Dostonlar


Download 50.5 Kb.
bet1/3
Sana22.01.2023
Hajmi50.5 Kb.
#1109121
  1   2   3
Bog'liq
DOSTONLAR


DOSTONLAR

  1. Qanday asarlar millatning ma’naviy qiyofasi, uning tarixiy, qadriyatlarini mukammal aks ettiruvchi bamisoli oynadir. Ular har bir xalqning urf-odatlari, milliy o’ziga xosligi yaqqol ko’rinib turadi? Xalq dostonlarida (8-sinf Adabiyot 2006-y 10-bet)

  2. Qaysi janr xalq og’zaki ijodida qadimiy epik an’ana hisoblanadi? Dostonchilik (8-sinf, Adabiyot, 2006-yil, 10-bet)

  3. Ustoz-shogirdlik an’analarining vujudga kelishiga, oqibatda yirik dostonchilik maktablarining paydo bo’lishiga sabab bo’ldi? Dostonlarning og’izdan og’izga o’tib avloddan avlodgacha etib kelgani (8-sinf, Adabiyot, 2006-yil, 10-bet)

  4. Dostonchilik maktablari qachon paydo bo’lgan? XV-XVI asrlarda (Folklorshunos olim T.Mirzayev ma’lumotlariga ko’ra) (8-sinf, Adabiyot, 2006-yil, 10-bet)

  5. XX asr boshlarida baxshilarimiz ijodiy bisotida qancha doston bo’lgan? 150dan ortiq xalq dostonlari (8-sinf, Adabiyot, 2006-yil, 10-bet)

  6. XX asr boshlarida xalq dostonlarida xalq dostonlarini qaysi mashhur baxshilar kuylaganlari? Tilla kampir, Sulton kampir, Jolmon baxshi, Bo’ron shoir, Jumanbulbul, Jasoq, Yo’ldoshbulbul, Yo’ldosh shoir, Suyar shoir. (8-sinf, Adabiyot, 2006-yil, 10-bet)

  7. XX asr boshlaridagi mashhur baxshilar an’analarini davom ettirdi? Ergash Jumanbulbul o’g’li, Fozil Yo’ldosh o’g’li, Po’lkan, Islom shoir, Saidmurod Panoh o’g’li, Berdi baxshi, Umar baxshi shoir, Bola baxshilar. (8-sinf, Adabiyot, 2006-yil, 10-bet)

  8. Baxshidan u yoki bu dostonni ijro etishda nima talab etilgan? Dostonni ijro etishda shunchaki voqea bayonini so’zlab berish emas, balki uni do’mbira jo’rligida tinglovchini rom etadigan darajada kuylab berish talab etilgan. (8-sinf, Adabiyot, 2006-yil, 10-bet)

  9. Dostonchi baxshilar o’z sanatlarini tinglovchiga ma’qul qilish uchun qanday usullarni qo’llaganlar? Musiqiy qochirimlar, so’z o’yinlari, dostonning eng qiziq joyida tanaffusli chekinishlar kabi usullar. (8-sinf, Adabiyot, 2006-yil, 10-bet)

  10. Bugungi kun baxshilari o’z asarlarini qayerlarda ijro etmoqdalar? Kontsert zallarida, katta-katta anjumanlarda, televideniyada. (8-sinf, Adabiyot, 2006-yil, 11-bet)


Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling