajmini unda aks etgan predmetlarni ayrim guruhlarga (ayrim predmetlarga) ajratish yo‘li bilan aniqlashga tushunchani bo‘lish deyiladi. Bo‘lish amalini bo‘linuvchi tushuncha (hajmi aniqlanishi lozim bo‘lgan tushuncha), bo‘lish asosi (predmetning tushunchada fikr qilinadigan birorta umumiy belgisi) va bo‘lish a’zolari (bo‘lish natijasida hosil qilinadigan tur tushunchalar) tashkil etadi. Masalan, «inson»larni (bo‘linuvchi tushuncha) jinsiga ko‘ra, (bo‘lish asosi) erkak va ayollar (bo‘lish a’zolari)ga ajratish yo‘li bilan uning hajmi aniqlanadi. Bo‘linuvchi tushuncha – jins tushuncha, bo‘lish a’zolari – tur tushunchalar bo‘lib, ular o‘zaro birga bo‘ysunish munosabatidadirlar.
Bo‘lishning ikkita turi mavjud: asos bo‘lgan belgining o‘zgarishiga qarab bo‘lish va dixotomik bo‘lish.
Tushunchaning qaysi belgisini bo‘lish asosi qilib olish bo‘lishda hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifaga bog‘liq. Lekin qanday vazifani hal qilishdan qat’i nazar, bo‘lish o‘zining ob’ektiv asosiga ega bo‘lishi lozim, ya’ni bo‘lish asosi bo‘lgan belgi predmetning umumiy belgisi bo‘lishi shart.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling