Falsafa tarixi” fanidan kurs ishi mavzu: Yaqin va o‘rta sharq mantiqshunos faylasuflari ritorik muhokama yuritish haqida


Download 19.4 Kb.
Sana20.11.2023
Hajmi19.4 Kb.
#1789829
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI
OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

FALSAFA YO‘NALISHI
Falsafa tarixi” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Yaqin va o‘rta sharq mantiqshunos faylasuflari ritorik muhokama yuritish haqida


Bajardi: Falsafa yoʻnalishi
talabasi Bozorboyeva Lobar
Ilmiy rahbar:______________
Toshkent – 2023
YAQIN VA O‘RTA SHARQ MANTIQSHUNOS FAYLASUFLARI RITORIK MUHOKAMA YURITISH HAQIDA
Mundarija:
I BOB. EMPEDOKL TARIXIY MEROSI VA FALSAFASI

    1. Empdokl biografiyasi......................................................................................5

    2. Empedokl tarixiy merosi va falsafasi..............................................................9

II BOB. EMPEDOKLNING BORLIQ HAQIDAGI TA’LIMOTI
2.1. Empedoklning borliq haqidagi ta’limoti........................................................15

    1. Empedokl borlining to‘rtga bo‘lish nazariyasi...............................................23

XULOSA................................................................................................................29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR...............................................................31
KIRISH
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. “O‘rta asr Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari milliy falsafasi” predmeti falsafa fakulteti talabalari magistr bosqichi uchun milliy mustaqillik mafkurasi va milliy istiqlol g‘oyasi tamoyillari va metodologik talabalari nuqtai nazardan ma’lum nazariy va ma’rifiy ahamiyatga ega. Ushbu kursda Markaziy Osiyo xalqlari falsafa tarixining rasionalistik, hurfikrlilik va ilmiy an’analari va tajribalarining erishgan yutuqlari haqida ma’lum bilim beriladi. Shuningdek Markaziy Osiyo xalqlari jahon xalqlari falsafa va ma’naviyat xazinasiga qqshgan hissallarda Markaziy Osiyo xalqlari O‘ziga xos o‘rni yoritiladi. Magistr bosqichida Markaziy Osiyo xalqlari falsafa tarixi ikki yo‘nalish bo‘yicha qqitiladi. Birinchisi Markaziy Osiyo xalqlarining mutafakkirlari ontolgik-gnoseologik qarashlarining mohiyat va tamoyillari. Ikkinchi Markaziy Osiyo mutafakkirlarining ma’naviy merosida rasionalizm va hurfikrlilik. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari Fanni o‘qitishdan maqsad - magistratura talabalariga O‘rta asr Yaqin va O‘rta sharq xalqlari naturfalsafasining muammolari va yo‘nalishlari haqida izoh berish, va shu asosda ularning falsafiy bilimlarini mukammallashtirishdan iboratdir. Fanning vazifalari: O‘rta asr Yaqin va O‘rta sharq xalqlari naturfalsafasining muammolari va yo‘nalishlari haqida ilmiy ma’lumotlar berish bilan birgalikda, talabalarda mustaqil ishlash malakalarini shakllantirish hisoblanadi.

Jaloliddin Rumiy tasavvuf ilmining yirik piri komillaridan boʻlishi bilan birga Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari ijtimoiy-falsafiy tafakkurining yirik bilimdoni boʻlgan mutafakkir hamda islom dini va shariat ahkomlari mazmun-mohiyatini chuqur anglab yetgan zabardast ilohiyot ulamosi hamdir. Shuning uchun Rumiy tasavvufiy taʼlimotining, shu jumladan, inson maʼnaviy kamoloti haqidagi qarashlarini yoritishda ularning falsafiy va diniy-tasavvufiy manbalarini tahlil qilish zarurati tugʻiladi. Mutasavvif qarashlarining bu masaladagi falsafiy asosini ruhiy borliq haqidagi taʼlimoti aks ettirsa, diniy-tasavvufiy qarashlarining asosini ilohiy ishq haqidagi taʼlimoti aks ettiradi.


Rumiyning inson maʼnaviy kamoloti haqidagi taʼlimoti oʻzigacha boʻlgan taʼlimotlarning yuksak darajada qayta ishlangan sintezi boʻlishi bilan birga, ulardan maʼlum darajada farq qiladi. Shuningdek, oʻzidan keyingi taʼlimotlarga sezilarli taʼsir oʻtkazgan.
Rumiy tana va ruh munosabatlarini talqin qilishda dialektik uslubdan foydalandi va bu borada Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari ijtimoiy-falsafiy tafakkuri tarixida yangi bir yoʻnalishga asos soldi. Ushbu masala Rumiy inson maʼnaviy kamoloti haqidagi qarashlarining uslubiy jihatini tahlil qilish jarayonida yoritildi.
Rumiy yuqoridagi nazariy va uslubiy tamoyillardan foydalangan holda oʻz ijtimoiy-ahloqiy qarashlarida inson maʼnaviy kamolotining voqeiy hayotdagi amaliy vosita va omillarini bayon qildi. Ana shunday amaliy omillardan biri insonga va borliqqa muhabbatdir. Inson oʻzi oʻzgaga aylanganida, oʻzgani oʻziga aylantira olganida haqiqiy muhabbat egasi hisoblanadi. Mana shu obyekt bilan subyekt oʻrtasidagi farqning tugatilishi inson maʼnaviy kamolot sari yuksalishining muhim omillaridan biridir.
Rumiy dinlararo munosabat masalasiga butunlay yangicha nuqtai-nazardan yondashadi. Uningcha, bir dinga mansub kishilar bir-birlari bilan “birodar”, hammaslak boʻlgan holda, boshqa dindagilarga nisbatan salbiy munosabatda boʻlishlarini qoralaydi. Dinlarning botiniy mohiyatiga eʼtiborni qaratib, barcha dinlar kamolot uchun yuborilgan ekan, bu olamda bashariyatning yagonaligini eʼtirof etish muhimligini taʼkidlaydi. Dinlararo nizo, janjal, urushlarning inson shaʼniga yotligini taʼkidlaydi. Rumiy inson maʼnaviy kamoloti masalasida nafs tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratadi. Inson tabiatidagi nafs va xirsiy hissiyotlar insonni tubanlikka yetaklab, maʼnaviy kamolotiga toʻsqinlik qiladi. Nafs xohish-istaklarini jilovlash uchun kuchli iroda kerak. Bu iroda inson sabr-toqati va qanoatida oʻzini namoyon qiladi.
Shoir ijodining yuksak choʻqqisi – “Masnaviy” taxminan 1240 yilda asos solingan norasmiy birodarlik aʼzolari uchun sheʼriy qoʻllanma tarzida ularning oʻylagan va roʻyobga chiqqan asaridir. Bundan ancha ilgari Abdurahmon Jomiy (1414 – 1492) kabi shoir va mistik dostonni “Fors tilidagi Qurʼon” deb atagan edi, nafaqat Jaloliddin shogirdlari va “Mavlaviy” birodarligi aʼzolari, balki koʻplab boshqa ezoterik bilim gʻoyasi ixlosmandlari uni olqishlashib taʼrif-tavsif qilgandilar. Tasavvuf mazmunan oʻxshash ancha “ilhomlangan” asarlarni vujudga keltirdi, ammo ulardan hech biri “Masnaviy” kabi shu darajada yoyilib ketgan ( asl tildagi qoʻlyozmalarning oʻzigina bizning kungacha 500 dan ortiqni tashkil qiladi), shu qadar diqqat bilan oʻrganilgan va shunchalik koʻp sonli aks-sadolarni (sharhlar, izohlar va tarjimalar koʻrinishida) keltirib chiqargan emas.
“Masnaviy” Jaloliddinning aql-zakovati va oʻzidagi masal va hikoyalarining turli xil manbalardan yigʻib olingan syujetlari bilan kishini hayratda qoldiradi. U bir yuz ellikdan ortiq asarni qarab ololgan. Shuningdek, bu turli xalqlarning folkloriga bevosita muallif murojaati hisoblanmaydi. Jumladan, suruvchi pashsha haqidagi masal arab shoiri Abu Nuvos (IX asr) Jaʼfar Barmakiyga aytib bergan hajviyasining ikki qatori asosida vujudga kelgan edi. Yuqorida aytilganidek, Jaloliddin doston yozmadi, u aytib turdi, hissiy koʻtarilish holatida ilhomona yodaki oʻqib tashladi. Shuning uchun “Masnaviy”da, shubhasiz, badihagoʻylik lahzasi olqishlanadi. Doston ichki bir turtki bilan yaratilgan, muayyan rejasiz, qandaydir bir ichki his bilan umumiy mavzu tizimcha va yagona syujet oʻzakdan ayro, labirint monand, deb eʼtirof etiladi. Darhaqiqat, “Masnaviy” tuzilishi murakkab va koʻp rejali. U Rumiy oʻz oʻtmishdoshlari Sanoiy va Attor izidan yurib, koʻngil suygan shakldagi masal, ibratli hikoya boʻlib chiqadigan didaktik janrdagi dostonni yaratish jarayonida yanada murakkablashadi. “Masnaviy”dagi badihagoʻylik muallifning talay teokratik holatlarni tasvirlashi lozim boʻlgan masallarning kelish tartibidagi kompozitsion inversiyaga olib keldi, biroq ular bogʻlanish aloqalari tamoyili boʻyicha saralab olingan, baʼzan ular atayin xiralashtirilgan. Bir-biridan izinma-ketin keladigan oʻtkir zakoli va mohirona yozilgan masal-hikoyalardagi tasvirlar uzun zanjirni ifodalaydi yoki bir-biridan kelib chiqadi. Bir qator hollarda butun boshli hikoyalar safini boshlab beruvchi asosiy qissa hikoyalarni qolipga soladigan ramkaga aylanadi, butun saf esa sheʼriy hoshiyalangan qissaga aylanib ketadi. “Masnaviy” da bu kabi qissalarning 30 dan ortigʻini sanash mumkin (buning ustiga baʼzilari hajmiga koʻra nihoyatda ulkan). Gohida bunday hikoyaning uzilib qolgan hikoyalanishi koʻp sahifalardan keyin qayta jonlanadi (solishtirish: Bibliyadagi Muso haqidagi Qurʼon oyatlarining tafsirlari shodasi – 2, 3- 4, 6 kitoblarda). Shuni yodda tutish kerakki, Jaloliddin “Masnaviy” ustida ishlay turib, oʻziga xos ijtimoiy buyurtma – shogirdlarining iltimosiga binoan musulmon mistikasi boʻyicha sheʼriy qoʻllanma yozishni bajardi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

  1. Xorijiy Sharq xalqlarining ilgʻor ijtimoiy falsafiy fikrlari tarixi ocherki, -T.: Fan, 1971.

  2. Bartold V.V. Vvdeniye k izdaniyu “Hudud al-alam”. Sochineniye. T.8. – Moskva: Nauka, 1973.

  3. Corbin H. History de la Philosophy islamique. – Paris, 1964.

  4. Watt W. M. Islamic Philosophy and Theology. – Edinburgh, 1962.

Download 19.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling