Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Download 0.88 Mb.
bet128/171
Sana10.11.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1761244
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   171
Bog'liq
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

Ommaviy-axborot vositalari. Ommaviy axborot vositalari inson estetik tarbiyasiga yaqindan ta’sir qiluvchi qudratli va faol kuchdir. Ayniqsa, televidenie shaxs hamda ommani estetik dunyoqarashini shakllantirishda, ularni nafosatli jihatdan tarbiyalashda yuksak ahamiyat kasb etadi. Rang-barang mavzulardagi ko‘rsatuvlar badiiy va hujjatli filmlar, ijtimoiy-ma’naviy mazmundagi reklamalar, telemarafonlar nafosatli tarbiyani maqsadli yo‘naltirishda, insonlar tafakkurida go‘zallikka bo‘lgan yangicha munosabatni shakllantirishda salmoqli ahamiyat kasb etadi.
Sport. Sport nafosatli tarbiya vositasi sifatida zamonaviy insonni kamol toptirishda alohida e’tiborga ega. Hozirda sportni rivojlantirish mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad avlodni jismonan baquvvat, sog‘lom, vatanning jasur himoyachisi qilib tarbiyalashdir. Hozirda yurtimizda sportni rivojlantirishga doir ko‘plab dasturlar ishlab chiqilgan va ular jamiyat munosabatlaridan amalda ishtirok qilmoqdalar. Keyingi kunlarda O‘bekiston ko‘plab sport turlari bo‘yicha jahon musobaqalarni uyushtiruvchi va o‘tkazuvchi mamlakat sifatida jahon hamjamiyatida ko‘zga ko‘rinib bormoqda. Ana shularning barchasi muayyan ma’noda inson nafosatli dunyoqarashini, tafakkurini sog‘lomlashtirishiga qaratilgan. Bir so‘z bilan aytganda, sport estetik tarbiyaning muhim vositasi sifatida «Farzandlari sog‘lom yurtning kelajagi porloq bo‘ladi» degan maqsadni amalga oshirishga muhim hissa qo‘shadi.
Estetik tarbiyani shakllantirish va mustahkamlashga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omillar mavjudki, bu omillar tarbiyaning oliy shakli hisoblangan estetik tarbiyada bevosita va bilvosita ishtirok etadi.
Mahalla. Mahallaning muhim omil sifatida shaxs estetik tarbiyasiga ta’siri nihoyatda katta. mahalla shaxs nafosatli tarbiyasiga yaqindan ta’sir ko‘rsata olishi bilan boshqa omillardan ajralib turadi. SHu jihatdan mahalla o‘z navbatida o‘z oldigan qo‘ygan ezgu maqsadlarni bajarishi bilan zamonaviy insonni nafosatli jihatdan tarbiyalaydi. CHunonchi mahalla;
-o‘ziga qarashli hududning tozaligi, obodligi, ko‘rkamligini hamda fuqarolarning hamjihatligini ta’minlashi bilan;
-turmush nafosati va muomala estetikani shakllantirib, insonlar qalbida ijobiy tuyg‘ular, yaxshi orzularni namoyon ettirishi bilan;
-mahalliychilik va millatchilik singari salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymasligi hamda qo‘shnichilik madaniyatini kamol toptirishi bilan;
-san’at, madaniyat, ma’rifat arboblari, ilm ahllari ishtirokida bo‘ladigan rang-barang mavzulardagi ma’ruzalarni, suhbatlarni uyushtira olishi bilan;
-isrofgarchilikka, dabdababozlikka yo‘l qo‘ymagan holda urf-odatlar, an’analar, marosimlar, tantanali shodiyonalarni tartibli, chiroyli o‘tishini ta’minlashi va hokazo shu kabilar bilan inson estetika tafakkurini shakllantirishda birlamchi maskan bo‘lib hisoblanadi.
Oila. SHuni maxsus ta’kidlash kerakki, zamonaviy inson tarbiyasini estetik jihatdan kamol toptirishda oila qanchalik ustuvor omil bo‘lib hisoblansa, bu jarayonda tabiat ham undan kam ahamiyat kasb etmaydi. CHunki tabiat bilan ongli tarzda murosa qilmaslik shaxsni nafosatli jihatdan mukammal bo‘lib etishishiga monelik ko‘rsatadi. SHuning uchun inson va tabiat o‘rtasidagi munosabat inqiroz va halokat yoqasiga kelib qolgan hozirgi vaqtda bu muammoni chetlab o‘tish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi.
Tabiat. Ma’lumki, inson o‘zining ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida azaldan tabiat bilan hamkorlik qilib kelgan. Tabiatdagi go‘zalliklardan bahramand bo‘lishlari barobarida uni nafosatli tarzda o‘zlashtirishga, inchunun, mavjud hunukliklarni bartaraf qilishga harakat qiladi. Biroq, keyingi bir necha o‘n yillik jahon maamlakatlarining atrof muhit sohasidagi harakatlarini tanqidiy taxlil etish davri bo‘ldi. Sanoatlashtirish inqilobi inson bilan tabiat o‘rtasidagi munosabatni abadul abad buzib qo‘yganini insonicht tobora anglab bormoqda. XXI asr o‘rtalariga kelib inson faoliyati erdagi yashash imkoniyatlarining asosiy shartlarini buzib yuborishi xavfi yana ham aniqroq namoyon bo‘lmoqda. Bugunga kelib eng jiddiy o‘zgarish er atmosferasida yuz berayotganligi barchamizga ayon. Bu ayniqsa, karbonat angidrid va azot okisi singari “parnik” gazlariga taalluqlidir... Bu xolning insoniyatga qanday ta’sir ko‘rsatishini ilgaridan aytib berish qiyin, chunki global iqlim g‘oyatda murakkab tizimdir. Masalan, yuz minglab yillar barqaror bo‘lib kelgan va millionlab odamlarning taqdirini xal etgan shamollar – yo‘nalishini, yog‘inlar miqdorini o‘zgartirish mumkin. Balki orollar va past qirg‘oq hududlarida yashovchilarga havf-hatar tug‘dirib dengizlardagi suvning sathi ko‘tarilishi mumkin. Aholi haddan tashqarii ko‘payib ketgan va borgan sari kuchliroq tazyiq sezayotgan sayyoramizning aslida busiz ham muammolari bor, Ushbu qo‘shimcha ta’sirlar ochlik va boshqa halokatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi esdan chiqarmaslik kerak. Afsuski, aksariyat xollarda shaxsning tabiat bilan bo‘ladigan munosabati estetik jihatdan to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi hamda uning estetik «no‘noqligi» bois ular o‘rtasida katta bo‘shliq yuzaga keldi; bu bo‘shliq insoniyat boshiga misli ko‘rilmagan talofotlarni solishi mumkin. Ushbu muammoni bartaraf etish pirovardida inson ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan ko‘plab tabiiy-moddiy boyliklarni tejab qolishga, atrof-muhit musaffoligini ta’minlashga, o‘simlik va hayvonot olamini asrab qolishga va eng asosiysi inson genofondining yo‘q bo‘lib ketish havfining oldini oladi.
Bugungi kunda milliy g‘oya va milliy mafkura hayotiy ehtiyoj darajasiga ko‘tarildi. SHunday ekan, har bir inson jamiyatda o‘z o‘rnini bilishi, o‘zini jamiyatning ajralmas qismi deb his qilishi lozim. Endilikda mafkura dunyosida paydo bo‘ladigan bo‘shliq pirovardida jamiyat, inson va mamlakat uchun naqadar katta xavf solishini anglamoqdamiz. Tarbiyaning estetik shakli esa mazkur jarayonlarda yosh avlodni go‘zallik haqidagi tuyg‘ularini, tabiatga bo‘lgan munosabatini, badiiy adabiyotga qiziqishini, jamiyat ma’naviy rivojidagi yangicha qarashlarni go‘zallik va ulug‘vorlik asosida tarbiyalashdek dolzarb vazifani amalga oshirishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling