58. Bilishning asoslari va maqsadi nima?
a) haqiqatni ro‘yobga chiqarish; b) kishilarning amaliy faoliyati;
v) tabiiy hodisalarni ilmiy bayon qilish; g) ilmiy tadqiqotning nazariy asoslari.
59. Sizningcha tabiat va inson manfaatlarining mushtarakligi (birligi) nimalarda namoyon bo‘ladi?
a) o‘zaro modda almashinuvining nazorat qilinishida;
b) tabiatning kishilar irodasiga bo‘ysundirilishida;
v) kishilarning aktiv hayotiy faoliyatlarida;
g) kishilarning tabiiy resurslarni maqsadga muvofiq tarzda foydalanishida.
60. Germenevtika - bu...
a) ommaning mohiyati to‘g‘risidagi ta’limot;
b) haqiqatni bayon qilish san’ati va nazariyasi;
v) mantiqiy tafakkur shakllaridan biri;
g) turli xil falsafiy oqimlarni murosaga keltirish vositasi.
61. Borliq tushunchasining falsafiy mazmuni nima?
a) ma’naviy reallikning yig‘indisi; b) xudoni bilishning alohida yo‘li;
v) ob’ektiv va sub’ektiv reallikning yaxlitligi; g) dunyoning ziddiyatli xolati.
62. Umuman borliq bilan alohida olingan narsa borligining farqi yoki birligi nimada?
a) birinchi va ikkinchi xolatlarda ham o‘zaro o‘zgarmasdir;
b) birinchi xolatda o‘zgaruvchan, ikkinchi xolatda o‘zgarmasdir;
v) birinchi xolatda o‘zgarmas, ikkinchi xolatda o‘zgaruvchandir;
g) birinchi va ikkinchi xolatlarda ham o‘zgaruvchandir.
63. Borliqning «birinchi tabiati» va borliqning «ikkinchi tabiati» ko‘rinishining o‘zaro farqlari nimada?
a) birinchi tabiat ko‘rinishi ijtimoiy borliq bilan bog‘liqdir;
b) ikkinchi tabiat ko‘rinishi ijtimoiy borliq bilan bog‘liqdir;
v) birinchisi ikkinchisining xosilasidir;
g) ikkinchisi birinchisining xosilasidir.
64. Substansiya tushunchasi nimani anglatadi?
a) dunyodagi rang-barang predmet va hodisalarning aloqadorligi, umumyaxlitligini;
b) narsalarning tarkibini tashkil etuvchi asoslarni;
v) materiyaning namoyon bo‘lishidagi konkret bir ko‘rinishini;
g) elementar zarrachalarning yig‘indisini.
Do'stlaringiz bilan baham: |