Falsafa fani bo’yicha institutning talabalari uchun yakuniy savollari
Download 0.97 Mb.
|
Фалсафа фанидан якуний саволлари 2022 йил 1 семестр
(6-rasm)
6. Budda haykali. Yaponiya Umuminsoniy g`oyalarning targ`ib etilishi hamda har bir millatning Budda ta`limotini o`z tilida o`qib–o`rganishi mumkinligi buddaviylikning turli hududlarga tarqalishiga zamin yaratgan. Milodning birinchi asrlarida buddaviylik butunlay boshqacha tus oladi. Budda ilohiylashtirilib, xudo darajasiga ko`tariladi va unga sig`iniladi. Buddaviy donishmandlar fikricha, har bir inson juda ko`p ezgu va yaxshi ishlar qilish orqali Buddaga aylanishi mumkin. Buddaviylik qoidalari va axloqiy tamoyillarini o`zida mujassam etgan kitob “Tipitaka” ushbu dinning muqaddas manbasi sanaladi. Hozirda “Tipitaka”ning ilk qo`lyozma nusxasi Shri Lanka (Seylon)da saqlanadi. Yuqorida dunyo xalqlari orasida eng keng tarqalgan besh dinning kelib chiqish tarixiga oid bo`lgan nazariy ma`lumotlarni jamladik. Ta`kidlash lozimki, ushbu dinlarning tub mohiyatida ezgulik va insoniylik g`oyalari ulug`lanadi. Shunday ekan, dinimiz, millatimiz va irqimizdan qat`iy nazar ezgu qadriyatlarni, insoniylikni unutmaylik 6 Axloqshunoslik bir necha ming yillik tarixga ega bo`lgan qadimiy fan. U bizda «Ilmi ravish», «Ilmi axloq», «Axloq ilmi», «Odobnoma» singari nomlar bilan atab kelingan. Ovropada esa «Etika» nomi bilan mashxurdir biz ham yaqin-yaqingacha shu atamani qo`llar edik. Uni birinchi bo`lib yunon faylasufi Arastu muomalaga kiritgan. Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni uch guruhga bo`ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga u falsafa, matematika va fizikani; ikkinchi guruhga – etika va siyosatni; uchinchi guruhga esa – san`at, hunurmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi. Shunday qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi ta`limotni fan darajasiga ko`targanlar va «Etika» (ta ethika) deb ataganlar. Hozirgi kunda bu fanni ilmiy va zamonaviy talablar nuqtai nazaridan «Axloqshunoslik» deb atashni maqsadga muvofiq deb o`ylaymiz. Axloqshunoslik axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o`rganadi. «Axloq» so`zi arabchadan olingan bo`lib, «xulq» so`zining ko`plik shaklidir. «Axloq» iborasi ikki xil ma`noga ega: umumiy tushuncha sifatida fanning tadqiqot ob`ektini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe`l-atvori va hatti-harakatining eng qamrovli qismini bildiradi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo`lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi. Odob – inson haqida yoqimli taassurot uyg`otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo`lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli hatti-harakatlarni o`z ichiga oladi. Xulq – oila, jamoa, mahalla-ko`y miqyosida ahamiyatli bo`lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta`sir ko`rsatmaydigan yoqimli insoniy hatti-harakatlarning majmui. Axloq esa – jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo`la oladigan ijobiy hatti-harakatlar yig`indisidir. Bu fikrlarimizni misollar orqali tushuntirishga harakat qilamiz. Deylik, metroda yoshgina yigit, talaba hamma qatori o`tiribdi. Navbatdagi bekatdan bir keksa kishi chiqib, uning ro`parasida tik turib qoldi. Agar talaba darxol: «O`tiring, otaxon!» deb joy bo`shatsa, u chiroyli amal qilgan bo`ladi; chetdan qarab turganlar unga ich-ichidan minnatdorchilik bildirib: «Baraka topkur, odobli yigitcha ekan», deb qo`yadi. Aksincha, talaba yo teskari qarab olsa, yoki o`zini mudraganga solib, qariyaga joy bo`shatmasa, g`ashimiz keladi, ko`nglimizdan: «Buncha beodob, surbet ekan!» degan fikr o`tadi, xullas, u bizda yoqimsiz taassurot uyg`otadi. Lekin, ayni paytda, talabaning qariyaga joy bo`shatgani yoki bo`shatmagani oqibatida vagondagi yo`lovchilar hayotida biror-bir ijobiymi, salbiymi – muhim o`zgarish ro`y bermaydi. Xulqqa quyidagicha misol keltirish mumkin: mahallamizdagi oila boshliqlaridan biri imkon boricha qo`ni-qo`shnilarning barcha ma`rakalarida xizmatda turadi, hech kimdan qo`lidan kelgan yordamini ayamaydi, ochiq ko`ngil, ochiq qo`l, doimo o`z bilimini oshirib borishga intiladi, tirishqoq, oila a`zolariga mexribon va h. k. Unday odamni biz xushxulq inson deymiz va unga mahallamizning namunasi sifatida qaraymiz. Bordi-yu, aksincha bo`lsa, u qo`ni-qo`shnilar bilan qo`pol muomala qilsa, to`y- ma`rakalarda janjal ko`tarsa, sal gapga o`dag`aylab, musht o`qtalsa, ichib kelib, oilada xotin-bolalarini urib, haqoratlasa, uni badxulq deymiz. Uning badxulqliligidan oilasi, ba`zi shaxslar jabr ko`radi, maxalladagilarning tinchi buziladi, lekin hatti-harakatlari jamiyat ijtimoiy hayotiga yoki insoniyat tarixiga biror bir ta`sir o`tkazmaydi. Axloqqa kelsak, masala jiddiy mohiyat kasb etadi: deylik, bir tuman yohud viloyat prokurori o`zi mas`ul hududda doimo qonun ustuvorligini, adolat qaror topishini ko`zlab ish yuritadi, lozim bo`lsa, hokimning noqonuniy farmoyishlariga qarshi chiqib, ularning bekor qilinishiga erishadi; oddiy fuqaro nazdida nafaqat o`z kasbini e`zozlovchi shaxs, balki haqiqiy huquq posboni, adolatli tuzum timsoli tarzida gavdalanadi; u – umrini millat, Vatan va inson manfaatiga bag`ishlagan yuksak axloq egasi; u, o`zi yashayotgan jamiyat uchun namuna bo`laroq, o`sha jamiyatning yanada taraqqiy topishiga xizmat qiladi. Agar mazkur prokuror, aksincha, qonun himoyachisi bo`laturib, o`zi qonunni buzsa, shaxsiy manfaati yo`lida oqni qora, qorani oq deb tursa, u axloqsizlik qilgan bo`ladi: oddiy fuqoro nazdida birgina kishi prokuror-amaldor emas, balki butun jamiyat adolatsiz ekan, degan tasavvur uyg`onadi. Bu tasavvurning muntazam kuchayib borishi esa, oxir-oqibat o`sha jamiyat yoki tuzumni tanazzulga olib keladi. Albatta, har uchala axloqiy hodisa va ularning ziddi nisbiylikka ega. Chunonchi, hozirgina misol keltirganimiz prokurorning axloqsizligi darajasi bilan o`z yakka hukmronligi yo`lida millionlab begunoh insonlarni o`limga mahkum etgan Lenin, Stalin, Gitlyer, Pol Pot singari shaxslar orasida farq bor: agar prokurorning axloqsizligi bir millat yoki mamlakat uchun zarar qilsa, totalitar tuzum hukmdorlari hatti-harakatlari umumbashariy miqyosidagi fojialarga olib keladi. Bu o`rinda shuni alohida ta`kidlash joizki, axloqiy tarbiya natijasida odoblilik-xushxulqlilikka, xushxulqlilik – yuksak axloqiylikka aylangani kabi, axloqiy tarbiya yo`lga qo`yilmagan joyda muayyan shaxs, vaqti kelib, odobsizlikdan – badxulqlilikka, badxulqlilikdan – axloqsizlikka o`tishi mumkin. Shunday qilib, axloqshunoslik mazkur uch axloqiy hodisani bir-biri bilan uzviylikda va nisbiylikda o`rganadi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling