Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Download 0.88 Mb.
bet18/171
Sana10.11.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1761244
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   171
Bog'liq
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

Zaxiriddin Muhammad Bobur (1483-1529) temuriylar sulolasining eng buyuk vakilliridan biri, Xindistonda "Buyuk mo‘g‘ullar" saltanatini ko‘rgan, turkiy, arab-musulmon, fors-tojik, xind madaniyati, badiiy-falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy va diniy - tasavvufiy fikriga katta hissa qo‘shgan mutafakkirdir.
Taxtga 12 yoshida o‘tirgan Bobur SHayboniyxon bilan xal qiluvchi janglar olib borgan, 1500-1506 yillarda bor-yo‘g‘i 20-23 yashar yosh bir yigit edi. Temuriylarga xos harbiy salohiyat, urush san’atini, o‘ta chapdastlikni egallaganlgiga qaramay Boburning katta tajribasi yo‘q edi.
Xolbuki, bu paytda SHayboniyxon yoshi ulug‘ nihoyatda tajribasi mohir sarkarda sifatida shuhrat topgan, katta qo‘shinini saltanat qurish, qo‘shni mamlakatlarga boshlab borishda ko‘zi pishgan, xotirjamlik bilan iqtidori o‘z rivojining avj burjiga ko‘tarilaetgan davlat raxnamosi bo‘lgan etuk zot edi.
Ikkinchi davr - 1506 yildan keyingi Afg‘oniston va Xindiston davri. Bu davrda Bobur nafaqat siyosatchi, sulola asoschisi, aqlli harbiy lashkarboshi, balki juda iqtidorli olim, islomiy ilmlar, shariat, hamda tasavvuf irfoni, tariqatlar bilimdoni, muxlisi, buyuk so‘z ustasi, shoir, vo’iz edi. Uning ijtimoiy-falsafiy, siyosiy, huquqiy, badiiy-axloqiy, irfoniy qarashlari u qoldirgan juda boy ma’naviy meros - Devonlari, "Boburnoma" asari, SHariat asoslari bayoni bo‘lgan "Mubayyan" risolasi, badiiyat nazariyasi bo‘yicha "Aruz risolasi", Xo‘ja Axror Valiy "Risolai volidiya" sining turkiy nazmiy bayoni, musiqa, lashkarkashlik bo‘yicha risolalar, u o‘zi yaratgan va qo‘llay boshlagan maxsus alifbo "Xatti Boburiy", turkiy-mug‘uliy qonunchilik an’anasida tuzilgan "Tuzukoti Boburiy" lar bizgacha etib kelgan. Bundan tashqari Boburning "Vasiyati", o‘g‘illar, qizlari, yaqinlari bilan, Pir shayxlar siesatchilar, boshqa davlat rahbarlari bilan olib borgan yozishmalari, elchilik nomalari, vaqflari, son-sanoqsiz Ulufa, Suyurg‘ol, farmon, yorliq nishonlari ham bizgacha etib kelgan.
Boburning ijtimoiy-falsafiy, badiiy-axloqiy, siyosiy va huquqiy, irfoniy, isloxchilik qarashlari nihoyatda keng kamrovli, chuqur, o‘z davridan ilgari ketgan insonparvar, ilm va aql muxibi dunyoqarashini ifodalar edi. Bobur dunyoqarashining bosh yo‘nalishlari, insonparvarlik, ilm - ma’rifatparvarlik, san’atsevarlik, badiiyat, she’r san’atlari, vatanparvarligi - o‘z Vatanni sevish, ko‘msash va ayni paytda boshqa xalqlar, millatlar, diniy e’tiqodlarga e’tiqodiy bag‘ri kenglik, hurmat munosabatida bo‘lish, qonuniy, huquq an’analarini ustun sanash, pok zotlar, azizlar avliyolar, ular qaysi din jamoadan bo‘lmasin, oldida o‘zini xokisor tutish, yuksak xijoatlilik, mardlik, axloqiy poklik, xayr ishlarni qilishdir.
Bobur tuzgan "Risolai volidiya" asari ham uning falsafiy, ilmiy-irfoniy, ijtimoiy, axloqiy qarashlarida alohida o‘rin tutadi. Asar 1528 yilda, Boburning, otasining Naqshbandiya - Xojagoniya tariqatiga, xususan Xuja Axror Valiy Fuqarotiyga ahdi irodatini ifodalash uchun, Pirning "Risolaiy volidiya" sini turkiy nazm bilan bayon etgan. Bu kitobda xatto Boburning " Ubaydullox tadbirlari tufayli shox bo‘ldim", degan e’tirofi mavjud.
Xullas, O‘rta asrlar davri Markaziy Osiyo faylasuflari, mutafakkirlari, tasavvuf ilmi soxiblari hamda buyuk davlat arboblari misolida jahon fani va madaniyatida o‘chmas iz qoldirdi.



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling