13. Degustatsiya
Oddiy kunlarda sotish hajmini aniqlash
Download 24.32 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Promo-aksiya davridagi foyda miqdorini aniqlash
- Qo‘shimcha foyda
- Bitta haridor tomonidan kelgan foyda miqdori
Oddiy kunlarda sotish hajmini aniqlash:
Oddiy matematik hisob-kitoblar asosida oylik/yillik sotish hajmini aniqlash mumkin:
Har bir mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan foyda miqdorini aniqlash. Ko‘pchilik hollarda firmalar tomonidan sotuv hajmida foydaning miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar tijorat siri sifatida berilmaydi. Biroq bu bizning hisob kitoblarimiz uchun foyda miqdori zaruriy ko‘rsatkich (constanta) hisoblanadi:
Bir birlikka to‘g‘ri keladigan foydadan kelib chiqib kunlik /oylik/ yillik foyda miqdorini aniqlash:
O‘tkazilgan promo-aksiyalar davomida sotish xajmini yuqoridagi hisob- kitoblarga muvofiq aniqlaymiz:
Promo-aksiya davridagi foyda miqdorini aniqlash:
Yil davomida amalga oshirilgan sotish hajmini aniqlash. Bunda yillik sotuv hajmiga o‘tkazilgan promo-kunlardagi sotuv xajmi va oddiy kunlardagi sotuv hajmi o‘rtasidagi farq qo‘shiladi)
Foyda miqdori:
Qo‘shimcha foyda:
O‘tkazilgan promo-aksiyalar samaradorligini aniqlash
Bitta haridor tomonidan kelgan foyda miqdori:
Promo-aksiya statistikasini hisoblab chiqarish( masalan promo-aksiya har kuni 4 soat davom etadi, bunda har bir mijozga 5 minut vaqt sarflansa bir soatda 60/5 min.=12ta. Bir kunda 12×4=48 ta.)
“Konvertatsiyalangan iste’molchilarni aniqlash. Konvertatsiyalangan iste’molchi–promo-aksiyada ishtirok etib tovar harid qilgan va kelgusida yana harid qiluvchi iste’molchilardir. Takroriy harid qilishga narx, sifat, raqobat va boshqa omillar ta’sir ko‘rsatadi. Iste’molchilarni tahlil qilishda biz promo-aksiyada qatnashgan, lekin tovar haridini amalga oshirmagan iste’molchilarni va buning sabablarini aniqlashimiz juda muhim. Buning asosiy sabablari quyidagilar: sifatning pastligi. narxning oshirib yuborilganligi (asosan o‘rta va quyi narx segmentidagi tovarlar uchun). ishlab chiqaruvchi yoki yetkazib beruvchi firmaning salbiy nomi. ushbu tovar guruhi bo‘yicha mukammal tanlov imkoniyatining mavjudligi (o‘xshash tovarlarning ko‘pligi raqobat kurashini kuchaytiradi). tovar va xizmatlarning iste’molchilar nufuziga mos kelmasligi. mahsulot to‘g‘risida ma’lumotlarning yetarli emasligi (reklamaning sustligi). iste’molchilarning tovar afzalligi haqida bilmasligi. Iste’molchilarning konvertatsiyalanishiga quyidagi omillar ijobiy ta’sir ko‘rsatadi: ishlab chiqaruvchi firma va kompaniyalar odatda parallel tovar gurug‘lari va kategoriyalarini ishlab chiqaradilar (masalan, “pivo” va spirtli ichimliklar, salqin ichimliklar va ularni iste’mol qilish uchun maxsus idishlar) firma mahsulotlarining yangi tovar kategoriyasini yarata olishligi (masalan, red bull bir vaqtning o‘zida alkogolsiz va quvvat beruvchi ichimlik hisoblanadi, solpadein – yo‘talga qarshi va og‘iz bo‘shlig‘ini xushbo‘ylashtiruvchi dori vositasi). maqsadli auditoriyaning ijtimoiy-demografik va psixografik kartasining mukammalligi. Bugungi kunda faoliyat yuritayotgan mashhur brendlar masalan, Procter & Gamble, Unilever, Coca-Cola va boshqalar o‘z mahsulotlarini portfel shaklda ishlab chiqaradi va sotadi. Shu bois ularda konvertatsiyalangan iste’molchilar ulushi doimo ko‘pchilikni tashkil etadi. Yuqoridagi hisob-kitob ishlaridan foydalangan xolda takroriy harid qilgan iste’molchilarni quyidagi jadvalga muvofiq, guruhlarga ajratishimiz mumkin:
Masalan o‘tkazilgan promo-aksiya davomida kuniga 48 ta mijoz jalb etilgan. Ushbu kunlar davomida ularning harid qilganlar soni quyidagicha:
Download 24.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling