Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
Download 0.88 Mb.
|
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet
2.Muhammad payg‘ambar hayoti. Muhammad ibn Abdulloh ibn Abd al-Muttalib Makka va uning atrofi tarixida “Fil voqeasi” nomi bilan mashhur bo‘lgan jangdan 50 kun keyin tavallud topdi. Misrlik munajjim Mahmud podshoning aniqlashicha, Payg‘ambarning tavallud topishlari milodiy sananing 571 yil 21 aprel kuniga to‘g‘ri keladi. Otasi Abdulloh Qurayshning Banu Hoshim, onasi Omina bint Vahb – Banu Zuhra urug‘idan edilar.
Muhammad payg‘ambar tug‘ilishidan oldin onasining qornida 2 oylik xomilaligida otasi Abdulloh SHom safaridan qaytayotib yo‘lda vafot etadi. Bola sog‘lom va ziyrak bo‘lib o‘sishi uchun arablarda sahroyi ayollardan sut-ona topib emizish odati bor edi. Ana shu odatga ko‘ra, Muhammad payg‘ambarni Sa’d qabilasidan Xalima ismlik ayolga emizish uchun beriladi. 4 yoshga etganida Qur’onning 94 surasida bayon etilgan “SHaqqi sadr” voqeasi tufayli Xalima Muhammad payg‘ambarni onasiga olib kelib beradi. Bo‘lajak payg‘ambar 6 yoshga etganida Onasi Omina ham vafot etadi. Ota-onadan erta etim qolgan Muhammad payg‘ambar to 8 yoshgacha bobosi Abdulmuttalib qo‘lida tarbiyalandi. So‘ngra uni amakisi Abu Tolib o‘z himoyasiga oldi. Payg‘ambar yoshlik chog‘larida ikki marta SHomga, bir marta YAmanga karvon bilan safarga chiqdi. Arablar orasida o‘zaro qon da’vosi sababi bilan bo‘lgan urushlarning eng og‘ir kechgani “Fijor jangi” hisoblanadi. Islomdan avval ham arablarda Muharram, Rajab, Zulqa’da va Zulhijja oylari muqaddas sanalib, ularda urush ta’qiqlangan edi. Mazkur urush mana shu oylarda bo‘lganligi uchun unga “Fijor jangi” - “Gunohkorlar urushi” deb nom berilgan. Bu urushda Quraysh tarafida Muhammad payg‘ambar ham unda ishtirok etdi. To‘rt yil davom etgan bu urush sulh bilan nihoyalandi. Muhammad payg‘ambar 25 yoshga to‘lganida Banu Asad urug‘idan bo‘lgan boy ayol Xadicha bint Xuvaylidga uylandi. Muhammad payg‘ambarning etti farzandidan (Moriyadan tug‘ilgan Ibrohimdan boshqa) 6 tasi (Zaynab, Ummu Kulsum, Ruqiyya, Fotima, Qosim, Abdulloh)ning onasi Xadicha bint Xuvaylid edi. Makkadagi Ka’ba binosi ustida tomi bo‘lmaganidan, yomg‘ir suvlari uni emirib yuborgan edi. Keyinchalik binoni sel oqimidan saqlash uchun bir to‘siq qurilgan bo‘lsa-da, u ham yillar o‘tib emirilgan edi. Payg‘ambar davrida Makka ahli Ka’bani yangidan qurishga qaror qildilar. Bu qurilishda Payg‘ambar ham qatnashdi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling