Inson muammosining falsafaga oid masalalari deb quyidagilarni hisoblash mumkin: a) inson mohiyati; b) insonda ijtimoiylik va biologik (tabiiylik)ning nisbati; v) shaxsning erkinligi; g) insonning mavjud bo‘lishi (borlig‘i) va mohiyatining dialektikasi; d) inson haѐtining maqsad va ma’nosi.
Insonning mohiyatini o‘rganish, avvalo, uning odam sifatida boshqa barcha turdagi tirik mavjudotlardan, xususan, hayvonlardan, hatto odamga juda yaqin maymunlardan farqlanuvchi qanday tabiiy-biologik xususiyatlarga ega ekanligini aniqlashni taqozo qiladi.
Insonning mohiyatini faqat ѐ uning ijtimoiy jihatlaridan kelib chiqib ta’riflash, ѐki uni tabiiy biologik va ruhiy-ma’naviy jihatlaridan ajratgan holda tasavvur qilish bir tomonlama va notug‘ridir. Inson muammosini tahlil qilishda ham tabiiy-biologik, ham ruhiy-ma’naviy va ham ijtimoiy omillarning o‘zaro birligiga asoslanib o‘rganish to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki inson organizmida modda va energiya almashinuvi, tanasining to‘qima tuzilishi, tana a’zolarining funksiyalari, undagi reflekslar, instinktlar, asab tizimi, tanadagi qon aylanishi, tananing atrof-muhiyatga moslashuvi, undagi haѐt jaraѐnining ta’minlanishi va shu kabilar tabiiy biologik jihatlardir. Bulardan tashqari, yana undagi ovqatlanish, modda almashinuvi, zurriѐd qoldirish va shular kabilar ham tabiiy-biologik xususiyatlardir.
Insonning bu ko‘rib chiqqan tabiiy-biologik, ruhiy-ma’naviy va ijtimoiy jihatlarining hech biri insonda alohida mavjud bo‘lmay, balki ular o‘zaro bir-birlari bilan chambarchas bog‘lanib ketgan bo‘lib, ular o‘zaro ta’sir va aks ta’sirda bir-birini rivojlantirib, boyitib, takomillashib, o‘zgarib boradi.
Falsafa va fanda antropogenez muammosi.
Antropogenezning zamonaviy konsepsiyalari Insonning kelib chiqishi eng murakkab va jumboqli fenomenlardan biri hisoblanadi. Qadim zamonlardan boshlab ushbu fenomenni tushuntirishda bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki paradigma mavjud: insonning xudo tomonidan yaratilganligi g‘oyasi va tabiiy tarixiy evolyutsiya g‘oyasi.
Ibtidoiy miflarda odamlarning kelib chiqishi ko‘pincha mifik qahramonlarning transformatsiyasi, totem ajdodlar, butun mavjudot yaratilgan mifik davrdagi personajlarning transformatsiyasi natijasi ѐki ularning ijod mahsuli sifatida tasavvur etiladi.
Kreatsianizm bugungi kunda ham keng tarqalgan. Bir qator mamlakat(davlat)larda insonning kelib chiqishi haqidagi kreatsianistik va evolyutsion qarashlarni maktablarda o‘qitish masalasida keskin kurash bormoqda.
Keyingi paytda «kosmik tajriba» nazariyalari paydo bo‘ldiki, ularning markazida ham odamning yaratilganligi haqidagi g‘oya turadi. Diniy talqinlardan farqli o‘laroq, ushbu nazariyalarda inson qandaydir o‘zga planetaga mansub sivilizatsiya tomonida yaratilgan deb tasdiqlanadi.
Insonning tabiiy-tarixiy kelib chiqishi to‘g‘risidagi falsafiy konsepsiyalar to XIX asrning oxiriga qadar faqat mushohadalardan iborat bo‘lib, hech qanday isbotdalillarga ega emas edi. Biroq ilmiy ma’lumotlarning to‘planishi bilan mazkur ѐndashuv ilmiy hamjamiyatda tobora ko‘proq ustunlikka ega bo‘la boshladi
Do'stlaringiz bilan baham: |