Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Download 0.88 Mb.
bet152/171
Sana10.11.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1761244
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   171
Bog'liq
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

6-mavzu. Islom ta’limoti
Reja:

  1. Islom ilohiyoti.

  2. Kalom falsafasi.

  3. Tasavvuf va uning tariqatlari.

Islom iloxiyoti, uning asosiy aqidalari. Islom falsafasi olam va


odamnish yaratilishi. inson xayotining mazmuni, ezgulik va yovuzlik kurashi to‘g‘risida. Kalom falsafasi. Imom Moturidiy ta’limoti. Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlari. Abu Xomid
G‘azzoliy, Ibn Rushd falsafiy ta’limotlari. Tasavvuf (so‘fizm) ta’limoti va tariqatlari. O‘zbekiston allomalarining islom ta’limoti va dunyoviy fanlarni rivojlantirishdagi tarixiy xizmatlari.

Islom so‘zi arabcha – Allohga o‘zni topshirish, itoat etish, taslim bo‘lish, bo‘ysunish ma’nolarini beradi. Islom dini ta’limoti bo‘yicha, Muhammad payg‘ambar avvalgi payg‘ambarlar (O‘rta Er havzasi sivilizatsiyasi ichida ma’lum bo‘lgan) ishini davom ettirgan, ular dinini qayta tiklagan, qiyomat oldidan yuborilgan oxirgi payg‘ambar (Xotam al-anbiyo) – nabiy va rasul deb tan olinadi.
Islom dini ichidagi uch asosiy oqimlardan biri bo‘lgan sunniylikda IX asrga kelib besh arkon (rukn-arabcha “Ustun” ma’nosini anglatadi) haqidagi ta’limot shakllanadi. Ko‘pchilik ulamolar fikricha, ularni bajarish shart va ular quyidagilar:

  1. Iymon – Xudoning borligi va birligini dili bilan tasdiqlab, tili bilan aytish

  2. Namoz (arabcha – solat) – Har kuni besh mahal namozni ado etish

  3. Ro‘za – (arabcha – savm) Xijriy-qamariy taqvimning 9 oyi Ramazon oyida ro‘za tutish;

  4. Zakot – Mol-dunyosi, boyligi nisob (har yili diniy idora tomonidan belgilanadigan ma’lum miqdor)ga etganida qirqdan birini miskin, kambag‘al, bechora odamlarga beminnat berish;

  5. Haj – umrida bir marta Saudiya Arabistonida joylashgan Ka’bani ziyorat qilish;

Iymon. Iymon masalasida islomda (ahl as-sunna, shi’alar, xavorijlar ichida) avvalgi davrda turli maktablar vujudga kelib, ular shu kungacha rivojlanib kelmoqdalar. Ba’zi ta’limotlar (masalan, mu’tazila, murji’a) yo‘qolib, yangi teologik maktablar paydo bo‘lgan. SHuningdek, ko‘p hollarda alohida olingan mashhur mutafakkir-ulamoning shaxsiy yo‘li (mazhabi) ancha xususiyatlarga ega bo‘ladi. Ahl as-sunna va-l-jamoa ichida klassik davrda ikki asosiy maktab – moturidiylar va ash’ariylar kuchli mavqega ega bo‘ldilar. Masalan, moturidiylar nazdida aqida masalalarida quyidagicha fikr mavjud:
“Iymon” so‘zining lug‘aviy ma’nosi ishonmoq, tasdiqlamoq bo‘lib, istilohda esa Lo iloha illalloh, Muhammadur rosululloh (“Allohdan o‘zga ilohiyat yo‘q va Muhammad – Allohning payg‘ambari va bandasi”) kalimasini til bilan aytib (al-iqror bi-l-lison), dil bilan tasdiqlash (at-tasdiq bi-l-qalb) demakdir. Mazkur ta’limot boshqalaridan iymon masalasida amalni alohidalashi bilan farqlanadi. Iymonning etti sharti bor. Ular:

  • Allohning borligi va birligiga imon keltirish, ya’ni Allohning Qur’oni karimda va Muhammad payg‘ambar hadislarida bayon qilingan barcha ismlari va sifatlariga iymon keltirish. Ibodat qilish va sig‘inishga undan o‘zga loyiq zot yo‘q deb bilish, uning barcha buyruqlarini qabul qilish va barcha qaytargan narsalaridan qaytish. Qur’onning «al-Ixlos» (112-) surasida Alloh taoloning yagonaligini shunday ta’riflanadi: «Aytgin (Ey, Muhammad payg‘ambar): Alloh yagonadir, beniyozdir (hech kim va hech narsaga muhtoj emas, balki barcha unga muhtojdir), tug‘magan, tug‘ilmagan va uning tengi yo‘qdir» (Qur’on, 112:1-4);

  • Farishtalarning borligiga iymon keltirish. Farishtalar (malo’ika) Allohning nurdan yaratgan, uning buyruqlarini so‘zsiz bajaruvchi, uning amridan tashqari chiqmaydigan xos bandalaridir. Ulardan Jabro’il (Jibril), Miko’il kabi buyuk farishtalarning nomlari islom manbalarida zikr etilgan. Jabro’il farishtaning vazifalaridan biri payg‘ambarlarga Allohning vahiylarini etkazish bo‘lgan. Farishtalardan ba’zilari odamlar bilan doim birga bo‘lib, ularning yaxshi va yomon ishlarini yozib boradilar. Qur’onda ular «Kiroman katibiyn» (mukarram kotiblar) deb zikr etilgan (Qur’on, 82: 10-12). Bundan tashqari, tafsir kitoblarida Isrofil, Azro’il nomli farishtalarning ismlari qayd etilgan. Qur’on va hadislarda farishtalar haqida juda ko‘p erda so‘z yuritilgan. Ularga ishonish iymonning shartlaridandir;

- Ilohiy kitoblarga iymon keltirish. Alloh Muhammad payg‘ambarga Qur’onni nozil qilganidek, boshqa payg‘ambarlarga ham kitoblar tushirgan. Islom ta’limotiga ko‘ra payg‘ambarlarga tushgan ilohiy qonunlar to‘plamiga “ilohiy kitoblar” nomi berilgan. Bulardan bir qismi suhuf (sahifalar), bir qismi esa, “kitob” deyiladi. Bulardan birinchi qism sahifalar:

  1. Odam payg‘ambarga – 10 sahifa;

  2. SHis payg‘ambarga – 50 sahifa;

  3. Idris payg‘ambarga – 30 sahifa;

  4. Ibrohim payg‘ambarga – 10 sahifa berilgan.

Hammasi bo‘lib 100 sahifadan iborat, lekin bular bizgacha etib kelmagan. Kitoblar esa to‘rtta:

  1. Muso payg‘ambarga – Tavrot;

  2. Dovud payg‘ambarga – Zabur;

  3. Iso payg‘ambarga – Injil;

  4. Muhammad payg‘ambarga – Qur’on nozil qilingan.

YUqorida nomlari zikr etilgan kitoblarning barchasi Qur’onda Alloh tomonidan nozil qilingan deb ta’kidlanganligi sababli ularga shunday deb ishonish iymonning shartlaridan hisoblanadi. Islom ta’limotiga ko‘ra, oldingi ilohiy kitoblar buzilib ketganligi sababidan Qur’on ularning ta’limotini tiklab kelgan;

  • payg‘ambarlarning haqligiga iymon keltirish. Alloh insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish uchun payg‘ambarlar yuborgan. Barcha payg‘ambarlar bir zanjirning bo‘g‘inlari kabidirlar. Qur’onda 25 payg‘ambarning nomlari zikr etilgan. Hadislarda payg‘ambarlarning umumiy soni 124 ming ekanligi bayon qilingan. Musulmonlar uchun ulardan Qur’onda nomi zikr qilingan va zikr qilinmaganlarning barchasiga barobar iymon keltirish shart;

  • Oxirat kuniga ishonish. Dunyoning ibtidosi bo‘lgani kabi uning intihosi ham bor. Islom ta’limotiga ko‘ra, bu dunyo bir sinov maydonidir. Bu dunyoda qilingan savob ishlar uchun mukofot, gunoh ishlar uchun jazo beriladigan oxirat hayoti mavjud. Qiyomat kuniga va oxirat hayotiga ishonish islomning asosiy g‘oyalaridan biridir;

  • taqdirga – inson boshiga tushgan yaxshiligu yomonlik Allohdan ekaniga – e’tiqod qilish. YUqorida aytib o‘tilganidek, islomning ma’nosi «taslim bo‘lmoq», «o‘zini topshirmoq»dir. SHunga binoan, inson hayotda ro‘baro‘ bo‘ladigan barcha yaxshi-yomon ishlarni o‘zi uchun Alloh tomonidan belgilangan sinov va imtihon deb bilishi lozim. YAxshiliklarga shukr qilmog‘i, qiyinchilik va mashaqqatlarga sabr qilmog‘i iymonning shartlaridan biridir;

  • o‘limdan keyin qayta tirilish. Islom ta’limotiga ko‘ra, qiyomat kuni bo‘lganda barcha insonlar qabrlaridan turadilar va mahshargoh maydoniga yig‘iladilar. U erda barcha odamlar dunyodagi amallariga qarab mukofot (jannat) yoki jazo (do‘zax)ga mahkum etiladilar.

Namoz. Namoz – islomda iymondan keyin musulmonlar ustiga farz qilingan ikkinchi amal hisoblanadi. Namoz arkonlari Qur’oni karimda to‘liq bayon etilmagan bo‘lsa ham, ammo u haqida ba’zi ko‘rsatma va tartiblar berilgan. Namozning vaqti, miqdori hamda ado etish tartiblari hadislar bilan joriy etilgan. Bu masalada musulmonlar orasida har xilliklar mavjud bo‘lib, ular negizida turli mazhab ta’limotlari shakllandi.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling