Falsafa turmush tarzi va dunyoni anglash usuli
Download 0.61 Mb.
|
1 2
Bog'liqFalsafa turmush tarzi va dunyoni anglash usuli
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun rahmat!
Falsafa dunyoqarash sifatida jamiyatdagi ijtimoiy manfaatlar bilan, siyosiy va mafkuraviy kurashlar bilan, bir butun jamiyatning moddiy va ma‘naviy hayoti bilan chambarchas bog’liqdir. U ijtimoiy borliqqa ijtimoiy ong orqali faol ta‘sir ko’rsatadi, jamiyatning ma‘naviy hayotida yangi g’oyalarni va yangi ma‘naviy qadriyatlarni shakllantiradi.Falsafa paydo bo’lishi bilan real kuzatishlar, mantiqiy tahlillar, xulosa chiqa-rishlar, isbotlash asosida fikr yuritishlar bilan oldingi hayoliy va ilohiy obrazlar asosi-dagi tasavvurlardan iborat mifologik va diniy dunyoqarashlarni ongdan siqib chiqara boshladi. Shu paytgacha xalq ora-sida yashab kelgan afsona va rivoyatlar falsafada endi aqliy jihatdan qayta ko’rib chiqilib, ulargayangicha hayotiy mazmun berila boshlandi.
Falsafiy dunyoqarash rivojlanib borishi faqat mifologik va diniy dunyoqarashlardangina farq qilib qolmasdan, balki oddiy kundalik ongning ham chegaralarini buzib, o’zida ma‘naviy madaniyatning qimmatli yutuqlarini mujassamlashtirgan ma‘naviy sohaning alohida bir turiga aylanib bordi. Falsafiy dunyoqarashni bir butun qilib ushlab turgan ikki qutb mavjud: olam va odam (yoki ob‘ektivlik va sub‘ektivlik, moddiylik va ma‘naviylik, katta olam va kichik olam va hokazo). Falsafa dunyoni bir butun holda olib, unda insonning dunyoga munosabati haqidagi barcha bilimlarni nazariy jihatdan umumlashtirib, o’zlashtirish asosida bizni bir butun dunyo: borliq, materiya, tabiat, jamiyat, inson, inson ongi va tafakkuri, insonning dunyoni bilishi to’g’risidagi eng umumiy qarashlari bilan qurollantiradi. Bu falsafaning dunyoqarash funktsiyasidir. Dunyoqarash funktsiyasi falsafaning, falsafiy bilimlarning asosiy xususiyatidir. Falsafiy dunyoqarash. Bu tushunchaning mazmuni insonning olamga, voqea va hodisalarga, o’zgalarga va ularning faoliyatiga, o’z umri va uning mazmuni kabi ko’pdan-ko’p tushunchalarga munosabati, ularni anglashi, tushunishi, qadrlashida namoyon bo’ladi. Falsafiy dunyoqarash dunyoni, borliqni aqliy jihatdan umumlashtirib tushuntiruvchi nazariy qarashlar tizimidir. U insonning aqliy-intellektual faoliyatiga ko’proq e’tibor beradi.Falsafiy dunyoqarash shakllanishi va rivojlanishiga afsonaviy, diniy dunyoqarashning ta’siri bo’lganini inkor etib bo’lmaydi. Falsafiy dunyoqarash ana shu ikki irmoq negizida vujudga keldi. Falsafiy dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya ta’sirida shakllanadi hamda rivojlanadi. Fanda ijtimoiy borliqning barcha jihatlari aks etadi. Dunyoqarashning shakllanishida his-tuyQu, aql-idrok va tafakkur ham muhim o’rin tutishi tabiiy. Uning shakllanishi kishilarning hissiy kechinma va kayfiyatlariga ham bog‘liq bo’lib, inson kayfiyatida uning hayot sharoitlari, ijtimoiy ahvoli, milliy xususiyati, madaniy saviyasi, shaxsiy taqdiri, yoshi va hokazolar aks etadi. Muayyan davr dunyoqarashida zamon ruhi, ijtimoiy kuchlarning kayfiyati, intilishi ham o’z ifodasini topadi. Falsafiy dunyoqarash tarkibida hissiyot va aql muhim o’rin tutadi. hissiyot dunyoqarashning emotsional-ruhiy jihati bo’lib, dunyoni tushunish esa, dunyoqarashning aqliy shaklidir. hissiyot – quvonch, shodlik, zavqlanish, hayot va kasb-kordan mamnunlik yoki norozilik, hayratlanish, xavotirlanish, asabiylashish, yolg’izlik, zaiflik, ruhiy tushkunlik, g’am-qussa, nadomat, o’z yaqinlari va vatani taqdirini o’ylash kabi xilma-xil shakllarda namoyon bo’ladi. Ana shular barchasining uyg’unligi dunyoni his etishga olib keladi. Dunyoni his qilish esa, uni aqliy tushunishga, muayyan dunyoqarashning shakllanishiga asos bo’ladi. E’tiboringiz uchun rahmat!Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling