Falsafa fanidan mustaqil ish
Download 1.55 Mb.
|
Asiljon
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Deduktiv xulosa chiqarish.
- Mantiqda bir xukmdan boshqasi keltirilib chiqarilgani uchun bevosita, to’g’ridan to’g’ri xulosa chiqarish
- Deduktiv xulosa chiqarish
- Oddiy qat’iy sillogizm uchta termindan iborat bo’ladi: katta termin – sillogizmning predikati
- Induktiv xulosa chiqarish
FALSAFA FANIDAN MUSTAQIL ISHGuruh : 651-22Topshiruvchi : Rahmatov AsiljonMavzu : Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tasnifiXULOSA CHIQARISHNING UMUMIY MANTIQIY TASNIFIReja:1. Xulosa chiqarishning umumiy xarakteristikasi, tuzilishi va turlari.2. Deduktiv xulosa chiqarish.3. Induktiv xulosa chiqarish.4. Anologiya.Xulosa chiqarish shunday tafakkur shakliki, unda berilgan aniq bilimlardan ma’lum qoidalar asosida boshqa bilimlar keltirib chiqariladi. Bu xodisa muxokama yuritish orqali amalga oshiriladi. Xulosa chiqarish tarkibiga asosan xukmlar kiradi.Xulosa chiqarishning xar bir turiga oid qoidalar mavjud bo’lib, ularga rioya qilingandagina xulosa chiqadi. Agar asoslar chin bo’lsa xulosa chiqarish qoidalariga rioya qilingan bo’lsa, chin xulosalar kelib chiqadi. Xulosa chiqarishning turlari ko’p bo’lib, biz nisbatan ko’proq uchraydigan xillarini o’rganamiz. Ularni turlarga ajratganda, dastlab asoslarning sonlarini xisobga olamiz. Agar xulosa bir asosdan chiqarilgan bo’lsa, bevosita xulosa chiqarish, ikki yoki undan ko’proq asoslardan chiqarilgan bo’lsa, bavosita xulosa chiqarish deymiz. To’g’ri xulosa chiqarish jarayonining o’zi xar doim biror vosita yordamida amalga oshiriladi.Mantiqda bir xukmdan boshqasi keltirilib chiqarilgani uchun bevosita, to’g’ridan to’g’ri xulosa chiqarish deyiladi.Bevosita xulosa chiqarish mantiqiy kvadrat orqali va xukmlarning shaklini o’zgartirish orqali bo’ladi. Mantiqiy kvadrat orqali xulosa chiqarish bevosita xulosa chiqarishning shunday turiki, unda moddiy jixatdan bir xil xukmlarning munosabatini aniqlash orqali yangi bilim olinadi. Deduktiv xulosa chiqarish«Deduktsiya» lotin tilidan olingan so’z bo’lib, umumiydan keltirib chiqarish degan ma’noni anglatadi. Deduktiv xulosa chiqarish yoki deduktsiyada asos sifatida chinligi ilgaridan ma’lum bo’lgan fikrlar olinadi.Ular qonunlar, qoidalar, ta’riflar, aksiomalar tarzida ifodalangan bo’lishi mumkin. Asoslarda biror xususiyat bir turkum predmetlarning xammasiga xos ekanligi yoki xos emasligi ko’rsatiladi. Xulosaga ega shu xususiyat o’sha sinfga kiruvchi bir yoki bir necha predmetga xos ekanligi yoki xos emasligi haqida fikr bayon qilinadi. Deduktiv xulosa chiqarishning ko’p uchraydigan xili sillogistik xulosa chiqarish, boshqacha aytganda, sillogizmlardir. Sillogizm – qo’shib xisoblash degan ma’noni anglatadi. Asoslari va xulosasi oddiy qat’iy xukmlardan iborat bo’lgani uchun oddiy qat’iy sillogizm deyiladi. Oddiy qat’iy sillogizm uchta xukmdan iborat bo’lib birinchisi katta asos, ikkinchisi kichik asos, uchinchi kelib chiqadigan xukm xulosa deyiladi.Oddiy qat’iy sillogizm uchta termindan iborat bo’ladi: katta termin – sillogizmning predikati,Kichik termin – sillogizmning sub’ekti vaO’rta termin – kata va kichik terminni bog’lab turadigan termindir.Katta termin birinchi xukmning tarkibiga kirgani uchun u katta asos deyiladi. Kichik termin ikkinchi xukmning tarkibiga kirgani uchun u kichik asos deyiladi. Induktiv xulosa chiqarishInduktiv xulosa chiqarishbevosita xulosa chiqarish qatoriga kiradi.Induktiv xulosa chiqarish yordamida predmetlar va xodisalarning turli xususiyatlari o’rganiladi, ularning umumiy tomonlari haqida xulosa chiqariladi. Induktsiyaning asosini yakkalik, xususiylik va umumiylikning uzviy aloqasi tashkil etadi. Uning asosiy xususiyati shundan iboratki, induktsiya xodisalarni birma-bir o’rganishga asoslanadi. Induktsiya kuzatish va eksperiment bilan bog’liq. Induktsiyaning yana bir xususiyati shundaki, uning xulosalari ko’pincha extimoliy xarakterga ega bo’ladi. Bu induktsiyaning xodisalarni birma-bir o’rganishga asoslanganligi xamda kuzatish va eksperiment bilan bog’liq bo’lganligidan kelib chiqadi.Induktiv xulosa chiqarish deb nisbatan torroq bilimlardan nisbatan kengroq bilimlarga fikran xarakat qilishdan iborat bo’lgan xulosa chiqarishga aytamiz. Mantiq fani induktiv xulosa chiqarishning ikki turini o’rganadi. Bular to’liq va to’liqsiz induktsiyadir.Ilmiy induktsiya. Ilmiy induktsiya xulosa chiqarishning shunday turiki, unda xulosa chiqarish uchun xodisalar o’rtasidagi sababiy bog’lanish asos qilib olinadi. Ilmiy induktsiyada xulosa, xodisalarning muxim xususiyatlarining takrorlanishini o’rganish natijasida xosil bo’ladi. AnalogiyaAnalogiya shunday xulosa chiqarish turiki, unda predmetga ma’lum bir belgining xosligi xaqidagi xulosa shu predmetning boshqa predmet bilan muxim xossalariga ko’ra o’xshashligiga asoslanib chiqariladi.Analogiya predmetlar, ularning xususiyatlari o‘rtasidagi aloqalar va munosabatlarga tayanadi, ya’ni u o‘zining ob’ektiv asosiga ega. Mantiqda yana xulosaning aniqlik darajasiga qarab, qat’iy analogiya, qat’iy bo’lmagan analogiya va xato analogiyalar ajratiladi. Analogiya bo’yicha chiqariladigan xulosaning aniqlik darajasini, ya’ni chin bo’lish extimolini oshirish uchun ma’lum bir shartlarga rioya qilish lozim.Analogiyaning bir qancha turlari mavjud. O’xshatilayotgan ob’ektlarning xarakteriga qarab, xususiyatlar analogiyasi va munosabatlar analogiyasi farq qilinadi. Bunda ikkita predmet o’xshatilib, biridan ikkinchisiga fikran birorta xususiyat ko’chiriladi.Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling