Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
Download 0.88 Mb.
|
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet
Har kuni besh vaqt:
bomdod – (tong otishidan kun chiqquniga qadar), peshin – (quyosh tikkadan oqqanidan to biron narsaning soyasi o‘z bo‘yiga ikki barobar kelguniga qadar), asr – (peshin vaqti chiqishi bilan to quyosh to‘liq botgunga qadar), shom – (quyosh to‘liq botganidan ufqdagi qizillik yo‘qolguniga qadar), xufton – (shom vaqti chiqqanidan tong otguniga qadar) ado etiladi. Ro‘za. Ro‘za – yilda bir oy: hijriy qamariy kalendarning ramazon oyi davomida kunduz kunlari eyish-ichish va jinsiy aloqada bo‘lishdan tiyilish. Ro‘za Hijratning ikkinchi yili farz bo‘lgan. Bu ibodat kasal yo safarda bo‘lgan kishilardan boshqa kunlarda tutib berish sharti bilan soqit qilinadi. Sababsiz ro‘zani buzgan kishi boshqa kunda tutib berish bilan birgalikda, uning jazosi sifatida ikki oy paydar-pay ro‘za tutishi lozim bo‘ladi. SHuningdek, ro‘za ramazondan tashqari oylarda ham tutilishi mumkin. Masalan, nafl ro‘za yoki qasamni buzishdagi kafforat uchun ham ro‘za tutiladi. Zakot. Zakot – “poklash” ma’nosini bildiradi, ya’ni ehtiyojdan tashqari bo‘lgan boylikning qirqdan bir qismini (1/40) sadaqa qilish. Zakot moli zakot miqdoriga etgan badavlat kishilar uchun farz etilgan. Zakot etim-esir, beva-bechoralar, musofirlar, qarzdorlar, Alloh yo‘lida yurganlar, zakot yig‘uvchilarga beriladi. Zakot hijriy hisob bilan bir yil davomida ishlatilmay turgan yoki shaxsiy ehtiyojdan tashqari, xususiy mulk sifatida foydalanilayotgan mablag‘dan beriladi. Zakot vositasida jamiyat kishilari orasida o‘zaro hurmat-e’tibor ortib, bir muncha tenglik yuzaga keladi. Bu jamiyat taraqqiyoti, tinch va osudaligi yo‘lida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Haj – qodir bo‘lgan kishi uchun umrida bir marta Makka shahridagi Ka’bani ziyorat qilish va ushbu ibodat o‘z ichiga oladigan arkonlarni ado etishdan iborat. Haj farz amallardan hisoblansada, O‘rta Osiyo Arabistondan uzoq masofada joylashganligi sababli yuqorida zikr etilgan «qudrati etganlik» sharti ulamolar tarafidan kiritilgan. Haj zulhijja oyining 8 kunidan boshlanadi. Haj qilishning uch turi mavjud: «ifrod» – faqat haj amallari bajariladi, «qiron» – haj va umra amallari oldinma-ketin bajariladi, «tamattu’» – avval umra qilinib, ehromdan chiqiladi va zulhijja oyining sakkizinchi kuni ehromga kirib, haj ruknlari ado qilinadi. Hajning farzi uchta: ehrom bog‘lab niyat qilmoq, Arafotda turmoq, Ka’bani tavof qilmoq. Islom dinida yuqorida birinchi rukn sifatida zikr qilingan iymon va boshqa e’tiqod masalalari – ilm al-aqo’id (ilohiyot) ilmida o‘rganilsa, keyingi 4 masala – ibodat masalalari boshqa ko‘pgina savollar bilan ilm al-fiqh (diniy qonunshunoslik) doirasida bayon qilinadi va o‘rganiladi. Islomning sunniylik va shialik yo‘nalishlaridagi barcha mazhablar inson shaxsi haqida deyarlik bir xil fikrni bayon qilganlar. Faqat islom falsafasida, tasavvufda bu masala yanada murakkab mazmun va shakl kasb etgan. Tasavvuf ta’limoti sohasida yirik tadqiqotlar muallifi N.Komilov ta’kidlaganidek, tasavvuf O‘rta Osiyo falsafasi taraqqiyotidagi ko‘p asrlik tajribalarni o‘z ichiga olib, uni rivojlantirgan, din va falsafa, hikmat va vahdat, kalom va hadis ilmlarini birlashtirgan, ilohiy bilimlarini birlashtirgan, bular bilan dunyoviy ilmlarni bog‘lashga harakat qilgan.24 Olimning «Xilvat» va «Uzlat» haqidagi Imom G‘azzoliy fikrlarining tahlili diqqatga molik. Tasavvuf yo‘liga kirishdan oldin har bir odam (erkak) oila a’zolari manfaatlariga zarar etmasligini hisobini qilish, agar shunday qilmasa «Uzlat»ga kirish gunoh ekanligi asoslanadi.25 Bu erda shaxsning oilaga, jamiyatga munosabati ilohiy qadriyat orqali qaralishi bilan birga boshqa omillarning roli inkor etilmaydi. Masalan, olimlarning olib borgan izlanishlari natijasida Qur’oni karimda “Ilm” so‘zi 750 marta, “aql” so‘zi 50 marta tilga olinganligi aniqlangan. Demak Qur’oni karim va boshqa diniy manbalar inson (shaxs) aql-zakovatini ijodiy tomonga yo‘naltirishga yo‘l ochadi. Xalqimiz tarixidan ma’lumki, ilm-fan, adabiyot, san’at va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarining hal qilishda dunyoviylik va diniylikka nisbatan ko‘p holda to‘g‘ri yondoshilganligi uchun ijtimoiylik va ilmiy sohada shunday jahonga mashhur kashfiyotlar qilindiki, ular xalqimizning ma’naviy-madaniy merosining oltin xazinasidan munosib o‘rin oldi. Bu kashfiyotlarning egalari o‘z zamonasining, hattoki hozirgi davrining ham yuksak shakllangan shaxsi ekanligidan dalolat beradi. SHaxsning jamiyatga va aksincha jamiyatning shaxsga munosabati masalasi ham muhimdir. Jamiyat, odamlar uyushmasining maxsus shakli, taraqqiyotning ma’lum bosqichida shakllanadigan ijtimoiy munosabatlar majmuidir. Jamiyatning shakllanishi va qaror topishi uzoq tarixiy davrni boshdan kechirgan bo‘lib, murakkab jarayonning ijtimoiy hodisasidir. Xalqimiz o‘zining bir necha asrlar davomidagi ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-madaniy, g‘oyaviy-axloqiy rivojlanish jarayonida uyg‘onish davrining ikki bosqichini bosib o‘tgan. Imom Termiziy, Imom Buxoriy, Mahmud Zamaxshariy, Ahmad YAssaviy, Bahovuddin Naqshband kabi ulamo, buyuk muhaddislarni, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Amir Temur, Zahriddin Muhammad Bobur kabi buyuk fan va davlat arboblarini etkazib bergan. Bu ulamo-olimlar va mutafakkirlar islom ma’rifatiga ulkan hissa qo‘shib doimiy o‘zgarish va rivojlanishda bo‘lgan jamiyatning mazmun-mohiyati, jamiyat va shaxs munosabatlarining fan bilan din aloqalari haqida fikr yuritish bilan bir vaqtda davlat va jamiyatni boshqarish masalalariga ham alohida e’tibor berdilar. Ushbu masalalarni tashkil qilishda mutafakkirlar fanlarni turkumlashda diniy va dunyoviy fanlarga ajratmaganlari holda ularni bir-biriga qarama-qarshi qo‘ymaganlar. Ammo bular ikkala yondoshuvda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari, o‘rganish ob’ektlarida bir-biridan farq qiladigan tamoyillarini ham ko‘rsatib o‘tganlar. Markaziy Osiyoda etishib chiqqan ulug‘ mutafakkirlar jamiyatni paydo bo‘lishi, mohiyati va istiqbollari to‘g‘risida, shaxs va jamiyat munosabatlari, davlatni boshqarish xususida ilg‘or ilmiy qarashlarni ilgari surdilar. Bunda arab faylasufi Ibn Rushd olg‘a surgan haqiqatga erishishning ikki xil yo‘lini, ya’ni biri diniy, ikkinchisi ilmiy yo‘l deb bildilar. Diniy yo‘l bilan Xudo va uning qudratini bilish yo‘lidan iborat bo‘lsa, ilmiy yo‘l esa tabiat va ob’ektiv olamni bilish orqali amalga oshadi. Ulug‘ mutafakkirlarning jamiyatni paydo bo‘lishi, mazmun-mohiyati, shaxs va jamiyat munosabatlari to‘g‘risidagi ilmiy va falsafiy qarashlari katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu ulug‘ zotlar islom ma’naviyati va ma’rifatining shaxs va jamiyat munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishiga qo‘shgan hissasini doimo nazarda tutganlar. Zero, islom ma’naviyatining shaxs kamolotidagi o‘rni va roli muhimligi e’tirof etilgan. Arabiston yarim oroli va qo‘shni mamlakatlar xalqlarining yagona xalifalik davlatiga birlashtirgan islom dini bu tizimning mafkurasi sifatida qisqa vaqt davom etdi. Turli davlatlar va xilma-xil millatlardan tashkil topgan yirik xalifalik imperiyasi tizimi ichida ijtimoiy-iqtisodiy, davlatni boshqarish, xususan diniy masalalarda diniy ulamolar, davlat arboblari o‘rtasida munozaralar boshlanib, islom ta’limotining talqin qilish bilan bog‘liq yo‘nalishlar dastlabki yillardanoq yuzaga keldi. Ma’lumki, jahondagi barcha yirik dinlar o‘z taraqqiyotining muayyan bosqichida turli yo‘nalish va oqimlarga bo‘lingan. CHunki mazkur din tarqalgan xududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy kurashning kuchayishi muayyan dinga e’tiqod qiluvchi turli xalqlarning ijtimoiy manfaatlari va madaniy darajalari turlichaligidadir. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling