Falsafa fanining predmeti, muammolar doirasi va vazifalari


Download 106 Kb.
bet3/3
Sana08.03.2023
Hajmi106 Kb.
#1252526
1   2   3
Bog'liq
3- variant

Animizm (lotin tilida anima - ruh., jon ma'nolarini anglatadi). Animizm ruhlar
mavjudligiga ishonch, tabiat kuchlarini ruhlantirish hayvonot, o‘simlik va jonsiz jismlarda ruh,
ong va tabiiy qudrat borligi haqidagi ta'limotni ilgari suruvchi ilk din shakllaridan biri. Ilk animistik tasavvurlar qadim otmishda, ehtimol totemistik qarashlar paydo bo‘lgungacha, oilaviy jamoalarning shakllangunicha vujudga kelgan. Biroq, yetarli tushunib yetilgan va barqaror ko‘rinishdagi diniy xarakterga ega bo‘lgan tizim kechroq totemizm bilan bir vaqtda shakllangan.Aminizm totemizdan farqlanadi. Animizmda ma'lum bir oilaviy guruhning ichki iste'moliga uni boshqalardan farqlash maqsadiga yo‘naltirilgan, animistik tasavvurlar keng va umumiy xarakterga ega. Ular hammaga tushunarli va ma’qul bo‘lgan. Shu bilan birga u tabiatning qudratli kuchlarini - osmon va yer, quyosh va oy, yomg‘ir va shamol, momaqaldiroq va chaqmoq
kabilarni ilohiylashtirib, ularda ruh mavjud deb bilar edi. Tabiiyki, ibtidoiy odamlar nafaqat tabiatning buyuk mavjudliklarini, balki yer yuzining ayrim alohida qismlari – tog‘lar va daryolar, adir va o‘rmonlar kabi odam e'tiborini tortuvchi narsa va jismlarga ham ilohiy munosabatda bo‘lar edilar. Hattoki ko‘p yillik daraxt, kattaroq xarsang tosh, jarliklarga o‘xshash narsalar ham ibtidoiy odamlar tasavvurida jonli, tafakkurli, sezuvchan va harakat qiluvchi, shuningdek, axshilik yoki yomonglik keltirishi mumkin deb tushunilgan. Shunday bo‘lgach, ushbu tabiiy narsa, hodisalarga e'tibor bilan munosabatda bo‘lish taqazo etilardi, qurbonliklar qilish, ularning haqiga duo qilib, marosimlar uyushtirilardi.
Animizm zamonaviy dinlarning barchasining asosiy aqidaviy qismini tashkil etadi. Jumladan, jahon dinlari bo‘lmish buddaviylik, xristianlik va islomda ham ruhlar haqidagi ta'limot
mavjud.Shomonlik yoxud sehrgarlik ("shomon" so‘zining tungus tilidagi ma'nosi "sehrgarlik"). Sehrgarlik (afsun, magiya) real natijalar olish uchun ilohiy kuchlarga ta'sir etish maqsadida
amalga oshiriladigan ritual - urf-odatlar majmuasidir. U totemizm va animizm bilan bir vaqtda
paydo bo‘lib, u orqali kishilar o‘z totemlari, ota-bobolarining ruhlari bilan hayolan bog‘lanishni
amalga oshirib kelganlar. U qadim o‘tmishda paydo bo‘lib, minglab yillar davomida
rivojlanishda davom etib, saqlanib kelgan. Odatda afsungarlik urf-odatlari bilan maxsus odamlar
shamanlar, Tomoshabinlar ham ba'zan o‘zini yo‘qotish darajasiga yetib marosimlar
ishtirokchilari bo‘lib qolishar edi. Odatda shaman marosim oxirida bir holatga kelib hech narsani
35
eshitmay, ko‘rmay qolar edi. Shuning uchun uning ruhlar dunyosi bilan muloqoti xuddi shu
xolatda amalga oshadi deb hisoblanardi. Umuman, olganda ritual marosimlar qismlardan iborat bo‘lgan afsungarlik jamiyatning haqiqiy talablaridan kelib chiqqan holda hayotda amalga oshirilgan. Ilohiy kuchlar dunyosi bilan bunday bog‘lanish yo‘li hayotda noma'lum, oldindan bilib bo‘lmaydigan sharoitlardan kelib chiqqan. Lekin shu bilan birga afsungarlik odamlarning fikr yuritish, onggini mustahkamlashda katta ro‘-l o‘ynaydi. Bu esa diniy ongni shakllanish jarayonida muhim o‘rin tutdi. Afsungarlik fikr yuritish rivojlangan sari odamga o‘z -o‘zidan bo‘ladigan, faqatgina maqsadli yo‘nalishdagi harakatlar natijasida olinadigan emas, balki ilohiy kuchlar afsuni bilan bog‘lik bo‘lgan sharoitlardan kelib chiqadigan ko‘rinish deb hisoblangan.
Natijada ko‘pchilik aniq hodisalar, hattoki alohida buyumlar sehrli kuch egasi sifatida qabul qilina boshlandi.
Sehrgarlik marosimlari yakka holda yoki jamoa bo‘lib amalga oshirilishi mumkin edi.
Afsungarlik maqsadga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
1) Zarar keltiruvchi - yovuz afsungarlik. Uning maqsadi kimgadir zarar yetkazishdan iborat;
2) Harbiy afsungarlik. Bu dushmanga qarshi ishlatiladi (masalan, qurol-aslahalarni sehrlash);
3) Sevgi afsungarligi. Undan "issiq" yoki "sovuq" qilish maqsadida ishlatiladi;
4) Tibbiy afsungarlik. Undan davolash maqsadida foydalanish;
5) Ob-havo afsungarligi. Bu sehrgarlik turidan yomg‘ir chaqirish yoki shunga o‘xshash obhavoni o‘zgartirish maqsadida foydalanilgan.
Sehrgarlik hozirda ham zamonaviy dinlarda va turli halqlar urf-odatlarida saqlanib qolgan.
Fetishizm (fetish so‘zi frantsuzcha fetiche - but, sanam; tumor ma'nosidagi so‘zni anglatadi).
Uning mohiyati tabiatdagi jonsiz predmetlarga sig‘inishdir. Unga ko‘ra alohida buyumlar
kishining o‘z maqsadiga erishtirish, ma'lum voqea-hodisalarni o‘zgartirish kuchiga ega. Fetish
ham ijobiy ham salbiy ta'sir kuchiga ega.
Fetishizm yog‘och, loy va boshqa materiallardan yasalgan buyumlar paydo bo‘lishi bilan bir
paytda shakllangan. Bu butlarda va tumorlarda jamoalar g‘ayritabiiy dunyodan keladigan ilohiy
qudratning timsolini qurdilar.
Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling