Mavzu: Turizmda ovqatlantirish xizmati (Farg’onadagi McDonald’s restorani misolida) Reja: Kirish


Turizmda ovqatlantirish xizmatining tutgan o’rni


Download 4.07 Mb.
bet4/7
Sana06.11.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1752709
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Turizmda ovqatlantirish

2.Turizmda ovqatlantirish xizmatining tutgan o’rni
Hozirgi vaqtda gastronomiya turizmining rivojlanishi «Milliy iqtisodiyotga ijobiy ta’siri, bandlikni ta’minlash va madaniy meros sifatida har tomonlama tavsif» asosida BTT ning doimiy nazoratida hisoblanadi. BTT ekspertlarining taqdim etgan ma’lumotlariga binoan, «Turizm sohasidagi 30% xarajatlarni gastronomiya turizmi tashkil etib, gastroturizm mahalliy madaniyatning asosiy elementi va ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi, bunda asosiy e’tibor Buyuk Ipak yo'lidagi turistik yo‘nalishlaming turistik takliflarini takomillashuvini va milliy oshxonalarni rivojlantirishga qaratilgandir».
Sayohatga chiqar ekanmiz, biz o‘z oldimizga odatda, qator maqsadlarni qo‘yamiz, jumladan, Sinay tog’lariga ko‘tarilish, Qadimgi Misr va Rim ehromlarini tomosha qilish yoxud dengiz bo'yida miriqib dam olish kabi maqsadlar bilan birgalikda, muhimi, asrlar davomida saqlanib kelgan mahalliy milliy taomlar ta'midan bahra olish va ularni tayyorlanish madaniyati bilan tanishishdan iborat bo’ladi.
Gastronomik turlarning maqsadi - u yoki bu mamlakat oshxonasining xususiyatlari bilan tanishishdan iborat bo’lib, bunda bir necha tansiq taomlarni tatib ko‘rish yoxud ko‘plab taomlarni iste’mol qilish emas, balki yuqorida ta’kidlaganimizdek, asrlar davomida saqlanib kelgan mahalliy retseptlarni va urf-odatlami o‘zida jamlagan milliy taomlardan bahra olish va ularni tayyorlanish madaniyati bilan tanishishdan iborat bo‘ladi.
Gastronomik sayohat - bunda sayohatchi yoki bu mamlakat to‘g‘risidagi tushunchani izohlash bilan birga, milliy taom orqali shu mamlakat xalqining ruhiyatini o'rganadi va uning mentaliteti haqida ma’lumot oladi. Shunday qilib, gastronomiya turizmi bu mamlakatlar va qit’alar bo‘ylab sayohat qilish hisoblanib, maqsadi mahalliy oshxona xususiyatlari bilan tanishish hamda kelgan turistlarga antiqa taom va mahsulotlardan tatib ko‘rishga imkon yaratadi. Gastronomik tur xizmat sifatida nafaqat sayohat qilish bo‘lib hisoblanadi, balki dunyoning boshqa biror joyida takrorlanmaydigan va betakror ta’mga ega bo'lgan masalliqlardan tarkib topgan, ma’lum bir hududdagina uchrovchi taomlami tatib ko‘rishga qaratilgan tadbirlar majmuiga kiradi.
Gastronomiya turizmi turiga qiziqish yildan-yilga oshib bormoqda. Bu qiziqish ko‘proq Buyuk Britaniya, Italiva va Peruda keng ommalashib, yildan-yilga gastroturistik marshrutlar ishlab chiqqan mamlakatlar soni tobora ortib bormoqda. Bunday qiziqishning oshishi turizmning boshqa turlarini ham rivojlantirishga zamin yaratmoqda. Insonlar dam olishining bu turini yarim fabrikat mahsulotlami iste’mol qilish ko‘ngliga urganidan so‘ng, ko‘ngli istagan taomni asl holida tatib ko‘rishga intilish, deb ham tushunish mumkin.
Gastronomiya turizmi birinchi navbatda gurmanlar, ya’ni mazali taom istovchilar uchun jozibador bo’lib, ularga tansiq taom, bu nafaqat yegulik, balki ko‘tarinki kayfiyat bag’ishlovchi lahzalar hisoblanadi. Ikkinchidan, gastronomik sayohatlar ish faoliyati ovqat tayyorlash va tanavvul qilishga bevosita bog’liq bo’lgan kasb egalarini, xususan, restoran boshqaruvchilarini, tatib ko‘ruvchilar (degustatorlar), restoran tanqidchilari kabi insonlarni o‘ziga jalb qiladi. Bu insonlar o‘zlarini kasbiy mahoratlarini, bilimlarini oshirish va ko'nikmalarini mohirona boshqarishga yo‘naltirish maqsadida gastroturlarga chiqishadi. Shundan kelib chiqib, gastronomik turlarda eng mohir bosh oshpazlar (shef-povarlar)dan iborat master- klasslar bo’lib, bunda ular o‘z kasbiy sirlarini bajonidil baham ko'rishadi. Nihoyat, gastronomik turlarda turistik kompaniya vakillari o‘z tijoratini kengaytirish maqsadida ham kulinar sayohatlarga chiqishadi.
Bugungi kunda aholi qatlamining quyidagi vakillari gastronomik turistlarni hosil qiladi:
Gastroturlar ikki turga bo’linadi: qishloq («yashil» deb nomlanuvchi) va shahar gastroturlariga bo’linadi. Buning o‘ziga xos farqi shundaki, qishloq joyiga sayohatga chiqayotgan turist ekologik toza mahsulotni tatib ko‘rishga yo'naltirilgan. Masalan: «yashil» turlarda o‘rmonlarda o‘sib turgan yovvoyi mevalami yig‘ish, dalalarda o‘sib yotgan meva va sabzavotlami yig‘ish, ruxsat berilgan joylarda ov va vino ishlab chiqarish yo'llari bo‘ylab sayohatni taklif qiladi. Shahar gastroturlari konditer fabrikasiga sayohatni yoki kichik kolbasa sexi, shu sex qoshida joylashgan restoran va shu yerda tayyorlanadigan tansiq taom sexi mahsulotlari bilan tanishtiriladi.Bundan tashqari, bizlarga bir hududning turli xil taomlari va bir xil taomni turli xil mamlakatlarda tayyorlanishi bilan ham aynan shu gastroturlar tanishtiradi. Bu juda ham mashhur bo’lgan fransuz va bolgar vinolari turi bo’lib, sayyohlarni uzum ishkomlari bo‘ylab sayohatga, uzum yig‘ishga va vinolar tatib ko‘rish (degustatsiyasi)ga chorlaydi.
O‘zbekistonda gastronomiya turizmini shakllantirish xususiyatlari pazandachilikda har bir xalqning urf-odatlari, tarixiy an’analari va o‘ziga xos xususiyatlari aks etadi. Mana shu o'ziga xoslik milliy oshxonalarda ajoyib taomlaming yuzaga kelishi va turli-tuman bo‘lishiga ham sabab bo‘ladi. Barcha taomlarimizning mazali va xushta’mlilik darajasiga ko‘tarilishida quyoshli o‘lkamiz zaminida yetishtiriladigan dehqonchilik mahsulotlarining xilma-xilligi muhim ahamiyat kasb etadi. Dasturxonimizning o ‘ziga xos xususiyatlarini to‘la namoyon etadigan omillardan biri-taomlarimizning turli-tumanligidir. Chunonchi, chorvachilik bilangina shug‘ullanadigan joylarda go‘sht-yog‘, sut-qatiq ko‘proq iste'mol qilinsa, dehqonchilik rivojlangan hududlarda esa sabzavotli, don-dukkakli ovqatlar asosiy o‘rin oladi. Shunday taomlar borki, bularni kundalik iste’mol uchun emas, balki bayram dasturxonlariga mo’ljallab, aziz mehmonlar uchun tayyorlanadi. Qazi-qarta, po‘stdumba o‘ramasi, tandir kabob, norin, xasip kabi tansiq taomlar shular jumlasiga kiradi.
Bir hududda yashayotgan turli millatlar va elatlarning taomlari bir-biriga o‘xshashi tabiiy holdir. Masalan, agar o‘zbek taomnomasiga nazar tashlaydigan bo'lsak, unda rus, tojik, ukrain, kavkaz, tatar, qozoq, uyg‘ur va boshqa xalqlar taomlarining o ‘nlab xillari uyg‘unlashib, tobora takomillashib borayotganligining guvohi bo‘lamiz. O‘z navbatida, palovlarimiz, suyuq oshlarimiz, xamir taomlarimiz qardosh xalqlaming dasturxonini ham bezab turibdi.
Xalqimiz pazandachiligida yilning ma’lum fasllaridagina dasturxonga tortiladigan taomlar ham bor. Masalan, bahorda qaymoq qo‘shilgan rediskali gazak, shovul sho‘rva, sumalak, xalim, ko‘k chuchvara, ko‘k somsa, kovatok palov (tok oshi), qovurma gulkaram, yalpizli moshxo‘rda iste’mol qilinadi. Yozda esa pomidor kabob, karam do‘lma, dumbil sho'rva, qalampir do‘lma, lag'mon, qatiqli ugra oshi, suzmali gazak, chalop, go‘ja oshi, bug'lama kabob, go‘shtli dimlama, sabzavotli dimlamalar, ayron, yaxna choy, meva kompotlari va hokazolar xush keladi. Kuzda qovurma baliq, laqqa kabob, barra go‘sht, kalla sho‘rva, bedana kabob, behili palov, kartoshkali manti, asalli behi, kesma lag‘mon, oshqovoq somsa kabilar ko‘proq dasturxonlardan arimaydi. Ayozli kunlarda qazi qarta, po‘stdumba, qo‘y yog‘li palov, kart dumba palov, qazili palov, barra kabob, turpli salat, qovurma sho‘rva, moshkichiri, qishga saqlanadigan mevalar, ularning murabbo, kompot, qoqilari, sirkalangan va tuzlangan sabzavotlar iste’mol qilinadi.









  1. McDonald’s restarani faoliyati tahlili

1-rasm. Mc Donald’s restorani.


McDonald’s (talaffuzi: MakDonalds) — Amerika korporatsiyasi boʻlib, bugungi kunda jahondagi eng yirik fastfood restoranlar tarmogʻi hisoblanadi. 1940-yili Richard va Maurice McDonald tomonidan AQShning Kaliforniya shtati San Bernardino shahrida restoran oʻlaroq asos solingan. 1955-yilda ishbilarmon Ray Kroc ushbu shirkatga franshiza agenti sifatida qoʻshildi va keyinchalik aka-uka McDonaldlardan uni sotib oldi. McDonald’s shirkati shtab-kvartirasi Illinois shtatining Oak Brook shahrida boʻlgan, 2018-yilning iyunida esa shtab-kvartirasi Chikagoga koʻchirildi.
McDonald’s daromadiga koʻra jahondagi eng yirik restoranlar tarmogʻi boʻlib, 2018-yilga koʻra, 100 dan oshiq mamlakat va hududlarda 37 855 ta doʻkonlarga egadir. Bu restoran tarmoqlari har kuni 69 milliondan oshiq mijozlarga xizmat koʻrsatishadi.
McDonald’s hamburgerlari, chizburgerlari va kartoshka frilari ortidan tanilgan boʻlsa-da, mahsulotlari qatoriga gazli ichimliklar, sut va muzqaymoqli ichimliklar, vraplar va desertlar ham kiradi. Mijozlarning taʼbi oʻzgarishi va korporatsiya oziq-ovqatlarining nosogʻlomligiga salbiy reaksiyasiga javoban kompaniya menyusiga salatlar, baliq, smuzilar va mevalarni qoʻshdi.
McDonald’s korporatsiyasi franchayzilar tarafidan toʻlanadigan ijara va toʻlovlar, shuningdek, kompaniya boshqaradigan restoranlardagi savdodan foyda koʻradi. 2018-yilgi ikki hisobotga koʻra, McDonald’s 1.7 million ishchisi bilan jahondagi ikkinchi eng yirik ish beruvchi xususiy shirkatdir (birinchi oʻrinni 2.3 million ishchisi bilan Walmart egallab turibdi. 2020-yilgi maʼlumotlarga koʻra, McDonald’s brend bahosiga koʻra, jahonda toʻqqizinchi oʻrinni band etib turibdi.
Bugungi kunda McDonald’s haqida eshitmagan odam bo’lmasa kerak. Birinchi McDonald's restorani (hali hech qanday tarmoq yo'qligida) 1940-yildagi San-Bernardinoda (Kaliforniya, AQSh) ochilgan. Dastlab aka-uka Richard va Mauris MacDonald tomonidan asos solingan, avtoulovchilarga mo'ljallangan barbekyu restorani sifatida joylashtirilgan. Ammo 1948 yilda ular aynan gamburger qilishini boshladilar. Shunday qilib, ular barbekyu tushunchasidan voz kechib, soddalashtirilgan va standartlashtirilgan menyuga o'tdilar. Unda faqat gamburger, chips va apelsin sharbati bor edi. To'g'ri, 1949 yilda ozuqalar ro'yxatiga kartoshka frisi va Coca-Cola ham qo'shildi.
Konveyer menyu deb atash mumkin bo'lgan menyuni standartlashtirish va oziq-ovqat tayyorlash jarayoni o'z natijasini berdi. McDonald aka-uka tarmog'idagi
1 gamburger narxi atigi 15 sentni tashkil etdi - bu raqobatchilardan 2-3 baravar past edi.
Amerikalik mehnatsevarlar imtiyozlarni anglab yetdilar va sotib olish faoliyati orqali o'z ixtirolariga ovoz berishdi. 50-yillarning boshlarida jigarlar korxonasi allaqachon yaxshi daromad keltirar edi, ammo ular yangi restoranlarni yaratishga sarmoya kiritmadilar, balki franshizaga murojaat qilishdi. Shu tufayli 1953 yilda Feniks (Arizona) va Dauni (Kaliforniya) da McDonald'sning restoranlari ochildi.
Aka-ukalar franshiza uchun umumiy litsenziyani 1954 yilda sut mahsulotlari sotadigan avtomatlar sotuvchisi Rey Kruga sotdilar. 1955 yilda u Illinoys shtatidagi DesPlains shahrida ushbu tarmoqning birinchi restoranini ochdi.
Ushbu restoran va San-Bernardinodagi aka-uka McDonaldlarning restorani kelajakdagi tezkor ovqatlanish tarmog'ining eng qadimgi muassasalari bo'lib, bugungi kunda dunyoning 119 mamlakatida 70 millionga yaqin kishi har kuni ovqatlanadi.
McDonald's haqida qiziqarli ma'lumotlar sizni ushbu restoran zanjiriga yangi usul bilan qarash imkonini beradi. Siz daromad, ishchilar soni, burgerlarning haqiqiy zararlari va ko'plab boshqa ma'lumotlarni bilib olasiz.
Dunyo bo'ylab yirik shaharlarda McDonald's restoranlari mavjud. Ular turli yoshdagi odamlar orasida juda mashhurdir, shuning uchun ko'p foyda keltiradi. yillik daromad 27 milliard dollarni tashkil etadi.
Eng mashhur buyurtma - gamburger, frantsuz kartoshkasi va ildiz. Agar siz rasmni tomosha qilsangiz yoki kilogramm berishni xohlasangiz, shuni bilingki, bu to'plamdan kaloriyalarni yoqish uchun to'xtashsiz etti soat yurish kerak.
Kinoteatrda McDonald's restorasida ro'y berayotgan sahnalarni tez-tez ko'rishingiz mumkin va haqiqiy muassasalarni yopmaslik uchun turli davlatlardan kelgan restoranlarning firma shakli va mebellari to'plangan nusxa yaratilgan. Kaliforniya shtatidagi McDonald's bu yolg'onchi maqomi mavjud.
Tez favqulodda oziq-ovqat uchun, maxsus jinslar katta ko'krak bilan kiritilgan va u "janob MD" deb ataladi. Menyuda eng mashhur ovqatlardan biri filetardan qilingan: Tovuq MakNugets. Ko'pchilik MakDrive-ning faqatgina fast-fudjetli restoranga qo'shilishiga ishonadi, lekin u emas. Kompaniya daromadlarining deyarli 70 foizi mashinadan buyurtmalar olib keladi. Bu xizmatning tezligi bilan izohlanadi.
Bill Geyts, uning yirik poytaxti bo'lishiga qaramay, McDonald's restoranlarida o'z hayoti davomida bepul. Bu oltin kartochkasi mavjudligi sababli mumkin. U ham boshqa odamlardir, lekin bu qanday taqdirga berilganligi noma'lum.
Restoran zanjiri xodimlari uchun birinchi ko'rsatma 1958-yilda paydo bo'ldi. Bu xodimlarning harakatlari, masalan, qovurish kostyumlari vaqti, qo'l yuvish tezligi, mijozlar bilan aloqa qoidalari va h.k.
Restoran zanjiri taniqli shiorlarini afishada ko'rish mumkin va reklamalarda eshitiladi. Bu kompaniya Justin Timberlakeni ushbu so'zlarni aytib, unga katta pul to'lashni taklif qilgan - 6 million dollar.
Statistik ma'lumotlarga ko'ra, dunyoda har yili fast-food restoranlarda ishlash uchun 1 million kishi keladi. Amerikadagi har sakkizinchi kishi McDonald'sda ishladi. Shuni ta'kidlash kerakki, amerikalik korporatsiya Garvardga qaraganda ko'proq ish beruvchilarni rad etadi. Fast tamaddi qilishga kadrlar aylanmasi 400% ga etadi.

2-rasm Nuggets


4. Qo’qonda turistlarga ovqatlantirish xizmatlarini tashkil etish


Qo’qon shahrida joylashgan “Piramida” restorani so’nggi kunlarda tilla solingan taomlari bilan ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Afisha.uz muxbiri ushbu xabarlarga oydinlik kiritish uchun restoran ma’muriyati bilan bog’landi.

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling