1-mavzu: Tibbiy muassasalarda psixologik xizmatni tashkil etish va uning
Download 18.17 Kb.
|
Tibbiy muassasalarda 1-mavzu (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘zlar
- Tibbiy muassasalarda Psixologik xizmatni tashkil etish muammolari
- 1.2 Rejalashtirish tushunchasi. Sotsial muassasalarida rejalashtirish
- Shaxsning o‘zini o‘zi kamol toptirishning sub’ektin shart-sharoitlari.
- Kasbiy faoliyatning etikaviy tamoyillari xakida tushuncha
I.ASOSIY NAZARIY QISM (ma’ruza mashg‘ulotlari) Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-mavzu: Tibbiy muassasalarda psixologik xizmatni tashkil etish va uning muammolari. Sotsial tashkilot (xizmat) faoliyatini rejalashtirish.Shaxsni o‘zini o‘zi kamol toptirishi, Amaliyotchi-psixologning etikaviy tamoyillari Reja: 1.1 Tibbiy muassasalarda Psixologik xizmatni tashkil etish muammolari 1.2 Rejalashtirish tushunchasi. Sotsial muassasalarida rejalashtirish 1.3Shaxsning o‘zini o‘zi kamol toptirishning sub’ektin shart-sharoitlari. 1.4 Kasbiy faoliyatning etikaviy tamoyillari xakida tushuncha Tayanch so‘zlar: Psixologik xizmat, psixolog, amaliy psixologiya, psixoterapiya tarixi, rejalashtirish, sotsial, sotsial tashkilot, muassasa, reja, tezkor reja, boshqaruv, maqsad, ehtiyoj, baholash, boshqaruv tizimi, ehtiyoj, shaxs, o‘zini o‘zi kamol toptirish. Tibbiy muassasalarda Psixologik xizmatni tashkil etish muammolari Inson psixologiyasini tushinish, tahlil qilish va rivojlantirishga jiddiy eqtibor berish masalasi hamma zamonlarda va hamma davlatlarda ham ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi vazifalaridan biri bo‘lib kelgan. XX asr bo‘sag‘asida psixologiya fani va uning ilg‘or vakillari o‘zlarining navbatdagi jahonshumul ilmiy maqsadlari - insonga, ayni paytda, jamiyatga psixologik xizmat ko‘rsatish tizimining muqarrarligini nazariy-ilmiy jihatdan asoslab berishga muvaffaq bo‘ldilar. Psixologik xizmat ko‘rsatish muammosi ma’lum ma’noda, ilmiy psixologiyaning yetakchi yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘p bor munozaralar manbai bo‘lgan. Bu xaqda qadimgi va dastlabki psixologik tasavvurlar makoni bo‘lmish Hindiston, Xitoy, Yegipet, Vavilon, O‘rta Osiyo, Gresiyadan, shuningdeq jon (ruh) xaqidagi I- kitobning muallifi Aristoteldan va temperament (mijoz) ta’limotining asoschilari Galen, Gippokrat va Ibn Sinolardan tortib, to hozirga qadar psixologlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirganlar va bildirib kelmoqdalar. o‘zbek olimlaridan E.G‘oziev, M.G.Davletshin, G‘.B.Shoumarov, B.R.Qodirov, R.Gaynutdinov, V.M.Karimova, N.A.Sog‘inovlarning ham O‘zbekiston o‘rta, umumta’lim maktablari va oila tizimlarida psixologik xizmatni joriy etish borasida olib borayotgan qator nazariy-ilmiy va amaliy-uslubiy ishlari Respublikamizda psixologik xizmatni joriy etish va rivojlantirish uchun ma’lum darajada asos bo‘lmoqda 1.2 Rejalashtirish tushunchasi. Sotsial muassasalarida rejalashtirish Korxonalarning mustaqilligi, xususiy mulkchilikning turli shakllari hayotga shiddat bilan kirib kelayotgan bugungi kunda ham odamlar o‘zaro guruh bo‘lib mehnat faoliyatini amalga oshirar ekanlar, ular uchun o‘sha guruhdagi ijtimoiy psixologik muhitning qandayligi, bevosita rahbarning obro‘si, norasmiy liderlarning ishga va shaxslararo munosabatlarga ta’siri muhim masala bo‘lib qolaveradi va ularning xususiyati ishlab chiqarish samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsataveradi. O’zaro shaxslararo munosabatlari sharoitida rahbarlar oldida to‘rgan yana bir muhim masala shuki, ular avvalgidan ham bilimdon bo‘lib, o‘z bilimlarini ko‘proq har bir shaxsning individual psixologik layoqatlari va qobiliyatlari, ishga nisbatan munosabatlariga binoan ularni taqdirlashlari, mehnatga jalb etishning turli-tuman shakllarini tatbiq etishlari zarur. Xodimni yoki ishchini shaxsan o‘rganib, faoliyatini munosib taqdirlash esa (xoh moddiy, xoh ma’naviy taqdirlashdan qat’iy nazar) uning qisman testolog bo‘lishini, psixologiya fanining ommabop usullarini qo‘llagan holda ish yuritishini talab qiladi. Ishni tashkil etish, guruhlarni shakllantirishda ham ularning o‘ziga xos qonuniyatlarini bilishi, odamlar soni va salohiyati masalasida ijtimoiy-psixologik bilimga ega bo‘lishi shart. Shaxsning o‘zini o‘zi kamol toptirishning sub’ektin shart-sharoitlari. Bugungi psixologiya fani taraqqiyoti an’analari bilan bog‘liq insonning amaliy psixologiyasini, uning jamiyatdagi ijtimoiy faolligi va ijtimoiy tabiatidan ajratib bo‘lmaydi. Shu nuqtai nazardan, inson omillarini va uning jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarini to‘g‘ri va samarali boshqarish jarayoni jamiyatga va jamiyat a’zolariga psixologik xizmat ko‘rsatish muqarrarligini talab qiladi. Vaholanki, iqtisod, xuquq, etika, etnografiya, tarih sotsiologiya va shu kabi barcha fanlarning o‘zaro mustahkam hamkorligi natijasida inson psixologiyasining amaliy muammolari hal etilishi lozim. Hozirgi zamon ijtimoiy psixologik tadqiqotlar masalasi, ayniqsa uning amaliy vazifalari sotsial psixologiya fanining markazida turuvchi psixologik va sotsiologik yondoshuv yo‘nalishlari asosida hal qilinmoqda. Masalan, Amerika va boshqa barcha g‘arb davlatlarida ikki xil ijtimoiy psixologiya:"psixologik ijtimoiy psixologiya" va "sotsiologik ijtimoiy psixologiya" mavjud. Bu yo‘nalishlar bir-biriga o‘xshasa-da, ularning bir-biridan farqli jihatlari ham mavjud. Ya’ni, psixologik ijtimoiy psixologiya shaxs va faoliyat, muomala, shaxslararo munosabat, shaxsning ijtimoiy-psixologik tuzilishi, shaxsning kognitiv, konativ, xulq-atvor imkoniyatlarini o‘z ichiga olgan ijtimoiy ustanovkalar, shaxs va jamoaning ijtimoiy-ruxiy kechinmalari kabi muammolar ustida tadqiqot olib borishni maqsad qilib olgan bo‘lsa, sotsiologik ijtimoiy psixologiyada esa ko‘pincha jamiyatning ijtimoiy qatlamlarini tahlil qilish xalqlar psixologiyasi, ommaviy hodisalar psixologiyasi, sinflar, guruhlar, gumanistik psixologiya kabilarga alohida urg‘u beriladi. Kasbiy faoliyatning etikaviy tamoyillari xakida tushuncha Download 18.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling