Falsafa faning jamiyatdagi o’rni, uning asosiy bahs mavzulari


Falsafada shubhaning roli


Download 149.5 Kb.
bet15/23
Sana21.04.2023
Hajmi149.5 Kb.
#1367965
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
Falsafa faning jamiyatdagi o’rni, uning asosiy bahs mavzulari

Falsafada shubhaning roli. Yuqorida keltirilgan ikkala gnoseologik yondashuvni taqqoslash va ularga baho berishda shubha muhim rol o‘ynaydi. U nafaqat o‘rinli, balki ijodiy yo‘naltirilgan har qanday bilishning zaruriy elementi hisoblanadi. Shuningdek, falsafiy mulohazalar har qanday shak-shubhadan xoli bo‘lsa, notanqidiy idrok etiladigan o‘tmish va qadimda o‘zlashtirilgan qonun-qoidalarga so‘zsiz bo‘ysunish meyorga aylanib qolsa, bu, dogmatizm, turg‘unlik va tanazzulga eltadi.
Bunga qadimdayoq antik faylasuflar: elladalik Pirron, Arkesilay va shubhani fikrlashning asosiy tamoyili, inson bilimini esa – nisbiy deb e’lon qilgan falsafiy yo‘nalish – skeptitsizmning boshqa asoschilari e’tiborni qaratgan. Skeptitsizm haqiqatga shak-shubhasiz egalik va narsalarni to‘g‘ri tushunishga da’vogar bo‘lgan falsafiy ta’limotlar hukmronligiga munosabat sifatida vujudga keldi va shu ma’noda, ijobiy rol o‘ynadi.
Falsafaning asosiy funksiyalari. Falsafa u yoki bu muammolarni hal qilar, qonunlar, muayyan tamoyillarni ta’riflar yoki gipotezalar, g‘oyalar va nazariyalarni ilgari surar ekan, ayni vaqtda (ba’zan shu tariqa) har xil funksiyalarni bajaradi. Falsafaning muhim funksiyalaridan dunyoqarashni shakllantirish, bilish, metodologik, integrativ, madaniy, aksiologik, axloqiy va tarbiyaviy funksiyalarni qayd etish mumkin. Ularning barchasi bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Bu funksiyalarning roli va ahamiyati falsafaning amal qilish sohasi, u hal qilayotgan vazifalar darajasi va xususiyati bilan belgilanadi.
Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi insonning o‘z-o‘zini va o‘zini qurshagan borliqni tushunishi, shuningdek turli voqealar, hodisalarni va o‘z burchini qanday talqin qilishida namoyon bo‘ladi.. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, inson dunyoqarashida e’tiqodlar va bilimlar, tuyg‘ular va emotsiyalar, oqilonalik va irratsionallik, tajriba, intuitsiya va hokazolar chambarchas bog‘lanadi. Ayni shu sababli falsafasiz dunyoning yaxlit manzarasini yaratish mumkin emas, chunki, «hamma narsaga aralashadigan» falsafagina dunyoqarashning o‘zaro bog‘lanmagan turli «parchalari»ni birlashtirib, shu tariqa odamlarning butun borliqqa nisbatan umumiy, izchil va mantiqan to‘g‘ri munosabatini yaratish imkonini beradi. Bunda falsafa ayrim ikir-chikirlar, ahamiyatsiz tafsilotlarni mavhumlashtiradi va umumiy aloqalarga, turli narsalar va hodisalar xossalarining birligiga e’tiborni qaratadi va shu tariqa o‘zining bosh funksiyasi – dunyoqarashni shakllantirish funksiyasini bajaradi.

Download 149.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling