Falsafa fanidan yozgan inshosi Xalqaro turizm fakulteti
Download 31.18 Kb.
|
falsafa yodgor 62
Falsafa fanidan yozgan inshosi Xalqaro turizm fakulteti Tu62-guruh talabasi Yo’lliboyev yodgor 2022 Mening hayot falsafam Har bir insonni o’z falsafasi , dunyo qarashi bor. Bular doimo o’zgarib turadi buning asosiy sababi yon atrofida sodir bo’layotgan hodisa va voqealardir. Inson tabiatdan juda ham moslashuvchan va ijodkor bo’lib kelgan , yillar o’tishi bilan ularning tuzilishi, harakati, bilimi rivojlanib borgan.Insonning dunyo qarashi va falsafasining o’zgarishi ma’lum bir hududdan boshqa huduga o’tganda juda yujham tez o’zgaradi. Hozirda juda ko’plab talabalar o’z bilim ko’nikmalarini oshirish va tanlagan yo’nalishlari bo’yicha yetuk mutahasis bo’lish maqsadida boshqa shaharlarga borib o’qimoqda. Misol qilib oladigan bo’lsak men ham o’qish maqsadida boshqa shaharga keldim va bir muncha vaqt o’tgandan keyin men o’zimda o’zgarish seza boshladim. Birinchi navbatta kun tartibimni o’zgartirishimga to’g’ri keldi sababi oldingi kun tartibim hozirgiga umuman mos kelmaydi . Shuningdek dunyo qarashim ham ancha kengayib muloqat qilish qobilyatim rivojlandi.Ayniqsa ingliz tilini o’rganish davomida boshqa xalqlar madaniyati , hayot tarzi haqida ma’lumotlarga ega bo’lib fikrlash qobilyatim ham rivojlandi.Bularning barchasi hayot falsafamga misol bo’la oladi.Negagi bizning har bir harakatizmiz negizida falsafa yotadi. Bo'sh vaqtimda qo'shiq aytishni, kitob o'qishni, televizor ko'rishni, yozishni va odamlar bilan muloqotda bo'lishni , oilam va yaqinlarim bilan vaqt o'tkazishni yaxshi ko'raman. Kelajakda o'zim tanlagan kasbning yetuk mutahasisi bo'lib vatanimiz rivojigamunosib hissa qo'shishga harakat qilaman. Men odamlarning hayotini yaxshilashni va boshqalarni xursand qilishni xohlayotganimni bilaman. Men xafa bo'lganimda o'zimni yaxshi his qiladigan va odamlarga yordam berishni xohlaydigan odamlardan ilhomlanganman. Odamlar kimligimni eslab qolishlarini istayman Hayot falsafasi uchun zamon — ijod, taraqqiyot va tashkil topishning mohiyati sifatida muhim ahamiyatga ega. Tarix esa Hayot falsafasida tugʻilishdan to oʻlimgacha boʻladigan biologik davriylikka oʻxshash jarayonlarni boshidan kechiradigan noyob va takrorlanmas „madaniy organizmlar“ sifatida namoyon boʻladi. Tarixiy jarayon, sababiyat qonuni hukmronlik qilgan tabiatdan farqli oʻlaroq, taqdirga boʻysunadi. Tarix faqat tabiat dunyosidagina harakat qiladigan obʼyektiv qonuniyatlar iskanjasidan chiqib ketadi. Hayot falsafasi tarafdorlari (ayniqsa Nitsshe) til muammosiga katta ahamiyat beradi. Ularning fikricha, til real hayotni izohlab berishga ojizlik qiladi, chunki til istioralar va timsollar shaklida asl, kelib chiqish jarayonidagi maʼnolarini yoʻqotadi: individual iboralar umumiy tushunchalarga aylanadi, bu tushunchalar orqali ifodalangan olam asl olamga mos kelmaydi. Hayot falsafasida keyinchalik “omma jamiyati” tushunchasi paydo boʻldi; u individni erksizlikka, ijoddan mahrumlikka, begonalashuvga olib keladi. Bu qarashlar oʻsha paytlarda paydo boʻlayotgan demokratiya, tenglashtiruvchilik gʻoyalaridan “sara odamlar” madaniyatini himoya qilishga daʼvat sifatida oʻzini koʻrsatadi. Shu sabablar tufayli Nitsshe umum qabul qilingan qadriyatlarni, meʼyorlarni “tabiiy” hayot nuqtai nazaridan qayta baholashga, asl “hayotiy” qadriyatlarning ifodachisi boʻlmish komil odamga ergashishga chorlaydi. Shpengler fikricha, madaniyat gullab-yashnagan davrdan keyin, madaniy organizmlarning asta-sekin tanazzulga uchrashi roʻy beradi, unda xalqlar oʻz xulq-atvori va faoliyatiga koʻra ommaga aylanadi. Hayot falsafasi 20-asr boshida Bergson, Zimmel, Diltey, Keyzerling va Klages timsolida oʻzining yuksak choʻqqisiga yetdi. Hayot falsafasining ayrim gʻoyalari keyinchalik personalizm, ekzistensializm, falsafiy antropologiya tomonidan oʻzlashtirildi. Men bu fanni o’rganib nimaga erish mumkinligini aniq bilmayman, lekin men hech qachon falsafani o'rganmaganim uchun yangi narsalarni o'rganishimni bilaman. Men yunon faylasuflari va ularning falsafalari haqida bilib olishni kutaman. Men hayotning asl ma'nosini tushunishga umid qilaman. Ehtimol, men bu o'rganganlarimni kundalik hayotimda qo'llay olaman. Misol uchun, bu fan mening inson mavjudligi haqidagi fikrimni o'zgartirishi mumkin. Bu fanda men bu dunyoga bo'lgan qarashimni butunlay o'zgartiradigan biror narsani o'rganishim mumkin. Rostini aytsam, umid qilaman. Hayot hamma narsa bo’lishi mumkin.Bu narsa nima ekanligi yolg’iz Allohga ayondir. Hamma taqdirga ishonish kerak, taqdir ilohiydir. Biz buni falsafa fanida o’rgandik. Men o’zi hayotga kelishimdan maqsad nima o’zi deb har doim o’zimga savol beraman. Albatta bu savolga hal jovobni topa olmadim. Hoyotdagi maqsadim bilan bog’liqdir balki, buni hali bilmayman. Yoki maqsadim ham shudir, ya’ni shu savolga javob bera olishdir. Hayot qisqa deyishadi, lekin men unday deb o’ylamayman. Umr kechirishim o’zimizning qilgan savoblarimiz va qilgan gunohlarimizga bog’liqdir. Kim qanchalik o’zini nafsini tiyib tura olgan bo’lsa, demak u inson kam gunoh qilgandir, buni hech kim bilmaydi va hech qachon bilolmaydi. Gunohlarimizni og’irligi bo’lganda, bu og’irlikni ko’tara olmasdan olib ketarmidik. Buni ham hech kim bilmaydi. Ha bu dunyoda bitta haqiqat mavjud, U ham bo’lsa yolg’iz Ollohdir. U hamma narsani ko’rguvchi va bilguvchidir. Endi hayotdagi maqsadimga qaytsak, ha menda maqsadlar judayam ko’p buni inkor qilib bo’lmaydi. Har bir inson borki unda albatta maqsadi bo’ladi. Maqsadsiz inson bo’lmasa kerak, shunday insonlar hamma bo’lsa demak uni atrofidagilar unga e’tobor berishmagan. Ha albatta e’tibor his qilmagan inson qanday bo’lardi. Unday insonlarda ishonch tushunchasi mutlaqo yoki umuman yo’q bo’lishi mumkin. Ishonch insonning eng muhim tayanchi hisoblanadi.Inson borki u kimgadir ishonadi va kimgadir ishonch beradi. Unga qanchalik ko’p ishonsangiz u maqsadlariga shunchalik tez erishadi. Ishonch eng muhim tushunchaligini bilib ham oldik. Yana maqsadga qaytsak, endi maqsadlarimga aniq tohtalib o’tsam. Men avval ham aytib o’tdim maqsadlar ko’p, ulardan biri ota-onam baxtli ko’rish, uka-singlimlarim yaxshi hayot kechirishini ko’rishdir. Baxt o’zi nima? Baxt haqida ko’p insonlar har xil tushunishadi. Lekin ularning tushunchasi har xil bo’lishi mumkin. Lekin hamma narsaning tub ma’nosida insondan insonga berilgan yaxshi hissiyotlar bu baxtni keltirib chiqaradi. Bu nimalardan iborat bo’lishi mumkin. Baxtli bo’lish ham o’zi bir sinov sababli bo’ladi,inson o’z taqdiridagi sinovlarni yenga olsa,u inson baxtli bo’lishga haqli hisoblanadi. Hayotdagi har bir narsa o’z belgilari bor, hech narsa o’z –o’zidan yaratilmagan, nimadir sabab borki, unga talab bo’lgan. Falsafani nima uchun kerak ekanligi topa olsak yaxshi bo’lardi.Menimcha har bir inson nima uchun kerak deb o’ylashadi. Ba’zi bir odamlar keraksizga chiqaradi hatto. Falsafa avvalo, bu biz va bizning dunyo qarashimiz, fikrlashimiz, bilim saviyamiz demakdir. Falsafa biz uchun dunyoda qanday yashash, tog’ri fikrlash va dunyoviy bilim bilan birgalikda dunyoviy bilim ham beradi. Bu fanda dunyoning qanday paydo bo’lgani haqida nazariyalar va insonning koinotdagi yolib yer yuzidagi o’rni haqida ham so’zlovchi hisoblanadi. Falsafada bilimlar odam bilishi kerak bo’lgan bilimlardir. Masalan oddiy borliqni olsak, uning turli olimlar har xil tarif berishgan. Chunki hammani fikri har xil. Mening fikrimcha borliq bu- odamlarning qanchalar ko’p bilimga va ma’lumotlarga egaligi bilan baholanadi. Har bir individual shaxsning o’z dunyo qarashi mavjud bo’lib ular bir biridan faqr qiladi huddi tashqi ko’rinish kabi. Mening falsafamga to’xtaladigan bo’lsak men falsafani diniy va dunyoviy bilimlarga bog’layman ya’ni kitoblarga. Kitoblar inson aqlini charxlash bilan birgalikda dunyo qarashni shakllantiradi. Ayrim hollarda kitob bizga o’z xatolarimizni anglash uchun saboq bo’la oladi.Yuqorida aytib o’tganimdek men ham falsafani keraksiz fanga chiqarganman, ammo uni o’rganar ekanman uni biz uchun qanchalar zarur ekanligini bilib o’ldim. Inson o’zini o’zi anglashi, dunyo qarashini va ma’naviy saviyasini oshirish uchun kerak bo’lgan bilimlar falsafada mujassamlashgan ekan. Falsafa qadimdan rivojlanib kelgan bo’lib, kelajakda ham ushbu rivojlanish to’xtab qolmaydi. Chunki falsafaga bo’lgan yoshlarning qiziqishi ortmoqda. Ho’sh, ushbu fanni kelajakka qanaday ta’siri bo’lishi mumkin? Kelajakning porloq bo’lishi uchun odamlar o’zini o’zi anglashni va mustaqil fikrlashni, o’zini tutishni bilishni, diniy va dunyoviy bilimni teng ushlashni va hatto ularni bir-birini to’ldiruvchi deb hisoblashni o’rganishi zarur. Chunki hozirgi zamon talabi shu hisoblanadi. Hozirgi globallashuv davrida falsafafiy tafakkur qanchalar zarur ekanligini , bevosita ko’rib kelyabmiz. Ha endi insonlar nigohida falsafa fani qanchalar muhim ekanligini tushunib yetishmoqda. Haliyam kech emas, insoniyat tannazulga uchirayotgan, paytda falsafaning o’rni qanchalik muhimligi ayon bo’ldi. Ha lekin endi bu dunyo nigohida boshqa tafakkur shaklilari paydo bo’lmoqda. Insonlar tasavvurida endi, o’zlarini oliy hakamga aylantirish holatlari ko’paymoqda. Bunday og’ir vaziyatda o’zimizni hayot falsafamiz bizga yordam berishi lozim. Falsafani qanchalik darajada muhim ekanligini tushinib yetgan bo’lsak, yana asosiy mavzuga qaytsak. Mening hayot falsafam mavzusi tushganda juda xursand bo’lgandim.Chunki juda ko’p misollar, boy taffakurimni ishga slogan holda yozib tashlayman deb o’ylagandim.Lekin qattiq adashganimni endi tushunib yetayabman.Bu mavzu qanchalar muhim ekanligi to’grisida kam odamlar o’ylashi meni judayam hayron qoldirdi. Internetga kiriganimda hech kimni bu mavzu to’grisida hech qanday ilmiy ish yoki izohlar yoqligi afsuslantirdi. Demak hayot falsasasi haqida judayam kam odamlar o’ylayotgani, insoniyatni qanchalar tanazulga uchirayotgan dalolat beradi. Mening o’zimni tushunchalarim ham judayam kam ekanni, hali judayam ko’p izlanishlar olib boorish kerakligini tushinib yetdim. Ha qanchalik qiyin bo’lmasin. Hozir men bu mavzu qo’l urib bo’ldim. Meni fiklashim boshqa insonlardan boshqacha deb o’ylardim . Lekin har bir insonda umumiylik bor ekan. Bu umumiylik insonlar uchun zarur. Insonni inson qilgan uni tafakkuri uni o’zini yo’q qilishi mumkin ekanligini bilish ham judayam qiyin lekin bilish juda zarur. Tafakurrimiz qanchalik yuksak bo’lmasin, inson ongi baribir judayam ojiz hisoblanadi.Ong va tafakkur bu nisbiy tushuncha uni falsafada nazariy o’rganganimizda albatta to’liq mazmuniga tushunib yetamiz.Falsafada bunday narsalar haqida ko’p gaplashiladi. Men bu fanni o’rganayotgandan xursandman. Mening hayot falsafam shundan iboratki,siz tirikligingizda yashashinshingiz va boshqalarga ham shunday imtiyoz berishingiz kerak. Biz odamlarni qilgan tanlovlari uchun hukm qilmasligimiz kerak, chunki biz hammamiz noto'g'ri qarorlar qabul qilamiz. Siz o'zingiz xohlagan narsani qilishingiz kerak, agar u sizni baxtli qiladi va boshqalarga zarar keltirmasa. Bu dunyoda umid qilishimiz mumkin bo'lgan hamma narsa baxtdir va biz unga erishish uchun harakat qilishimiz kerak. Imkoniyatimiz bo'lganda odamlarga yordam berishimiz va kerak bo'lganda muvaffaqiyatsizliklarni xushmuomalalik bilan qabul qilishimiz kerak. Odamlarning yashashining eng yaxshi yo‘li – mehnat qilish va muvaffaqiyatga intilishdir. Odamlar boshqalarga rahm-shafqatli bo'lishlari va to'liq hayot kechirishlari kerak. Biz do'stlik o'rnatishimiz va saqlashimiz kerak. Biz o'z kareralarimizda ko'tarilish va oilalarni ko'tarishga harakat qilishimiz kerak. Biz harakat qilishimiz va yordam berishimiz kerak. Yaxshi inson bo'lish, o'z qarorlarining oqibatlari va xatti-harakatlarining boshqalarga ta'siri haqida o'ylaydigan e'tiborli inson bo'lishni anglatadi. Yaxshi odamlar o'zlariga va do'stlariga g'amxo'rlik qilishadi va shaxsiy munosabatlarni birinchi o'ringa qo'yishga harakat qilishadi. Yaxshi odamlar ham katta yo'lni bosib o'tishga va janjalda kattaroq odam bo'lishga moyil. Umuman olganda, ular muhim muddatlarni bajarish uchun ishlaydi va imkoni boricha foydali bo'ladi. Ular muvaffaqiyatga erishishga harakat qilishadi va o'z ishlariga juda jiddiy qarashadi. Ular boshqalar bilan yaxshi do'stdirlar va hammaga hurmat bilan munosabatda bo'lishga harakat qilishadi. Yaxshi odamlar har doim ham axloqli odamlar emas. Buning sababi, axloqli odamlar qoidalar va qonunlarga ko'proq e'tibor berishadi va ularga rioya qilishlari aniq. Yaxshi odamlar, menimcha, to'g'ri ish qilish uchun o'zlari kerak bo'lgan narsani qilishadi. Misol uchun, agar axloqli odam uysiz odamni do'kondan oziq-ovqat olib ketayotganini ko'rsa, ehtimol uni hibsga olishlari mumkin, chunki o'g'irlik qonunga ziddir. Biroq, yaxshi odam unga ovqat sotib olishni taklif qilishi mumkin, chunki ular buni to'g'ri deb bilishadi. Axloqli odamlar ko'pincha qonunga hamma narsada rioya qilishga moyilligi tufayli o'zlarini boshqa odamdan yaxshiroq deb bilishlari mumkin. Men bu sinfdan nimani kutish kerakligini aniq bilmayman, lekin men hech qachon falsafani o'rganmaganim uchun yangi narsalarni o'rganishimni bilaman. Men yunon faylasuflari va ularning falsafalari haqida bilib olishni o’ylayman. Men hayotning asl ma'nosini tushunishga umid qilaman. Bu umid orqali o’z maqsadlarimga yetaman albatta. Bu hayotni to’gri yashab o’tish o’z qo’limizda ekanligini hech qachon unutmaslagimiz zarur. Bu hayotda hamma narsa bo’lishi mumkin lekin hech qachon taslim bo’lmasligimiz kerak. Bu hayot sizga oxir zarbalar berar ekan, siz ularni mardonovor yengib o’tishingiz zarur. Umringiz davomi har doim yaxshiliklar qilib boring. Bir kun ular sizga savob sifatida yoziladi, sizga yana qaytib keladi. Ha biz uchun yashash muhim, lekin har doim bir joyga borishimizni unutmasligimiz kerak, ya’ni qabrga. Umringizni nimagadir sarfladingiz, yaxshilikka yoki yomonlikkadir . Uni o’zingiz sarhisob qilasiz va qilgan har bir harakatingiz albatta javobsiz qolmaydi. Insonlarga nisbatan ishonchsizlik tuyg’usini his qilyabsizmi demak sizda gumonlanish hissi juda yuqori hisoblanadi. Siz bu hissini yo’qotishingiz zarur, akis holda bu gumonlar bir kun siz yeb bittiradi. Siz undan keyin tubsiz chuqurlikga tushib ketasiz. Men yaqin kunlar davomida turklar tomonidan ishlangan “chuqur” serialini ko’rib bormoqdaman. Bu serial insonni fikrlashiga va ongiga judayam qattiq ta’sir ko’rsatadi. Serial davomida voqealarni tubdan o’zgarib ketishi, meni hayratga soladi. Bu serialda oila qanchalar muhimligini tushunib yetasiz. Inson oilasi uchun nimalar qila olishini baholay olasiz. Meni bu juda ta’sirlantirdi. Ota-onani yo’qotish hissi, yori birodarlarni, do’stlarni yo’qatish hissini shu serial orqali his qilasiz va tushunib yetasiz. Ha bu qanchalar oxirligini shu serialdagi vaziyatlar orqali sizga zarba beradi. SIz qandaydir boshqa dunyoga tushib qolganday his qilasiz o’zingizni. Bu serial orqali judayam ko’p narsalarni tushinib yetayabman. Mani fikrlash mohiyatni teskari tomonga o’zgartirib yubordi. Men oilam uchun qo’limdan kelganini qilish uchun harakat qila boshladim. Men uchun qadrdonlar birinchi o’ringa ko’tarildi. Bu meni hayot falsafamga aylandi. Hayotda endi nima qilishim kerakligini tushinib yetayabman. Men uchun shu voqealar bo’lishi kerak edi va bo’ldi ham. Hayotda men olg’a intilib yashashim kerak. Mening o’zimga yuklatilgan vazifalarni bajararishim zarur va men ularni hammasini bajaraman. Download 31.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling