Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli rejasi: Falsafa dunyoni anglash usuli. Falsafa tushunchasining kelib chiqishi va shakllanishining asosiy bosqichlari. «Dunyoqarash»


Download 34.88 Kb.
bet14/15
Sana16.06.2023
Hajmi34.88 Kb.
#1512662
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
falsafa

Global muammolar - bu shunday muammolarki, ular butun insoniyatning manfaatlariga daxl qiladi, uning kelajagiga xavf soladi hamda ular butun xalqaro hamjamiyatning ishtiroki bilangina hal etilishi mumkin.
Urush va tinchlik muammolari. Inson sivilizatsiyasining butun tarixi, taassuf bilan qayd etish lozimki, urushlar tarixidan iborat. Urush uzoq vaqt davomida zarur, muqarrar va hatto insoniyatning rivojlanishi uchun foydali hodisa sifatida qarab kelindi. Buni tasdiqlovchi ko‘plab dalillar N. Makiavelli, F.Venon, T.Gobbs, J.Prudon, F.Nitsshe va boshqalarning ishlarida saqlanib qolgan.
Ekologik muammo. «Ekosofiya»ning falsafaning muayyan, juda o‘ziga xos qismi sifatida shakllanishi bir qator bosqichlarni bosib o‘tdi. «Ekosofiya»ning rivojlanishiga A,Pechchei, G.Kommoner, A.King, L.Braun, D.Medouz, G.Kan, J.Forrester, E.Pestel va boshqalar salmoqli hissa qo‘shdilar.
Energiya muammosi. 1945 yildan boshlab olinaѐtgan energiya miqdori uch marta ko‘paydi, biroq u o‘ta notekis taqsimlanmoqda. O‘nta eng rivojlangan mamlakatlar butun energiyaning 70%ni iste’mol qilgani holda (ularning aholisi Yer shari aholisining 7% ga yaqinini tashkil etadi), rivojlanaѐtgan mamlakatlar (sayѐra aholisining 78%) ishlab chiqarilaѐtgan energiyaning faqat 18% bilan kifoyalanishga majburdir.
Xom-ashѐ muammosining hal etilishi xom-ashѐning qimmat va olish qiyin bo‘lgan turlarini arzon va oson olinadigan turlariga almashtirish, resurslarni tejaydigan texnologiyani joriy etish, ishlab chiqarishni miqdor ko‘rsatkichlaridan sifat ko‘rsatkichlariga qayta yo‘naltirish bilan bog‘liq.
Oziq-ovqat muammosi hozirgi paytda o‘ta dolzarb bo‘lib turibdi: och qolaѐtganlar soni 1970 yilda 460 million bo‘lgan bo‘lsa, 1990 yilda 550 millionga yetdi. 2000 yilga bu ko‘rsatkich 650 million kishiga yetishgan (sayѐra aholisining 10%). Demografik muammo misolida butun global muammolarning o‘zaro aloqasini yaqqol ko‘rish mumkin. Ortiqcha aholi atrof-muhitga bo‘lgan salbiy ta’sirning kuchayishni anglatadi: suv va havo sifati ѐmonlashadi (xususan tez o‘saѐtgan shaharlarda), yer unumdorligi pasayadi, sanoat va maishiy chiqindilar ko‘payadi, ya’ni ekologik vaziyat keskin ѐmonlashadi. Aholi soni qancha ortib borsa, uning haѐti va faoliyati uchun energiya, xom-ashѐ, oziq-ovqat shunchalik ko‘p talab etiladi. Buning mantiqiy nihoyasi esa energetik, xom-ashѐ, oziq-ovqat muammolarining keskinlashuvidir.
Terroristik aktlar ma’lum bir guruhlarni (ѐki butun bir jamiyatni) qo‘rqitish uchun ѐki terroristlarning g‘oyalarini propoganda va namoyish qilish uchun xizmat qiladi.

Download 34.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling