Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
XVIII - a s r f r a n s u z m a t e r i a l i s t i k f a l s a f a s i
Download 0.88 Mb.
|
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet
- Bu sahifa navigatsiya:
- Frensis Bekon
- Rene Dekart
- Jorj Berkli
XVIII - a s r f r a n s u z m a t e r i a l i s t i k f a l s a f a s i o‘ziga xos xususiyatlarga ega. CHunki uning vujudga kelishida o‘tmishi g‘oyaviy madaniy merosining ijobiy ta’siri katta edi. Ayniqsa, Dekart, Spinoza, Beqon, Gobbs, va Lokning falsafiy qarashlari ta’siri katta bo‘ldi va XVII asrga nisbatan mustaxkamroq tabiiy ilmiy tayanchga ega edi. Bu davrda mexaniqa, matematika, astronomiya kabi fanlar qatoriga meditsina, fiziologiya, biologiya singari fanlar qo‘shildi. Bu esa fransuz faylasuflarining materiya va harakat to‘g‘risidagi tasavvurlarning kengayishiga yordam berdi. Fransuz faylasuflari inglizlar ta’limotidagi biryoqlamalikni bartaraf etdilar. SHu sabab, ular yashagan davrda tabiat fanlari, xususan, fizika, ximiya, biologiya singari fanlar xali shakllanmagan edi. Fransuz faylasuflari biologik va ijtimoiy hodisalarni mexaniqa qonunlari asosida isbotlashga va tushuntirishga harakat kildilar. Materiyaning bo‘linmas va o‘zgarmas atomlardan iborat ekanligini e’tirof etib, uning faqat fizikaviy ta’rifini berdilar. Ularning fikricha, insonning sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi barcha narsalar materiyadir. Golbax ta’limoticha materiya jismlarning turlicha qo‘shiluvchidan iboratdir. Materiya abadiy, u bordan yo‘q bulmaydi va yo‘qdan bor bo‘lmaydi. Materiya tabiatdan tashqaridagi kuchga muxtoj emas, u bepoyondir. Materiyaning to‘xtovsiz harakatini predmetlar va ularning xossalarini o‘zgartirib turadi. Fransuz materialistlarining fikricha, tabiatning asosiy mohiyati amal qilish, ta’sir etish va harakatdir. Ular g‘oyalar haqida fikr yuritib "tug‘ma g‘oyalar"ning bo‘lishini rad etadilar. Ularning ta’lim berishicha, oddiy g‘oyalar sezgilarimizning mahsulidir. Golbax: "Har qanday g‘oyalar sezgi va hissiy kabul qilishning manbai bo‘lgan predmet obrazidir" - deb ezdi.
Xuddi mana shunday bir davrda yangi davr materializmining asoschisi - Frensis Bekonning filosofik va ilmiy ijodiy faoliyati keng rivojlandi. Uning asosiy filosofik ishlari “YAngi organondir”. U sxalostikaga qarshi xujum boshladi va Platon va Pifagor idealizmiga qarshi kurashdi. Bekon ta’limoticha, falasafaning asosiy predmeti - materiya va uning tizimini o‘rganishdir. Uningcha, olam moddiy: materiya, tabiat - birlamchi, ongimiz esa ikkilamchidir. Materiya boshlangich kuchga va qonunga ega, u barcha predmet va hodisalarning asosi va bosh sababidir. Materiyaning miqdori doimiydir, u kamaymaydi va ko‘paymaydi, hech narsa yo‘qdan bor va bordan yo‘q bulmaydi. Bekon ta’limotiga ko‘ra, materiya buzilmas shakllarga ega, shakl esa materiyaning sifat aniqligidir, moddiy shakllar zichlik, siyraklik, sovuqlik, og‘irlik, issiqlik kabi turlicha harakatlanuvchi oddiy sifatlarning moddiy ifodasidir. Bekon bu erda, materiya - turli sifatlarga ega demoqchi.. Bekonning mana shunday g‘oyalarini sistemalashtirilgan yirik filosoflardan bir Tomas Gobbsdir. Gobbs - filosof, mantiqshunos, matematik, estetik, davlat va huquq nazariyachisi edi. Uning asosiy falsafiy asarlaridan - “Jism to‘g‘risida”, “Inson to‘g‘risida”, “Grajdan to‘g‘risida ”, “Leviafan ” va boshqalardir. U sxolostikaga o‘zil - kesil zarba berdi. Uning ta’kidlashicha, olam - materiyadan, jismlar yig‘indisidan iborat: olamda jismoniy sababdan boshqa narsa yo‘q; olamdagi hamma narsa va hodisalar - borliqning turli formadagi ifodasidir. Uning ta’limoticha, olam - moddiy, borliq esa mangudir, lekin ayrim jismlar esa - vaqtinchadir, chunki ular vujudga keladi va yo‘qoladi. U - olamni - birlamchi, ong, tafakkur esa ikkilamchi deb, tafakkurni fikrlovchi materiyadan ajratish mumkin emasligini ta’kidladi va mana shu erda u Bekon g‘oyalarini sistemalashtirgan edi. Materiya va uning zarrachalari xajm, shakl va mexanik harakat kabi xususiyatlarga ega bo‘lib, ular uzunlik, kenglik va bo‘yga egadir. Demak, bor bo‘lish-miqdorga, shaklga, xajmga ega bo‘lishdan iborat. Bulardan ma’lumki, u materiyani faqat matematik ma’noda, ya’ni miqdor tomondan tushunib, narsa va hodisalarning sifatiy farqini inkor etadi. Xid, maza, rang kabi sifatlarning esa ob’ektiv xarakterini rad etadi. Borliq, Gobbs fikricha, doim harakatda. Uningcha, harakat borliq yoki narsalarning o‘zaro o‘rin almashinuvidan iboratdir. Jism harakatining sababi uning o‘zida emas, balki boshqa jismda, harakat qiluvchi jismdan tashqaridadir. XVII-asrning eng yirik mutafakkirlaridan yana biri fransiyalik Rene Dekart (1596-1650) edi. Uning asosiy falsafiy asarlari-”Filosofiyaning boshi”,” Metod haqida muloxazalar”, “ Aql raxbarligi uchun qoidalar” va boshqalardir. Uning falsafiy qarashlari duamistik xarakterga ega. Uning fikricha, olamning asosida ikkita, bir-biridan mustaqil, birlamchi sabablar, moddiy substansiya, “fikrlovchi substansiya” yoki xudo yotadi. Uningcha, olam-materiyadan iborat, materiya esa mangu va cheksizdir. Bu erda Dekart olamning oxiri bor deb da’vo qiluvchi sxolastikaga qattiq zarba berdi. Greklarning atom bo‘linmas-degan fikrini noto‘g‘ri, materiya korpuskulalardan iborat, korpuskulalar (moddiy zarrachalar) so‘ngsiz bo‘lina beradi-deb o‘zgartirdi. Uning ta’limoticha, materiyaning mohiyati uning xajmida, moddiy zarrachalar doim harakatda, harakat esa predmetlarning o‘rin almashinuvidan iboratdir. Materiya va harakat doimiy , ular yo‘qolmaydi. Dekart mexaniq harakatni osmon jismlari va hodisalariga ham birinchi bo‘lib tadbiq etdi. Dunyoviy materiya avval bir holatda bo‘lib, doim aylanma harakatda edi. Harakat jarayonida materiya uch elementga bo‘lindi: er elementi (yirik), havo elementi (dumaloq), olov elementi (yupqa, noziq). Aylanma harakat jarayonida materiya markazidan eng qattiq va zich elementlar chetga chiqarib tashlandi va keyinchalik ulardan planetalar vujudga keldi. Harakatlanuvchi materiyaning markazida qolgan engil elementlardan keyinroq Quyosh va yulduzlar tashkil topdi. SHu ravishda olam asta - sekin hozirgi holatga keldi. Dekartning bu muhim muloxazasi - har qanday miqdor- o‘zgaruvchan, degan yana bir dialektik xulosaga olib keldi. Birok, harakatni mexanistik tushunish Dekartni harakat sababi materiyadan tashqarida, xudoga bog‘liq, degan xulosaga olib keldi. Dekart materializmini g‘oyaviy jihatdan yanada rivojlantirgan ilg‘or mutafakkir B.Spinoza (1632-1672) dir. Spinoza gollandiyalik buyuk olim va XVII - asr falsafasining taniqli vakili hisoblanadi. U badavlat yaxudiy oilasida dunyoga keldi, yoshligidan “Tavrot” bilan shug‘ullandi, so‘ng Dekart falsafasi bilan tanishgandan so‘ng Xristian dini bilan butunlay aloqasini uzdi. Buning oqibati o‘laroq yaxudiylar uni o‘z dinlari va jamoasidan chetlatdilar. Spinozaning asosiy asarlari - “Etika ”, “Dekart falsafasi prinsiplari”, “Ilohiy-siyosiy traktat” va boshqalardir. Uning falsafiy sistemasi markazida “moddiy substansiya” tushunchasi yotadi. Uning fikricha,moddiy substansiya hech narsaga, xatto xudoga ham muxtoj emas. Spinoza Dekart qarashlaridagi dualizmni kat’iy rad etdi va dunyoning asosida faqat bir substansiya yotishini e’tirof kildi. Uning fikricha, tabiatda ikki substansiyaning bo‘lishi mumkin emas, bir substansiya ikkinchisining sababi bo‘la olmaydi. Substansiya cheksiz va doimiy bo‘lib, uning yaratilishi ham, yo‘qotilishi ham mumkin emas. Substansiya o‘zidan tashqarida mavjud bo‘lgan qandaydir tashqi kuch bilan bog‘langan emas va o‘z oldiga maqsad ham qo‘ya olmaydi, bu jihatdan tabiatdan farq qilmaydi, balki tabiatning o‘zidir. Spinoza o‘zining materialistik qarashlarini panteizm bilan niqobladi. Uningcha, substansiya- moddiy olamning o‘zidir. Biroq, substansiyani u xudo deb biladi. Spinozaning xudosi esa mohiyati bo‘yicha tabiatning o‘zidir. Dekart ratsionalizmiga zid ravishda sensualizm (lot. “sezgi”, “xis”) ni asoslashga harakat qilgan faylasuf Jonn Lokkdir. Jonn Lokk (1632-1703y) XVII asr Angliya falsafasining yirik namoyondasi bo‘lib, u sxolastikaga qarshi kurashda muhim rol uynadi. O‘zining falsafaga doir “Kishi aqli to‘g‘risida tajriba” asarida bilish nazariyasini birinsi o‘ringa qo‘ydi. Jonn Lokk tug‘ma g‘oyalar haqidagi nazariyani tanqid kildi. Xudo g‘oyasi noaniq va chalkash, deb hisobladi. Uning ta’kidlashicha, kishilar bilimi va turli tuman g‘oyalarning manbai hissiy tajribadir. Barcha bilim va g‘oyalarimiz tajriba va sezgilarimizni kelib chiqqanidir. Kishilar tayyor tug‘ma g‘oyalarga ega bo‘lmaydilar va ega bo‘lishi ham mumkin emas. Uning ta’limoticha, turli sharoitda yashovchi kishilarda narsa va hodisalar, yaxshi va yomon to‘g‘risidagi tushunchalar, bilimlar ham turlicha bo‘ladi, chunki bu bilimlar - turli sharoitda tashqi dunyoda olingan, bor narsalarning obrazidir, - Lokk sensualizmining mohiyati ham aynan, mana shundadir. . Bu davr sub’ektiv idealistik falsafasining yirik nomoyondalari Jorj Berkli (1684-1753y) va David YUm (1711-1775y) edilar. Berkli o‘z oldiga idealizm bilan dinni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilib qo‘ydi. SHu maqsadda avvalo, materiya tushunchasini tanqid qildi, ob’ektiv reallikni inkor qildi. Uningcha, materiya mavhum tushuncha bo‘lib, uni hech kim ko‘rgan emas,chunki materiya to‘g‘risida hech qanday sezgilar yig‘indisi (kompleks) ni hosil qilish mumkin emas. Berkli olamning borlig‘ini “Men” bilan bog‘laydi. Olamni “Men” va sezgilardan boshqa hech narsa yo‘q, olamdagi narsalar sezgilar yig‘indisidan iboratdir. U “Men” bor - olam bor, “Men” yo‘q - olam yo‘q! degan xulosaga keldi. Bilish - deydi Berkli, bu - kurish, eshitish, tam bilish kabilardir. Biz bilishda sezgilarimizdan tashqariga chiqa olmaymiz. Demak, narsalarni sezsak - bor, sezmasak - yo‘q. Mana shu narsaga asoslanib, Berkli inson sezgilaridan tashqaridagi ob’ektiv reallikning mavjudligini inkor etdi. Uning sub’ektiv idealistik falsafani asoslashga bag‘ishlangan asarlari “Kishi bilishining prinsiplari to‘g‘risida traktat” (1710), “Uch suxbat” (1713) va boshqalardir. David YUm qarashlari Berkli idealizmidan farq qilsa ham, mazmunan unga ancha yaqindir . U ob’ektiv olamning mavjudligini rad etmadi, “ob’ektiv olam mavjudmi?” - degan savolga; “bilmayman ”- deb javob berdi. Uningcha, ob’ektiv reallik mavjud degan ishonch kuchli bo‘lsada , buni xozircha na fan , na amaliyot isbot qila oldi. Tabiat bizdan sir saqlaydi- deydi u , fikrini davom ettirib - shuning uchun ham uni bila olmaymiz. Bizning bilish ob’ektimiz ob’ektiv reallik emas, balki sub’ektiv sezgilarimiz xolos. YUm ob’ektiv reallik borligiga shubha bilan qarovchi skeptizm asoschilaridan biri edi. U inson bilimlarining ob’ektiv reallikka mos kelishiga shubha bilan qaradi va narsa va hodisalar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishlarni bilish mumkinligini inkor etdi. Uning fikricha, kishilar narsa va hodisalarning takrorlanishi tufayli bir hodisaning ikkinchisini sababi sifatida ko‘rishga odatlanganlar. SHuning uchun ham kishilar hodisalar o‘rtasidagi haqiqiy sababiy bog‘lanishni ochishga ojizdirlar. Va u ob’ektiv sababiyatni inkor etgani holda sub’ektiv mavjudligini e’tirof etdi. Sabab va okibat kategoriyalariga sezgilarning xususiyati sifatida qaradi. XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida Rossiyada sxolastika va dinga qarama - qarshi o‘laroq rus materializmi yuzaga keldi. Buning asoschilari M. V. Lomonosov va uning davomchisi A. N. Radishchev edi. Bu davrda Rossiya G‘arbiy Evropadagi boshqa mamlakatlarga nisbatan ancha qoloq mamlakat edi. Rossiya mayda feodal knyazliklarga bo‘lingan bo‘lib, uni uzoq asrlar davomida nemis, shved, tatar, mo‘g‘ul, turk va boshqa bosqinchilar talon - taroj qilib keldilar. Rossiya o‘zining juda keng va boy maydonlariga, ko‘p sonli axolisiga ega bo‘lsada, lekin dengiz yo‘liga ega emas va buning oqibatida boshqa mamlakatlar bilan zarur iqtisodiy aloqalari yo‘q hisobi edi. Bundan tashqari mamlakat ichkarisidagi zulm va ekspluatatsiya okibatida sinfiy ziddiyatlar ham keskinlashib borayotgan edi. Bu kabi ziddiyatlar ideologiya sohasida ham o‘z aksini topgan edi. M. V. Lomonosovning faoliyati mana shu davrda, aniqrog‘i XVIII - asrning 40 - yillarida boshlandi. M.V. Lomonosov (1711-1765y) Arxangelsk guberniyasining Xolmogor uezdida o‘rta xol dexqon oilasida tug‘ildi. U 1730 yilda Moskvadagi Slavyan-grek-lotin akademiyasida, so‘ng xorijiy mamlakatlarda ta’lim olib, 1741 yili Rossiyaga qaytib keldi va Fanlar akademiyasida o‘z faoliyatini boshladi. U Rossiyaning eng buyuk va iste’dodli qomuschi olimi edi. Falsafa sohasida esa u materialist edi. U idealizmni keskin rad etdi. Falsafaning asosiy masalasini hal etishda materializmning birlamchi va ongning esa ikkilamchiligini ta’kidladi. Tabiatdagi barcha narsalar materiyadan tashkil topgan, ularning mohiyati ham materiyadir - deb ko‘rsatadi u. Materiya - tabiatdagi narsalarni barpo etuvchi moddiy asos va mohiyatdan iborat, narsalarda yuz beruvchi hodisalarning sababi - ularning moddiy tabiatidir. Moddiy jismlar, uningcha, materiya va shakl birligidan iborat bo‘lib, ularning shakli materiyaga bog‘liqdir. SHaklni mazmunga nisbatan birlamchi deb da’vo qiluvchi idealistik fikrlarni rad etib, u, shakl - mazmunning ifodasi deb ta’kidladi. Rossiyada M. V. Lomonosov ta’limotining bevosita davomchisi A. N. Radishchev hisoblanadi. U 1749 yil Saratov guberniyasining Kuznetsk uezdida boy pomeshchik oilasida tug‘ilgan. Boshlang‘ich ma’lumot olib, so‘ng Germaniyaga o‘qish uchun yuboriladi. O‘sha paytda Germaniyada xukmron bo‘lgan metafizika va Leybnits - Volf idealizmi uni qiziqtirmaydi, XVIII asr fransuz materialistlari asarlarini qunt bilan o‘rganadi. Va so‘ngra M. V. Lomonosov, Kepler, Nyuton va boshqa olimlar kashfiyotlarini o‘rganib ularning ta’limotlari izidan boradi. Uning falsafiy dunyoqarashi “Peterburgdan Moskvaga sayohat”, “Inson, uning o‘lishi va o‘lmasligi to‘g‘risida ”, “Ushakovning hayoti” va boshqa asarlarida ifoda etilgan. U “birinchi sabab” to‘g‘risidagi nazariyalarni rad etdi. Uningcha, olam moddiy, materiya esa - mangudir. Materiya insongacha bor bo‘lib, u uni biluvchi insondan mustaqil va o‘ziga mavjuddir. U materiyaning yo‘qolishi to‘g‘risidagi fikr quruq hayoldan iboratligini ta’kidlaydi, narsalar va harakat (kuch) miqdori olamda hech vaqt ko‘paymaydi va kamaymaydi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling