Falsafa fanining seminar mashg’ulotlari savollari 7-Mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’rifiy qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi
Qadriyat mohiyati va tabiatining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat
Download 29.9 Kb.
|
Falsafa 7-mavzu Sobirov Ziyodbek BBI-50 savollarga javoblar
Qadriyat mohiyati va tabiatining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Qadriyat o‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoiydir va ob’ekt-sub’ektli xususiyat kasb etadi. Ma’lumki, jamiyat bo‘lmagan joyda qadriyatlar mavjudligi haqida gapirishning o‘zi behudadir. Zero, narsalar, voqealar, ularning inson Bilan, sotsium hayoti bilan aloqasisiz, o‘z holicha qadriyatlar bilan bog‘lanmaydi. Xullas, qadriyatlar doim insoniy qadriyatlar hisoblanadi va ijtimoiy xususiyat kasb etadi. Bu insoniylashgan tabiatga, ya’ni butun sivilizatsiyagagina emas, balki, hatto ko‘p sonli tabiat ob’ektlariga ham taalluqli. Masalan, kisloroddan iborat bo‘lgan atmosfera Erda inson paydo bo‘lishidan ancha oldin mavjud bo‘lgan, lekin kishilik jamiyati vujudga kelganidan keyingina atmosferaning odamlar hayoti uchun ulkan ahamiyati haqida so‘z yuritish imkoniyati tug‘ilgan. 2. Qadriyat insonning amaliy faoliyati jarayonida vujudga keladi. Insonning har qanday faoliyati muayyan maqsadni belgilashdan boshlanadi va mazkur faoliyat ayni shu maqsadga erishishga bag‘ishlanadi. Maqsad – individga o‘zining muayyan ehtiyojlarini qondirish imkonini berishi mumkin bo‘lgan faoliyatning pirovard natijasi haqidagi insonning tasavvuri. SHunday qilib, individ o‘z faoliyatining mo‘ljallangan natijasiga avval-boshdanoq qadriyat sifatida qaraydi. SHu sababli, inson natijaga erishishga qaratilgan faoliyat jarayonining o‘ziga ham o‘zi uchun muhim, qadrli bo‘lgan jarayon sifatida yondashadi. Albatta, insonning har qanday faoliyati va uning har qanday natijalari emas, balki ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan, ijtimoiy ehtiyojlarga va odamlarning manfaatlariga mos keladigan faoliyat va natijalargina qadriyatlarga aylanadi. Qadriyatlar qatoriga narsalargina emas, balki g‘oyalar, munosabatlar, faoliyat usullari ham kiradi. Biz moddiy ne’matlarni ham, insoniy xatti-harakatlar ezguligini ham, davlat qonunlarining odilonaligini ham, olamning go‘zalligini ham, aqlning ulug‘vorligini ham qadrlaymiz. 3. «Qadriyat» tushunchasini «muhimlik» tushunchasidan farqlash lozim. qadriyat «muhimlik» tushunchasi bilan nisbatlashadi, lekin u bilan ayniy emas. Muhimlik qadriyatga bo‘lgan munosabatning faollik, qizg‘inlik darajasini tavsiflaydi. Nimadir bizni ko‘proq, nimadir kamroq ta’sirlantiradi, nimadir bizni o‘ziga nisbatan butunlay befarq qoldiradi. SHuningdek, muhimlik qadriyat xususiyatigagina emas, balki «aksilqadriyat», ya’ni ziyon xususiyatiga ega bo‘lishi ham mumkin. YOmonlik, ijtimoiy adolatsizlik, urushlar, jinoyatlar va kasallik lar jamiyat va shaxs uchun ulkan ahamiyatga ega, lekin bu hodisalarni qadriyatlar deb nomlash odat tusini olmagan. Qadriyat tushunchasining yuqorida keltirilgan umumiy tavsifidan kelib chiqib, unga quyidagi ta’rifni berish mumkin: «Qadriyat – bu borliq rang-barang elementlarining ob’ektiv ahamiyati bo‘lib, ularning mazmuni jamiyat sub’ektlarining ehtiyojlari va manfaatlari bilan belgilanadi». Qadriyatlar shaxs va jamiyat ehtiyojlari, manfaatlari bilan belgilangani bois, ular murakkab tuzilishga va alohida ierarxiyaga ega bo‘ladi. Qadriyatlar ierarxiyasi zamirida tirik mavjudot sifatidagi inson hayoti uchun zarur bo‘lgan fundamental qadriyatlar (tabiiy boyliklar, moddiy yashash sharoitlari – turar joy, oziq-ovqat mahsulotlari, sog‘liqni saqlash va sh.k.) va insonning ijtimoiy mohiyatiga, uning ma’naviy tabiatiga bog‘liq bo‘lgan oliy qadriyatlar yotadi. Birinchi guruhga moddiy (utilitar) qadriyatlar, ikkinchi guruhga esa ma’naviy qadriyatlar kiradi. Qadriyatlarning birinchi guruhi insondan tashqarida yotuvchi maqsad bilan belgilanadi, ikkinchi guruh ichki asosga ega.Moddiy, utilitar qadriyat vositaning qimmatidir, zero, narsaning foydaliligi u nimaga xizmat qilishga mo‘ljallangan bo‘lsa, shu vazifa bilan belgilanadi. O‘z vazifasini bajargach, bu narsa qadriyat sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotadi.Moddiy, utilitar qadriyatdan farqli o‘laroq, ma’naviy qadriyat o‘ziga to‘q xusu- Siyat kasb etadi va o‘zidan tashqarida yotuvchi motivlarga muhtoj bo‘lmaydi. Utilitar pragmatik qadriyatlar faoliyat maqsadini belgilasa, ma’naviy qadriyatlar inson faoliyatining mazmunini belgilaydi. Shunga mos ravishda shaxsning ma’naviy dunyosi ham o‘z ierarxiyasiga ega bo‘ladi. Inson ma’naviyati uchta: ma’rifiy, axloqiy va estetik asoslarni o‘z ichiga oladi. Ularga ma’naviy ijodkorlarning uch tipi: donishmand (biluvchi), taqvodor (avliyo) va san’atkor mos keladi. Bu asoslarning o‘zagi ma’naviyatdir. Bilim bizga haqiqatning tagiga etish uchun imkoniyat yaratib, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatsa, axloqiy va estetik asos insonning o‘z egoistik «Meni» chegarasidan chetga chiqib,ezgulik urug‘ini sochish qobiliyati va ehtiyojini nazarda tutadi.Ma’naviy qadriyatlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular noutilitar va noinstrumental xususiyat kasb etadi: ular boshqa biror narsaga xizmat qilmaydi, aksincha, boshqa barcha narsalar ularga bo‘ysunadi va oliy qadriyatlar bilan bog‘liq holdagina muayyan mazmun kasb etadi. Oliy qadriyatlarning yana bir xususiyati shundan iboratki, ular muayyan xalq madaniyatining o‘zagi hisoblanadi. Madaniyatda odamlarning fundamental umuminsoniy qadriyatlari: tinchlik, salomatlik va insoniyat hayoti mujassamlashadi. Madaniyatda muloqot qadriyatlari (do‘stlik, mehribonlik, ishonch, oila), turmush tarzi qadriyatlari (ijtimoiy adolat, erkinlik, inson huquqlari va shu kabilar haqidagi tasavvurlar) o‘z ifodasini topadi. Oliy qadriyatlar yo‘l tanlash vaziyatlarining cheksiz to‘plamida ro‘yobga chiqadi. Shunday qilib, qadriyatlar tushunchasi shaxsning ma’naviy dunyosi bilan uzviy bog‘liq. Aql-idrok, oqilonalik, bilimlar insonning maqsadga muvofiq faoliyatini belgilovchi ongning eng muhim elementlari hisoblansa, ular negizida shakllanuvchi ma’naviyat o‘z hayot yo‘lini, o‘z faoliyatining maqsadlari va mazmuni hamda ularga erishish vositalarini tanlash to‘g‘risidagi masalani u yoki bu tarzda echayotgan inson hayotining mazmuni bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyatlar qatoriga kiradi. Download 29.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling