65. Monistik ta’limotlarning tub mohiyati nimadan iborat?
a) olamning birligi to‘g‘risidagi qarashlarning to‘g‘riligiga ishonchda;
b) olamning birligini inkor etuvchi qarashlar;
v) olamning birligini bir substansiyadan tarkib topadi degan qarashlarda;
g) olam ikki yoki ko‘p substansiyalardan tarkib topadi degan qarashlarda.
66. Materiyaning yashash usuli deganda nima tushuniladi?
a) elementar zarrachalarning o‘zaro ta’sirini; b) fazo va vaqt; v) sukunat; g) harakat.
67. Materiyaning falsafiy tushunchasi va uning asosiy xossasi?
a) uning moddiyligida; b) uning mavjudligida;
v) uning in’ikos etdirilishida; g) uning o‘zaro aloqadorligida.
68. Materiyaning yashash shakli deganda nima tushuniladi?
a) materiya va ongning birgalikdagina mavjud bo‘lishida;
b) materiyaning ibtidosi ham, intixosi ham yo‘qligida;
v) materiyaning vaqt va fazodagina mavjud bo‘lishida;
g) materiyaning xarakat va sukunatdagina mavjud bo‘lishini.
69. Makrodunyo hodisalari uchun fazo necha o‘lchovlik?
a) 2 o‘lchovlik; b) 3 o‘lchovlik; v) 4 o‘lchovlik; g) ko‘p o‘lchovlik.
70. Nisbiylik nazariyasi bo‘yicha fazoning to‘rtinchi o‘lchovi nima?
a) vaqt; b) xarakat; v) sukunat; g) in’ikos.
71. Vaqtning nechta o‘lchovi bor? a) 1 o‘lchovlik; b) 2 o‘lchovlik; v) 3 o‘lchovlik; g) ko‘p o‘lchovlik.
72. Dekart koordinatalar sistemasi necha o‘lchovlik fazolarni aniqlaydi?
a) 1 o‘lchovlik; b) 2 o‘lchovlik; v) 3 o‘lchovlik; g) ko‘p o‘lchovlik.
73. Mexanik harakat va uning asosiy belgisi.
a) jismlarning o‘zaro ta’sirda bo‘lishi; b) yo‘qdan bor, bordan yo‘q bo‘lmasligi;
v) jismlarning fazoda oddiy o‘rin almashinishi; g) mexanik harakatning universalligi.
74. Taraqqiyot nima?
a) harakatning umumiy yo‘nalishi; b) pastdan yuqoriga tomon yo‘naltirilgan harakat;
v) oddiydan murakkablikka tomon yo‘naltirilgan harakat; g) b va v hollarda.
Do'stlaringiz bilan baham: |