Falsafa fanining predmeti, muammolar doirasi va vazifalari
Download 106 Kb.
|
3- variant
Totemizm. Totem so‘zi - Shimoliy Amerikada yashaydigan Ojibva qabilasi tilida "uning urug‘i" ma'nosini anglatadi. Uning mohiyati «odamlarning hayvonot yoki o‘simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqalari bor", deb e’tiqod qilishdir. Ehtimol, ma'lum bir jamoaning
avvalda asosiy ozuqa manbaini tashkil qilgan hayvon yoki o‘simlikka nisbatan e'tibor keyinchalik vujudga kelgan qabilaning diniy tasavvurlarining asosiy shakllaridan biriga aylangan bo‘lishi mumkin. Urug‘dosh guruhlar ularini umumiy belgilari va totemlari bo‘lgan hayvon yoki o‘simlikdan kelib chiqqan deb bilar edilar. Ammo bunday totemlar va odamlar orasidagi aloqalar uzoq o‘tmishga tegishlidir va bilvosita ularning mavjud bo‘lganligini faqatgina qadimgi rivoyatlar tasdiqlaydi. Masalan, hozirgi davrgacha Avstraliya Aborigenlari orasida saqlanib qolgan afsongalardan ularning tasavvurlarini bilib olish mumkin. Urug‘dosh jamiyatning shakllanishi jarayonida totemizm muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, ular qarindosh guruhlarning boshqalardan ajralishiga sabab bo‘ldi. "O‘zimizniki", ya'ni bir totemga tegishli degan aniq taasurot paydo bo‘ldi. Totemizm ta'sirida paydo bo‘lgan urf-odatlar va normalar asrlar davomida qatiy ravishda qo‘llanildi. Bu totemga xos bo‘lmagan begonalar bu jamoa urf-odati va normalaridan chetda hisoblangan. Totemizning bunday ijtimoiy roli totemistik ko‘rinishlarni evolyutsion xarakteriga ham ta'sir ko‘rsatadi. Vaqt o‘tishi bilan qarindoshlik tizimining mustahkamlanib borishi jarayonida birinchi darajali totem tartibi haqida tasavvur ilgari surildi. Zooantropoformorf ko‘rinishi bilan aralashgan holda odam bilan uning totemi qarindoshligi orasida oilaviy munosabatlar haqida, ya'ni odam vafot etgach uning o‘z totemiga aylanishi yoki aksincha - totemdan qayta inson shakliga kelishi haqidagi tasavvurlar paydo bo‘ldi. Birinchi-tomondan buning hammasi o‘tgan ota-bobolar ruhlarining kuchayishiga va ilohiy kuchlarga ishonchni oshishiga olib kelgan bo‘lsa, ikkinchi tomongdan totemga bo‘lgan munosabatlarni o‘zgarishiga, totemni ozuqa sifatida iste'mol qilishni taqiqlanishiga olib keldi. 2. Download 106 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling