Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Download 0.88 Mb.
bet84/171
Sana10.11.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1761244
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   171
Bog'liq
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

Abu Rayhon Beruniy (973–1048 y.y.) mantiqqa oid asarlar yozmagan bo‘lsa ham, uning qonun-qoidalaridan, isbotlash usullaridan ilmiy-amaliy faoliyatida keng foydalangan.
Mantiq ilmining keyingi davrlardagi rivoji Baxmanyor (1065 y.da tug‘ilgan), Ibn Rushd (1126–1198 y.y.), Nasriddin Tusiy, Faxriddin Roziy, Qazviniy, SHamsiddin Samarqandiy, Taftazoniy (1322–1390 y.y.), Mirsharif Jurjoniy (1340–1413 y.y.) va boshqalarning nomi bilan bog‘liq.
O‘rta Osiyo mutafakkirlari mantiq ilmining masalalarini ishlab chiqishda mustaqil ijodiy yo‘l tutdilar
YAngi va eng yangi davrda. Aristotelning mantiqiy ta’limoti Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushdlarning mantiqqa oid asarlari orqali, ya’ni SHarq orqali Evropaga kirib keldi. O‘rta asr Evropasida mantiq masalalari asosan umumiy va yakka tushunchalarning o‘zaro munosabati doirasida o‘rganilgan.
YAngi davrda Evropada fanning, ayniqsa, tabiatshunoslikning rivojlanishi ilmiy metod (uslub) masalalariga e’tiborni kuchaytirdi. Bu davrning buyuk mutafakkirlari R. Dekart, F. Bekon, T. Gobbs, Leybnits va boshqalar mantiq ilmining turli yo‘nalishlarining yaratilishiga asos soldilar.
G.V. Leybnits (1646–1716 y.y.) tafakkur qonunlari haqidagi ta’limotni qaytadan ishlab chiqdi etarli asos qonunini ta’riflab berdi.
Leybnits hozirda simvolik mantiq nomi bilan yuritiladigan mantiqqa asos soldi,
YAngi davr rus mantiqshunoslari ham mantiq ilmining rivojlanishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shganlar.
Djon Styuart Mill (1806–1873 y.y.)-ingliz faylasufi va mantiqshunosi induktiv mantiq sistemasini yaratdi.
XVIII–XIX asrlar falsafiy fikrida nemis falsafasi, xususan, uning yorqin vakillari bo‘lgan I. Kant (1724–1804 y.y.) va V.F. Gegel (1770–1831 y.y.) yaratgan mantiqiy tizimlar muhim o‘rin tutadi.
Kant transsendental mantiqning asoschisi, Gegel esa falsafiy sistemasini ishlab chiqdi. Dialektik mantiq asoslarining yaratilishi uning mantiqiy izlanishlarining natijasidir.
XX asrning boshiga kelib simvolik mantiq mantiqqa oid ilmlar doirasida mustaqil fan sifatida shakllandi. XX asrda noan’anaviy mantiqning turli xil yo‘nalishlari, xususan, ko‘p qiymatli mantiqiy tizimlar (Lukasevich, Geyting, Reyxenbaxtlarning uch qiymatli mantiqiy tizimlari, Postning n-qiymatli mantiqiy tizimi va shu kabilar), konstruktiv mantiqlar (A.N. Kolmogorov, A.A. Markov variantlari) va boshqa mantiqiy nazariyalar vujudga keldi va rivojlandi.
XX asrda mantiq ilmining ma’lum yo‘nalishlari rivojiga Vitgenshteyn, K. Popper, E.K. Voyishvillo, V.A. Smirnov, Xintikki kabilar ham o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar.



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling