13. Degustatsiya


Download 24.32 Kb.
bet1/3
Sana23.02.2023
Hajmi24.32 Kb.
#1225663
  1   2   3

13.Degustatsiya va sempling o‘tkazish chog‘ida tovar namunalarini kesish, quyish va tarqatishda qat’iy tejamkorlikka amal qilish.


Degustatorga qo‘yiladigan talablar

  1. Degustator nazofat bilan kiyinishi kerak.

  2. Ust kiyimlar yorqin rangli, pastki kiyimlar to‘q rangda bo‘lishi kerak.

  3. Qo‘llar toza va tirnoqlar oddiy bezatilgan bo‘lishi kerak.

  4. Sochlar bosh kiyim bilan berkitilishi yoki bo‘lmasligi maqsadga muvofiq. Degustatsiya vaqtida albatta maxsus kiyimda bo‘lish kerak (fartuk, kepka va ro‘mol).

  5. Ish joyida tik turgan holatda saqich chaynash, ichimlik ichish va ovqatlanish ta’qiqlanadi.

  6. O‘zi bilan chalg‘ituvchi buyumlar (pleer, o‘yinchoqlar, taqinchoqlar, kitob va boshqalar).

  7. O‘z sheriklari bilan ishga taalluqli bo‘lmagan narsalar haqida suhbatlashmaslik kerak.



4.4. Sotishni rag‘batlantirish tadbirlarining samaradorligini baholash


BTL-agentliklarni qanday tanlash mumkin? Promo-aksiyalar orqali sotishni rag‘batlash samara keltiradimi?
Birinchidan, rejalashtirish. Sotishni rag‘batlantirish bilan bog‘liq tadbirlarni o‘tkazishda buyurtmachin albatta ishtirok etishi lozim. Sotishni rag‘batlantirish bilan bog‘liq rejaning yo‘qligi promouterlarning yo‘qligi, sempling, degustatsiya, tovar namunalarining yetishmasligi kabi salbiy holatlarga sabab bo‘ladi. Natijada aksiya o‘tkazuvchi agentliklar kutilmagan harajatlar to‘g‘risida ma’lumot berishi, tomonlarning bir-biriga ishonchsizligining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Ikkinchidan, tadbirlarda shaxsan ishtirok etish. Aksariyat buyurtmachilar promo-treninglarda ishtirok etmaydi. Shuni ham alohida e’tiborga olish kerakki, buyurtmachining o‘z promoushn konsepsiyasi mavjud bo‘ladi.
Uchinchidan, muhim elementlarni hisobga olish. Promo-aksiyalarni o‘tkazuvchi firma yoki agentlikka kelishilgan mablag‘ni o‘tkazish bilan ishni yakunlangan hisoblash noto‘g‘ri. Bu harajatlardan tashqari firma xodimlarining kiyinishi bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim elementlar ham mavjud. Oziq-ovqat mahsulotlari va milliy taomlar uchun eng asosiysi –milliy kiyimlar, bolalar kiyik- kechagi va shirinliklar uchun – ertak qahramonlari va turli o‘yinchoqlar maketi, turmahsulotlar uchun jozibador tabiat manzaralari bilan bezatilish muhim. Promouterlar ko‘pchilik hollarda omma orasida qolib ketadi va uni tezda payqash qiyinlashadi. Maxsus kiyimlar bu muammoni oson hal qiladi.
To‘rtinchidan, natijalarni tahlil qilish. Agarda promoushn-aksiyalar o‘tkazilgach, uni albatta tahlil qilish kerak. Tadbirlar samaradorligini aniqlash murakkab va ko‘p bosqichli jarayon. Ammo sotishni rag‘batlantirish bilan bog‘liq harajatlarning aniq yo‘naltirilganligi, bevosita firma mutaxassislarining ishtirok

etganligini inobatga oladigan bo‘lsak, tadbirlar samaradorligini aniqlash bilan bog‘liq hisob-kitob ishlari oson kechadi.
Promo-aksiyalarning samaradorligini aniqlash bilan bog‘liq samarali usullar ishlab chiqilmagan bo‘lsada, ayrim yirik firma va kompaniyalarda qo‘llanilayotgan usuldan foydalanish mumkin. Samaradorlikni aniqlashning aksariyat usullari 100% ishonchli ma’lumotlarni shakllanira olmaydi. Shuningdek, promo-aksiyalar muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lsa va ushbu aksiyalarga sarflangan harajatlarni qoplagan taqdirda ham uni samarali deb baholash xato bo‘ladi.
Bu yerda sarflangan harajatlarning qoplanishi emas, balki promo-aksiyada qancha kishi ishtirok etganligi muhim. Bunda asosiy e’tibor takroriy amalga oshirilgan haridlarga qaratilishi, ushbu takroriy haridlar samarasida shakllangan umumiy sotuv hajmini aniqlashga qaratilishi lozim. Quyida yirik firma va kompaniyalar marketologlari tomonidan qo‘llanilib kelinayotgan “incremental volume” (incremental volume – davomiylik samarasi) usuli haqida ma’lumot beriladi.
Incremental volume usuli qo‘yidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi.



  1. Download 24.32 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling