Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
Badiiy asarni estetik idrok etishning xissiy va aqliy asoslari
Download 0.88 Mb.
|
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet
Badiiy asarni estetik idrok etishning xissiy va aqliy asoslari. Idrok mazmunan keng qamrovli tushuncha bo‘lib, mavjud barcha sohalarga dahldor sanaladi. U narsalarning o‘ziga xos xususiyatlarini tafakkur orqali talqin etishda hamda turli xil munosabatlarni o‘rganishda insonga ko‘mak beradi. SHuningdek, idrok jarayonining to‘g‘ri shakllanishi aqliy taraqqiyotning asosiy omili hamdir. Bir so‘z bilan aytganda, idrok narsa-hodisalarning yaxlit qiyofasini aks ettiradi, voqelikni inson sezgi a’zolarining ta’siri orqali belgilovchilik va boshqaruvchilik imkoniyatlarini namoyon qiladi. Mazkur mulohaza idrok borasidagi umumiy fikrni ifodalasa-da, idrok hususiy ko‘rinishda har bir sohada o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Biroq, idrok obrazlarni tashqi olamdan oddiy nusxa sifatida ko‘chirmaydi, balki izlanuvchanlik, faol harakatlar natijasida yuzaga keladi. Zero, axloqiy idrok, ijtimoiy idrok, falsafiy idrok, biologik idrok, ruhiy idrok ham o‘zlarining tadqiqot doiralaridan turib voqelikka munosabat bildiradilar. Badiiy idrok esa ijod jarayonlarida namoyon bo‘la boradi.
Moddiy buyumlarni idrok etishdan farqli o‘laroq, badiiy idrok jarayonlari o‘ta talabchanligi bilan ajralib turadi. Negaki, yuqorida ta’kidlanganidek, badiiy idrok ijodiy jarayon bilan bog‘liq tarzda namoyon bo‘lib boradi. Mabodo ijod jarayoni to‘xtasa, badiiy idrok ham shu onda yakun topadi. YOhud sodda qilib aytganda, kitobxon badiiy asarni o‘qib tugallagandan so‘ng uning ushbu mavzuni idrok etishga bo‘lgan keyingi xolati ham tugallanadi. Kitobxon endi boshqa bir badiiy jarayonni idrok etishga «tayyorgarlik» ko‘radi. Avvalgi asardan olgan taassurotlarini yangi asardagi mavjud voqealar tafsilotiga qo‘llamaydi. Zero, Pirimqul Qodirovning “YUlduzli tunlar” romanidagi voqealar tafsiloti Muhammad Alining “Ulug‘ saltanat” romanidagi voqealar tafsiloti bilan aynan emas. Estetik idrok jarayonlarida estetik masofa omilining ham sezilarli o‘rni bor. Ma’lumki, san’at turlarining barchasi ijodkor va tomoshabin nigohidan o‘tgandagina qadriyatga aylanadi. Xususan, tomoshabin badiiy asar bilan yaqindan aloqa qilib borishi natijasida badiiy jarayonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsata olishi mumkin. SHunday ekan ijodkor hoxlaydimi-yo‘qmi tomoshabinning didi bilan hisoblashishga majbur. Ana shunday talablarni xis qilgan ijodkor agar u dramaturg bo‘lsa sahna bezaklaridan boshlab toki aktyorlarning barcha xatti-harakatlarigacha sinchiklab nazar tashlaydi, ularni e’tibor bilan kuzatadi. San’at asarlarida rangni idrok etish murakkab jarayon hisoblanadi. Bu esa insondan san’at asariga nisbatan ongli munosabatda bo‘lishni, hattoki, rangning milliylik xususiyatlariga ham e’tibor berishni talab etadi. Zotan, rangni idrok qila bilish tomoshabin tasavvurining asosi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida san’at asarini to‘laligicha idrok etishning muhim tarkibi sanaladi. Bu boradagi fikrlarimizni bir oz kengroq tarzda bayon qilish maqsadida haykaltaroshlik san’atiga murojaat etishni lozim deb topdik. Ma’lumki, haykaltaroshlik asarlari bir qadar kattaroq xajmni talab etadi. Qiziqarli tomoni shundaki, haykaltaroshlik san’atiga xos shunday asarlar borki, uni faqat uzoq masofadan tomosha qilish bilan uning mazmuni va mohiyatini to‘laqonli tarzda idrok eta olish mumkin. Poytaxtimizning «Amir Temur hiyobon»idagi Sohibqiron Amir Temur haykali shunday hususiyatlari bilan ajralib turadi. Agar haykalni oqshom paytida uzoqroqdan tomosha qilsangiz Jahongir Temurning salobati, ulug‘vor siymosi o‘zining bo‘y-bastini ko‘rsatadi. Aksincha, inson uni yaqindan tamosha qilib bunday xususiyatlarni xis eta olmaydi. Gap haykalning hajmi va ko‘lamining kattaligida ham emas. Zotan, Sohibqironning mazkur haykali kichikroq qilib ishlangan taqdirda bizga yuqoridagi mazmunni bera olmas edi. Teatr asarini tomosha qilish jarayonida ham ana shunday holat ko‘zga tashlanadi. Bu xolat fanimizda badiiy asar va ijod jarayonidagi estetik masofa deb yuritiladi. CHunki, tomoshabin bir paytning o‘zida ham sahna bezaklariga, ham aktyorlarning kiyimlariga, ularning xatti-harakatlariga sinchkovlik bilan nazar tashlaydi, va bu holatlarning barchasini estetik tasavvuri orqali mutanosib holga olib kelishga intiladi. Asar rejissyori, operator, rassom, chiroq ustasigacha barcha ijodkorlar estetik masofaning ahamiyatini hisobga olishlari shart bo‘ladi. Estetik idrok hususiyatlari to‘g‘risida gapirar ekanmiz, avvalo, badiiy asarni estetik idrok etishdagi bilish jarayonlarining o‘ziga xosligiga e’tiborni qaratmog‘imiz lozim bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida badiiy asarni idrok etish bilan ilmiy asarni idrok etish orasidagi farqni belgilab beradi. San’at asarini idrok etishning o‘ziga xosligi shundaki, san’atkor o‘z ijodiy faoliyatini amalga oshirish rejasini oldindan belgilab oladi, badiiy to‘qimalar yordamida «nomoddiy» narsalarni «moddiylashtiradi», ya’ni kitobxonni kutilmagan hodisalar bilan uchrashtiradi. SHunga ko‘ra, san’at asarlarining vazifasi mohiyatan insonning estetik ehtiyojini qondirishga qaratilgan bo‘ladi. Ana shu jihat bilan san’at asarini xissiy-aqliy idrok etish, ilmiy-nazariy asarni idrok qilishdan farq qiladi. Zero, ilmiy asarni tushunish uchun o‘quvchi avvalo, mazkur sohaga doir bilimlardan xabardor bo‘lmog‘i lozim. Yo‘qsa, bu asar uning uchun qiziqarsiz hamda tushunarsiz bo‘lib qolaveradi. Badiiy asarning mohiyatini bilish yoki uning mazmunini o‘zlashtirish uchun mazkur jarayonni mahsus o‘rganishga ehtiyoj sezilmaydi. Negaki, insonning estetik idroki tabiatan ijodiy jarayonga yaqin bo‘lib, bu xolat inson kamolotining barcha pog‘onalarida ishtirok qiladi. San’atning birinchi o‘ziga xos xususiyati, bu – uning yangiligi – (originalligi). CHunki ijod mahsuli, ijod qilishi – kashf etish, shu kungacha mavjud balmagan narsani yaratish demakdir. Bunday yangilik muayyan san’at asarining shakl, mazmun, uslub v.b. jihatlari bilan o‘zidan avvalgi asarlarini takrorlamasligini, o‘sha asarlar bilan yonma-yon qo‘yganda, ulardan ijobiy o‘ziga xosligi tufayli ajralib turishini taqozo etadi. San’atning yana bir o‘ziga xos xususiyati – majoziylik. Boshqacha qilib aytganda, narsa-hodisalar yoki so‘z-iboralarining ko‘chma ma’nolarda, ko‘p ma’noli tarzda qo‘llanilishi san’atning san’atligini belgilab beradi. Majoziylik, keng ma’noda olganda, badiiy qiyofa yaratish, umumlashtirish, ramziylik, o‘xshatish, sifatlash, jonlantirish, isteora, kinoya singari badiiy vosita va usullarni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiylik ham san’atning muhim xususiyatlaridan hisoblanadi. Har bir san’at asari o‘z davrining dolzarb muammolarini, etakchi g‘oyalarini, muayyan mafkurani ko‘tarib chiqmasligi mumkin emas. Faqat ular go‘zallik, ulug‘vorlik, kulgililik, ezgulik, ideal kabiestetik va axloqiy qadriyatlar bilan uyg‘un tarzda idrok etuvchiga etkazib beriladi. Zero san’at asarida asosiy voqealar markazida turuvchi badiiy qiyofani biz asar qahramonni - qahramon deb atashimiz ham shunday; Ijtimoiy yo‘q joyda qahramonlikning mavjud bo‘lishi mumkin emas. San’atning bu xususiyati uning zamonaviylik, mafkuraviylik, hozirjavoblik, dolzarblik, singari tamoyillari va sifatlari bilan bog‘liq. Ayni paytda san’atning individuallashtirish xususiyati ham mavjud. U – voqelikdagi makon va zamon uchun umumiy bo‘lgan fazilatlar yoki illatlarni, go‘zallik yoki xunuklikka, ulug‘vorlik yoki tubanlikni v.b. jihatlarni muayyan bir badiiy qiyofada, tasvirda, ifodada umumlashtirib berishi, ya’ni umumiylikni xususiylikda in’ikos ettirish bilan belgilanadi. San’at bundan tashqari tarixiylik xususiyatiga ham ega. Har bir haqiqiy san’at asari, vaqt nuqtai nazaridan zamonaviy yoki tarixiyligidan qat’i nazar, u – tarix, badiiylashtirilgan tarix. San’atning yana bir muhim xususiyati uning milliylik va umumbashariyligi bilan izohlanadi. Bu o‘rinda biz, e’tibor qilsangiz, milliylikni umumbashariylik bilan birga, ajralmagan holda keltiryapmiz. Gap shundaki, ularni boshqa barcha sohalarda alohida-alohida olib qarash mumkin. Faqat san’atda emas. san’atda ular dialektik yaxlitlikda namoyon bo‘ladi. YA’ni haqiqiy milliy qadriyatga aylangan badiiy asargina asl umuminsoniylikni va aksincha, haqiqiy umumbashariy qadriyatga aylangan asargina tom ma’nodagi milliylikni o‘zida mujassam etadi. CHunki inson ravnaq topib, taraqqiy qilishi uchun milliylikdan umuminsoniylikka qarab borishi kerak, tarixda ham doimo shunday bo‘lib kelgan. Inson esa san’atning badiiy tadqiqot ob’ekti. SHu sababli milliy maxdudlikni targ‘ib etgan yoki hes qanday milliy ildizga ega bo‘lmagan «umuman» insonni, milliy-mintaqaviy hududlardan tashqaridan «muallaq» odamni tasvirlagan badiiy asar hech qachon san’at darajasiga ko‘tarila olmaydi. M., CHingiz Aytmatovning Jamillasi chinakam milliy tabiatga ega qirg‘iz ayni paytda uni o‘zbek, ingliz, fin, hind va boshqa ayollar «o‘ziniki» hisoblaydi, undan yashashni o‘rganishga intiladi. SHunday qilib, qirg‘iz adabiyotidagi «Jamila» qissasi umumjahon adabiyotining mulkiga, estetik qadriyatga aylanadi. CHunki u milliyligi bilan umuminsoniy, umuminsoniyligi bilan milliydir. Biz imkon qadar tahlildan o‘tkazgan san’atning xususiyatlari ma’lum ma’noda uning asosiy vazifalarini ham belgilab beradi. Endi ana shu vazifalarni qisqacha ko‘rib o‘tishga harakat qilamiz. San’at eng birinchi galda forig‘lantirish vazifasini bajaradi. Forig‘lantirish nima ekanini, uni dastlab Arastu san’atga nisbatan qo‘llaganini biz avvalgi boblar orqali yaxshi bilamiz. Qo‘shimcha qilib shuni aytish mumkinki, san’atning bu vazifasi muayyan badiiy asarni idrok etish mobaynida ro‘y beradi. Uni shartli ravishda uch qismga ajratish mumkin. Dastavval haqiqiy san’at asari inson qalbini ochadi, kalit vazifasini o‘taydi. Keyin uni tozalaydi – poklaydigan ma’naviy modda vazifasini o‘taydi. Undan so‘ng, uchinchi galda, ochilgan va barcha mayda, g‘arazli, salbiy hislardan tozalangan qalbni yuksak tuyg‘ular, ulug‘vor intilishlar, buyuk orzular bilan to‘ldiradi, o‘zingiz hali yaxshi ilg‘ab etmagan, ma’naviyatga bo‘lgan ichki bir botiniy-ruhiy tashnalikni qondiradi. San’atning «ruh ozig‘i» deb atalishi ham shundan. Aynan ana shu vazifa san’atdagi boshqa barcha vazifalarning amalga oshuvini ta’minlaydi, forig‘lantirish vazifasini bajarmagan asar-san’at asari emas. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling