Falsafa fani bo’yicha institutning talabalari uchun yakuniy savollari
Falsafaning tarbiyaviy funksiyasi
Download 0.97 Mb.
|
Фалсафа фанидан якуний саволлари 2022 йил 1 семестр
Falsafaning tarbiyaviy funksiyasi haqida fikr yuritilganda bu masalaning xalqaro darajadagi keng va har tomonlama muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda so‘z yuritish o‘rinli bo‘ladi. Bugungi kunda nafaqat ayrim xalqlar, balki butun jahon hamjamiyati o‘z-o‘zini anglab etishga yo‘naltirilgan falsafaga muhtojdir. Buni 2002 yildan YUnesko qaroriga binoan, butun dunyoda har yili noyabr oyining uchinchi payshanbasida o‘tkaziladigan “Jahon falsafa kunlari” ham, hozirgi kunda dunyo uchun eng muhim masalalarga e’tiborini qaratadigan Jahon falsafa Kongresslari ham tasdiqlaydi. Darhaqiqat bunday kongress birinchi marta 1900 yilda Fransiyada o‘tkazilgan, 1948 yildan boshlab uni har besh yilda bir marta o‘tkazish an’anaga aylangan. Xususan, 1998 yilda Boston shahrida (AQSH) bo‘lib o‘tgan XX jahon falsafa kongressi “Paydeyya: insoniyatni tarbiyalashda falsafa” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lsa, Turkiyaning Anqara shahrida o‘tkazilgan XXI Jahon falsafa kongressida “Falsafa jahon muammolari bilan yuzma-yuz” mavzusi atroflicha muhokama qilindi. XXII jahon falsafa kongressi birinchi marta Osiyo mamlakati bo‘lmish Koreya respublikasining Seul shahrida “Hozirgi davrda falsafani qayta anglash” degan umumiy mavzu ostida bo‘lib o‘tdi. Kongresslarning mavzularidan ko‘rinib turganidek, falsafa real hayot bilan uzviy bog‘liq va eng muhim muammolarni anglab etishga xizmat qilib keldi. SHunday muammolardan biri – insonni shaxs sifatida tarbiyalash va kamol toptirishda falsafaning roli va ahamiyati masalasidir. Buning uchun esa, albatta, qadimgi davr mutafakkirlarining asarlariga yana bir bor murojaat etish taqozo etiladi.
Qadimgi mutafakkirlar har tomonlama ta’lim va tarbiyani, ya’ni o‘z qobiliyatlari va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga qodir bo‘lgan jismoniy va ma’naviy jihatdan komil insonni voyaga etkazishni «paydeyya» (yunon. pais – bola) atamasi bilan ifodalaganlar. O‘sha vaqtlarda paydeyya aristokratiyaning o‘ziga xos belgisi hisoblangan; endilikda faylasuflar ta’lim va tarbiya muammolarini yana birinchi o‘ringa qo‘yib, ularni hal qilishda falsafaning rolini aniqlashga harakat qilar ekanlar, bu tushunchani yana esga oldilar. Xususan, Boston kongressidagi asosiy ma’ruzalarning mualliflaridan biri fransuz faylasufi Per Obenk: «Insonning vahshiyona tabiatidan ma’rifatli tabiatga o‘tish imkoniyati qay darajada mavjud?», degan savolni o‘rtaga tashlaydi. Uning fikricha, insonning yagona tabiati ikki ma’noli bo‘lib, faqat ma’rifat (paydeyya) odamzotni so‘zning to‘liq ma’nosidagi insonga aylantiradi yoki, Platon ta’biri bilan aytganda, paydeyya uning ko‘zini ochadi. Biroq, ma’rifatning vazifasi ko‘zga ko‘rish qobiliyatini berishdan emas, balki unga to‘g‘ri qarashni o‘rgatishdan iboratdir. Demak, Platon, Demokrit, Zardo‘sht va boshqa mashhur faylasuflar fikriga tayanib, ma’rifat yordamida, ta’lim va tarbiya jarayonini zo‘rlikka qarshi yo‘naltirish va odamzot aql-idrokini kamol toptirish orqali insonning boshqacha tabiatini yaratish mumkin. «Paydeyya» tushunchasi bolani tarbiyalab komil insonga aylantiruvchi ta’lim jarayoniga e’tiborni qaratadi. Qadimgi yunonlar «texne» va «paydeyya» kabi tushunchalarni farqlaganlar; birinchi atama bilimni, ya’ni o‘rganish mumkin bo‘lgan narsani anglatsa, ikkinchi atama bilim berish manbaini emas, balki to‘g‘ri fikr manbaini anglatadi. Bunda paydeyya, Aristotel ta’biri bilan aytganda, insonni o‘zini o‘zi kamol toptirishga rag‘batlantirishi lozim. SHu bois Protagor, Suqrot va Platon aytganidek, falsafadan saboq berishda ishontirish mahoratini emas, balki to‘g‘ri fikrlash mahoratini o‘rgatishga e’tibor qaratish muhim. 5 Ma`lumotlarga ko`ra, dunyoda 10 mingdan ortiq din mavjud. Salkam 8 milliardni tashkil etuvchi jahon aholisining etnik tarkibiga nazar solsak, ikki mingga yaqin millat va elatdan iborat ekaniga guvoh bo`lamiz. Qiziq millatlar sonidan ham ko`p bo`lgan dinlar qanday yuzaga kelgan. Bu borada nazariyada qanday faktlar va tarixiy ma`lumotlar bor. Ushbu maqolada shu xususda olib borgan izlanishlarimizni jamladik. Fanda dinlarning shakllanishi tarixiga oid ikki xil qarash mavjud. Birinchi qarashga ko`ra dinning paydo bo`lishi bevosita insoniyatning yaralishi bilan bog`liq. “Teologik yondashuv” ya`ni birinchi qarashga ko`ra, Xudo ilk insonlarni yaratishi bilan ularga O`zini tanitgan, natijada inson ilk dinga e`tiqod qila boshlagan. Bugun mavjud bo`lgan har qanday din o`zining tarixini insoniyat yaralishi – ilk inson bilan bog`lashini ko`rishimiz mumkin. Jumladan, islom dinida – Odam va Havvo, yahudiylik va xristianlikda – Adam va Eva, zardushtiylikda – Govmard va boshqalar. Mazkur ta`limotlar dinlarning muqaddas manbalarida bayon qilingan. Teologik yondashuvga ko`ra, turli buyumlarga sig`inish va ko`pxudolik, jumladan animizm, totemizm, fetishizm va shomonlik yakkaxudolilikdan keyin yuzaga kelgan. (1-rasm) 1. Fetishizmga e'tiqod qiluvchilarning ma'budlari Dinlarning kelib chiqishi haqidagi ikkinchi qarash fanda “materialistik yondashuv” deb nomlanadi. Mazkur qarashlarning paydo bo`lishi antik davrga borib taqalib, ilk bor qadimgi yunon faylasuflari qarashlarida aks etgan. XVII asrga kelib Evropada cherkov hokimiyatining susaya boshlashi, hurfikrlilik namoyandalari – din tanqidchilarining paydo bo`lishi, XIX asrning ikkinchi yarmida Charlz Darvin tomonidan “Turlarning kelib chiqishi” (1859) nomli asarning chop etilishi ham turtki bo`ldi. Qator olimlarning fikriga ko`ra din bu ijtimoiy hodisa, inson tafakkuri, emosiyalari mahsulidir. Mazkur qarash tarafdorlari dinlar soddadan – murakkabga, umumiylikdan – xususiylikka, ko`pxudolikdan – yakkaxudolikka tomon uzoq tarixiy evolyusion jarayonni bosib o`tgan deb hisoblashadi. Materialistik qarash qo`rquv dinlarning kelib chiqishida asosiy rol o`ynagan hissiy holat ekanini ilgari suradi. Jumladan, ingliz faylasufi Gerbert Spenser (1820–1903) ham ibtidoiy qabila dinlarining kelib chiqishiga qo`rquv natijasida “ajdodlarga sig`inish” sabab bo`lganligini ta`kidlaydi. Spenser ijtimoiy hisob–kitoblarga suyangan holda, hayot qo`rquvining dinlardagi o`rniga alohida degan nazariyani ilgari surgan. Raqamlarga murojaat qilsak, bugun eng ko`p tarafdorlarga ega dinlar 5 ta bo`lib, ular Islom, Xristianlik, Yahudiylik, Buddaviylik, Hinduizm sanaladi. Diniy e`tiqod mavzusi shaxsiy va erkin tanlovga asoslangan huquq bo`lishiga qaramay, bu borada turli-tuman statistikalar e`lon qilib boriladi. O`tgan 2021 yilgi raqamlarga ko`ra, xristianlik eng ko`p tarqalgan din bo`lib, unga dunyo bo`yicha 2,38 milliard kishi e`tiqod qiladi. Islom diniga e`tiqod qiluvchilar soni esa bugungi kunda 1,91 milliardni tashkil etmoqda. Hinduiylikka sig`inuvchilar soni esa 1,16 milliardga teng. Bu din tarqalish darajasi bo`yicha jahonda uchinchi o`rinda. Buddizmga esa esa 507 million kishi e`tiqod qiladi. Navbatdagi eng keng yoyilgan din yahudiylik bo`lib, unga e`tiqod qiluvchilar soni 14,6 million kishini tashkil etadi. Keling, endi eng ommalashgan ushbu besh dinning paydo bo`lish tarixiga nazar solsak. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling