Mavzu: Turizmda ovqatlantirish xizmati (Farg’onadagi McDonald’s restorani misolida) Reja: Kirish


Download 4.07 Mb.
bet1/7
Sana06.11.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1752709
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Turizmda ovqatlantirish


Mavzu: Turizmda ovqatlantirish
xizmati (Farg’onadagi McDonald’s restorani misolida)
Reja:
Kirish

  1. Ovqatlantirish xizmati tushunchasi mazmuni va mohiyati.

  2. Turizimda ovqatlantirish xizmatining tutgan o’rni.

  3. McDonald’s restorani faoliyati tahlili.

  4. Qo’qonda turistlarga ovqatlantirish xizmatlarini tashkil etish.

Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Ovqatlanish har qanday insonning tabiiy ehtiyojidir. Ovqatlanish, turizmda odatdagi oddiy va zaruriy ehtiyojdan tashqari yana ko‘ngil ochish va mahaliiy madaniyatning, xususan, gastronomiyaning muhim tarkibiy
qismini anglash sifatida ham qaraladi. Milliy taom - xalq madaniyatining
muhim qismi bo‘lib, o‘zida aniq ajralib turuvchi xususiyatlarni mujassamlantiradi va huzur- halovatolishning vositasi hisoblanadi. Umumiy ovqatlanish tizimi turistik markaz yoki hududga tashrif buyuruvchilarning ehtiyojlarini qondiruvchi turli toifadagi restoranlar, barlar, kafe hamda oshxonalar, tez ovqatlanish va o‘ziga o‘zi xizmat qilish joylaridan tashkil topadi. Ovqatlanishning turlari (ertalabki nonushta, yarim pansion, pansion) doimo turistik xizmatlar ko‘rsatish tarkibida belgilangan boladi. Yarim pansionda (ikki marta ovqatlanish) ertalabki nonushta va tushlik yoki kechki ovqat nazarda tutilgan bo‘ladi. Pansion bu uch marta
lik ovqatlanishdir. Qimmatbaho xizmat ko‘rsatish variantlarida butun kun
davomida va hattoki tunda istalgan vaqtda va istalgan miqdorda ovqatlanish hamda ichimliklar (spirtli ichimliklarni ham qo‘shib hisoblaganda) ichish imkoniyati nazarda tutilishi mumkin. Shuningdek, taklif etilayotgan ovqat xillarining miqdori tashrif buyurilayotgan mamlakat yoki mintaqaning an ’analariga bog‘liq bo’ladi va
ko‘pincha kaloriyaliligi hamda xizmat ko‘rsatishning turlari belgilangan
bo’ladi.
Mehmonlarga xizmat ko‘rsatishning turi ham muhimdir (masalan, shvedcha dasturxon). Umuman olganda, turist ertalab yengil ovqat tanovul qilishi, ya’ni yengil nonushta qiiishi qabul qilingan. Shuning uchun, odatda, mehmonxonalarning ko‘p qismi ovqatlanish joylariga yoki restoranlarga ega bo’lib,mehmondo‘stlikning zaruriy tarkibiy qismi hisoblangan xizmat ko‘rsatishlarni taklif qiladi, bu esa ko‘p hollarda joylashtirishning qiymatiga kiritilgan bo’ladi. Mehmonxona qoshidagi restoranda ovqatlantirish joylari mavjudligining ko‘rsatkichi juda muhim. Agar bu ko‘rsatkich (miqdor) mavjud nomerlar fondi miqdoriga mos bo’lsa (to‘g‘ri kelsa) yana ham yaxshi. Nonushta masalasida eng yaxshisi shuki, turist mehmonxonadan
tashqariga chiqmasligi kerak, garchi ovqatlanish joylari nazarda
tutilmagan, turistlarga esa yaqinroqda joylashgan restoranda ovqatlanishi
mumkinligi tavsiya qiiingan joylashtirish vositalari ham mavjud bo‘lsada,
bunday holda joylashtirish xizmatining qiymati keskin pasayib ketadi.
Taom har bir insonning shunchaki oddiy ehtiyoji bo‘lib qolmay, balki
turistlar tomonidan ko‘ngil ochish va rohatlanish ham, deb qaraladi. Turli
xalqlaming va hattoki joylarning taomi o‘ziga xoslikka, ko‘p hollarda o‘ziga
jalb etuvchi xususiyatiga ega. Bundan tashqari, ardoqli mehmonni
yaxshilab ziyofat qilish — barcha xalqlarga xos bo‘lgan yoqimli an’anasidir.
Ko‘pchiIik turistlar uchun milliy taomlar turdasturining juda qiziqarli
elementi hisoblanadi. Ovqat shinavandalari uchun maxsus turlar ham
mavjud bo‘lib, buning asosini muntazam ravishda turli xildagi milliy
taomlar, restoranlariga borish, gastronomiya prinsiplarini o‘rganish va
alohida maxsus taomlar tayyorlash, mahsulotlarni degustatsiya qilish, vino,
pivo hamda kolbasa zavodlarini borib ko‘rish va boshqalar tashkil etadi.

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling