Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
Download 0.88 Mb.
|
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nikolay Kopernik
- Iogan Keppler
- Jordano Bruno
- Galilieo Galiley
M a k i a v e l l i davlat mavjudligini din(cherkov)ga boglab tushuntirgan o‘rta asr falsafiy fikridan farqli o‘laroq davlat huquqiy tartibot organlar orqali qonunlar asosida boshqarilishi kerakligini aytadi.
Makiavelli "Podshox" deb nomlangan asarida davlatning kuch-qudratini qonun tashkil etishi lozimligini, bunga erishish uchun turli yo‘llardan foydalanish mumkinligini bayon qiladi. "Qudratli davlat tuzmokchi bo‘lgan xukmdor bir qancha, jumladan, sher va tulki xususiyatlariga ega bo‘lishi kerak", - deb yozadi u. Xalq manfaatlarini ifodalaydigan jamiyat qanday bo‘lishi kerak? Ingliz gumanisti va davlat arbobi Tomas Moor (1478-1535) o‘zining “Utopiya" asarida bu savolga javob berishga harakat qiladi. U xalqning azob-uqubatda yashayotganligini chuqur qaygu bilan yozar ekan, buning asosiy sababini xususiy mulkdan qidiradi. Xususiy mulkni kishilik jamiyatning asosi, deb bilgan Makiavellidan farqli o‘laroq T.Moor uni ijtimoiy zulmning bosh sababi deb ko‘rsatadi. "Utopiya"da tasvirlangan jamiyatning xarakterli belgisi unda xususiy mulkning yo‘qligi, muskul kuchiga asoslangan oddiy jismoniy mehnatdir. T. Moor g‘oyalari italiyalik faylasuf va sotsiolog Tomazzo Kompanello (1568-1639) tomonidan rivojlantirildi. Kompanello italiyaliklarni Ispaniya zulmiga qarshi kurashiga boshchilik qiladi, biroq sotqinlik natijasida bu kurash mag‘lubiyatga uchraydi. Kompanello esa 27 yil qamoqda yotadi. U shu erda 1602 yilda mashxur "Quyosh shaxri" asarini yozadi. Bunda u odamlar jamoa bo‘lib yashashishi kerakligini, jamoa manfaati uni tashkil etgan a’zolari manfaatidan yuqori turishi lozimligini bayon qiladi. "Quyosh shaxri"da tasvirlangan jamiyatda ham "Utopiya" dagi singari xususiy mulk bo‘lmaydi, ammo mehnat bu erda takomillashgan: qul mehnati o‘rnini texnika egallagan: mehnat majburiyatdan extiyojga aylangan. Ma’naviy hayotda bu davr tabiatni o‘rganishning kuchayishi, cherkov, din ta’siriga qarshi kurashning avj olishi, falsafa va boshqa gumanitar fanlarning ravnaqi bilan tavsiflanadi. Bu davrni odatda Renesans - Uyg‘onish davri deb ataydilar. Uyg‘onish davridan boshlab fan g‘oyat tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Polyak astronomi Nikolay Kopernik (1473-1543 yillar) olamning geliotsentrik sistemasini yaratdi. Bu nazariyada aytilishicha, olamning markazi Quyosh bo‘lib, uning atrofida boshqa sayyoralar bilan bir qator Er ham aylanib turadi. Uning bu ta’limotiga Ptolemeyning geotsentrik sistemasi bilan aloqaning uzilishini bildirardi. Bu nazariya, shuningdek, olamni xudo yaratganligi haqidagi diniy afsonaga ham zarba berdi. Kopernikning geliotsentrik nazariyasi materialistik dunyoqarashi umumiy rivojining tabiiy ilmiy zamini bo‘ldi. Nemis astronomi Iogan Keppler (1571-1630) geliotsentrizm nazariyasidan kelib chiqib, sayyoralar holatini kuzatish asosida sayyoralar harakatining uch qonunini kashf kildi. Bu Kopernikning Quyosh sistemasi tuzilishi manzarasining aniqlashtirishga va butun olamning tortilish qonunini ochishga imqon beradi. SHuning bilan bir qatorda Keplerning kashfiyotlari dunyoga diniy nuqtai-nazardan qarashga putur etkazdi. Lekin shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, Kepplerning dunyoqarashi diniy idealistik tushunchalardan ham xoli emasdi. Italiya olimi Jordano Bruno (1548-1600 yillar) ham "Uyg‘onish davri"ning yirik vakillaridan bo‘lib, sxolastik falsafaga va Rim katolik cherkoviga qarshi kurash olib bordi. Bruno, Kopernik kashfiyotidan foydalanib, mazkur falsafiy qoidalarning fizik va astronomik mazmunini aniqlashtirdi. U tuproq, havo, suv, olov va efirdan iborat. Er bilan osmon olamning fizikaviy yakka jinsligini tasdiqlaydi, deb uqtiradi. Brunoning ta’limoti, uning xatti-harakatlari cherkov tomonidan qattiq tanqid ostiga olinib, cherkov sudining xukmi bilan 1600 yil 17 fevralida Rimdagi Gullar maydonida gulxanda yondirilgan. Italyan olimi Galilieo Galiley (1564-1642 yillar) ham "Uyg‘onish davri"ning buyuk olimlaridan biridir. U olamdagi barcha narsa va hodisalar moddiy asosga ega, olam benixoya, materiya abadiy, tabiat yagona bo‘lib, mexaniqa qonunlariga bo‘ysunadi, deb tushingan. Galiley Qadimgi YUnon mutafakkiri Demokritni ustoz deb tan olib, olamdagi narsa va hodisalarning moddiy asosini atom tashkil qiladi degan g‘oyani qo‘llab-quvvatlagan. Galiley inson o‘z ongida tabiat qonuniyatlarini bilishga qodir, kuzatish, tajriba tabiatni bilishning boshlangich nuktasidir, hodisalarning ichki mohiyatini bilish esa bilishning oliy bosqichidir, bilish jarayoni esa hissiy va aqliy bilimdan iborat, deb hisoblaydi. XVII- asrning ikkinchi yarmiga kelib G‘arbiy Evropada xususan Fransiyada bu yangi ilmiy dunyoqarash shunday edi-ki, u asosan falsafa va burjua siyosiy qarashlari o‘rtasida o‘z aksini topdi. Bu kurash 1789-1794 yillardagi burjua inkilobida yaqqol ko‘rindi. Inkilobni tayerlashda fransuz faylasuf va ma’rifatparvarlari Volg‘ter, Jan Jak Russo, Didro,Lametri, Gelvetsiy, Golbax va boshqalar ayniqsa, muhim rol uynadilar. Ular din va sxolastikaga asoslangan falsafaga hamda Fransiyadagi sotsial siyosiy tartiblarga qarshi keskin kurashdilar. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling