Falsafa fanining seminar mashg’ulotlari savollari 7-Mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’rifiy qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi
Download 29.9 Kb.
|
Falsafa 7-mavzu Sobirov Ziyodbek BBI-50 savollarga javoblar
Sivilizatsiyalarning tiplari. Noevropacha sivilizatsiyalar ancha kata guruhni tashkil etadi (A.Toynbi tasnifiga ko‘ra, bunday sivilizatsiyalar 21 ta). Bu sivilizatsiyalarning aksariyati betakror tarzda o‘ziga xos va ayni vaqtda, umumiy tipologik jihatlarga ega. Bular evropacha sivilizatsiyadan ancha oldin vujudga kelgan an’anaviy sivilizatsiyalardir. An’anaviy jamiyat juda sust rivojlanadi va mavjud hayot tarzini asrlar va hatto ming yilliklar osha saqlashga qodir. Noevropacha sivilizatsiyalarning xo‘jalik faoliyati qishloq xo‘jalikhunarmandchilik ishlab chiqarishi va texnologiyasining hukmronligiga asoslanadi. An’anaviy sivilizatsiyaning ma’naviy sohasida diniy-mifologik tasavvurlar hukm suradi, ilmiy bilimlarning dastlabki shakllari asosan mavjud faoliyat turlari uchun retseptura vazifasini bajaradi. Noevropacha sivilizatsiyalar evolyusiyasi siklliligi va o‘ziga xos institutlar va normalarga ega bo‘lgan davlat vaqti-vaqti bilan dam kuchayib, dam zaiflashib turishi bilan tavsiflanadi. Bunday jamiyat halokati sivilizatsiya tipini o‘zgartirmaydi, u ijtimoiy vorisiylik mexanizmlari yordamida avloddan-avlodga o‘tadi. Evropacha sivilizatsiya ijtimoiy va madaniy rivojlanishning alohida tipii bo‘lib, u Evropada taxminan XV–XVII asrlarda shakllangan. Uning o‘tmishdoshlari antik dunyo madaniyatlari va Evropa xristiancha an’anasidir. Uyg‘onish davrida bu ikki an’ana sintezi texnogen sivilizatsiyaning teran o‘ziga xosligini va uning texnika va texnologiya jadal sur’atlarda rivojlanishini, odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalar tubdan o‘zgarishini ta’minlagan madaniyatini shakllantirdi. Uning zamirida huquqiy davlatning vujudga kelishi, shaxs o‘z tashabbuskorligi, faolligi va mustaqilligi bilan oliy qadriyat sifatida ijtimoiy hayot markazidan o‘rin olishi yotadi. Odamlar o‘rtasida muloqotning faollashuvi va samarali kommunikatsiya vositalari paydo bo‘lishi texnogen sivili- zatsiyaning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Madaniyatda ilmiy oqilonalikalohida o‘ziga xos qadriyat sifatida hukm suradi. Inson tabiatni faol va oqilona tarzda o‘zgartirishiga imkoniyat yaratgan qonunlarning kashf etilishi fanning ustunligini tasdiqlaydi. Unda yangilik va unumdorlik, biluvchi sub’ektning bilimi, erkinligi va mustaqilligini tinimsiz oshirish talablari shakllanadi.
O.Toffler, D.Bell, K.Pekka ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasini tasniflash uchun asos qilib olib, quyidagi sivilizatsiyalarni farqlaydilar: – ilk sivilizatsiya (arxaik, an’anaviy yoki ibtidoiy jamoa); Qishloq xo‘jalik-hunarmandchilik sivilizatsiyasi; Industrial (sanoatlashgan) sivilizatsiya; Hozirgi postindustrial yoki informatsion sivilizatsiya. 2. «Madaniyat» atamasi arabcha – «madina» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «shahar», degan ma’noni anglatadi. Arablar kishilar hayotini ikki turga ajratib, birini – badaviy yoki sahroyi turmush, ikkinchisini – madaniy turmush, deb ataganlar. Tugab borayotgan Rim imperiyasida, keyinchalik esa, O‘rta asrlarda ham madaniyat tushunchasi shahardagi turmush tarzi va sivilizatsiya ne’matlari bilan bog‘langan. Markaziy Osiyoda madaniyat axloq ko‘rinishida shakllangan. SHu bois, eng qadimgi davrlardan hozirgi kungacha ham yurtimizda ma’naviy madaniyat, go‘zallikka intilish, san’atni qadrlash kabilar ustuvorlik qiladi. Uyg‘onish davrida madaniyat shaxsiy barkamollik belgisi sifatida qaralgan. Shu davrda madaniyatni ma’naviy faoliyatning turli sohalari: vujudga kelayotgan fan, axloq, san’at, falsafa, din bilan bog‘lash odati paydo bo‘lgan. Madaniyat xulq-atvor andozalari majmui sifatida, ma’naviy faoliyat antik an’anasining davomi sifatida e’tirof etilgan. Shu ma’noda madaniyat tushunchasi ijtimoiy-ilmiy muomaladan o‘rin olgan XVIII asrgacha amal qilgan. Ma’rifat davri faylasuflari madaniyatga inson faoliyatining alohida mustaqil va o‘ziga xos jabhasi sifatida qaraydilar. Ularning talqinida, jamiyat va shaxs hayotining barcha sohalarida aql, oqilonalik tamoyillarining qaror topishi madaniyatning eng muhim jihatidir. Aqlning vazifasi insoniyat oldiga umumiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlarni qo‘yish va ijtimoiy o‘zgarishlarni o‘ziga bo‘ysundirishdan iborat. Ma’rifat davrida madaniyat deb hisoblash mumkin bo‘lgan narsalarni saralash mezonlari yaratildi. Madaniy faoliyat intellektual, ijodiy, samarali, novatorlik ruhi bilan sug‘orilgan bo‘lishi, ya’ni nafaqat yaratishi, balki inson imkoniyatlari sohasini tinimsiz kengaytirishi lozim edi. Ammo, madaniyatning asl mohiyati, uning o‘ziga xosligi inson aqlining mutlaq erkinligi sifatidagi ma’naviy faoliyat doirasi bilangina cheklanardi. Download 29.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling