Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli ma'ruzani olib borish texnologiyasi


Dunyoni falsafiy idrok etishning o


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/37
Sana19.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1361834
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37
Bog'liq
1-ma\'ruza matni

.

Dunyoni falsafiy idrok etishning o
‘ziga xos xususiyatidunyoni bilish, sezish, ko‘rish va tushunishning butunlay 
yangi sohasi 
– falsafa
 
vujudga kelishida namoyon bo
‘ladi. Darhaqiqat falsafa – bu nafaqat u yoki bu odam dunyoqarashining 
shakli, balki ijtimoiy ong shakli, odamlar borlig
‘i va bilishining umumiy tamoyillari, ularning dunyoga munosabati aks 
etuvchi, tabiat, jamiyat, tafakkurning eng umumiy qonunlari kashf etiluvchi va ta'riflanuvchi ma'naviy faoliyatdir. Ya'ni bu 
dunyoga va insonning undagi o
‘rniga nisbatan qarashlarning umumiy tizimidir. Bunday qarashlar zamirini savollar va 
insonning ularga javob topish istagi yotuvchi oqilona yo
‘l bilan olingan bilimlar majmuini tashkil etadi. Ammo bilish 
shunday bir tabiatga egaki, bir savolga javob ko
‘pincha boshqa bir talay savollarni yuzaga keltiradi va ba'zan muammoga 
11
Qarang Hotamiy S.M.Islom taakkuri tarixidan.-T.:Minoj, 2003. 
–B.77. 
13
Yaspers K. Smqsl i naznachenie istorii. 
– M., 1991. – S.32-34.


nafaqat oydinlik kiritmaydi, balki uni yanada chigallashtirib, insonning qiziquvchanligini oshiradi va yangi tadqiqotlarga 
da'vat etadi. Xullas, bunda ijod, tinimsiz izlanish, yangilikka intilish muhim o
‘rin egallaydi. 
Agar mifologiya va dinda javobga urg
‘u berilsa, bilishning butun mazmuni unda mujassamlashsa, falsafada savol, 
masala birinchi o
‘rinda turadi. U to‘g‘ri va yaxshi ta'riflangan bo‘lsa, muammoning mohiyati aniq aks etadi. Savol, masala 
insonni ijodga rag
‘batlantiradi, toki unga qoniqarli javob olinib, haqiqatning tagiga yetilganiga ishonch paydo 
bo
‘lmagunicha insonni izlanishga da'vat etadi. Bunda savolning o‘zi, muammoning qo‘yilishi javobdan kam ahamiyat kasb 
etmaydi, ba'zan undan ham muhimroq deb qaraladi.
Shuni ham qayd etib o
‘tish lozimki, falsafa, garchi muayyan natijalarga, mukammal ta'riflarga, uzil-kesil 
xulosalarga intilsa-da, lekin shuning o
‘zi bilan kifoyalanmaydi. Falsafani avvalo inson madaniyati sohasida yuz berayotgan, 
turli qarama-qarshiliklar va o
‘zaro ta'sirlar bilan uzviy bog‘liq va ayni vaqtda o‘zga sohalarga o‘tish va ularda gavdalanish 
qobiliyatiga ega bo
‘lgan ma'naviy jarayon sifatida tushunish lozim.
Bundan xulosa shuki, falsafiy mushohada yuritish savol berish, shubha qilish, javoblar izlash va kuni kecha 
yechilgan deb hisoblangan, shak-shubhasiz bo
‘lib tuyulgan masalalarga qaytish demakdir. Falsafa uchun «boqiy», uzil-kesil 
aniqlangan haqiqatlar, «noqulay», «ilmoqli» savollar yoki man etilgan mavzular mavjud emas. Falsafa savollar berish, 
narsalar va hodisalar mohiyatini anglashga urinish orqali bilish doirasini kengaytirishga harakat qiladi.
Xullas, falsafa haqiqat qanday bo
‘lsa, uni shunday ifodalab ko‘rsatishdir, din esa –uning ramziy, timsoliy aks 
etishi. Falsafa asos va mohiyat bo
‘lsa, din timsol va shakl. Dialektik munozara usuli jamiyatning kam sonli ayonlari uchun 
kerak. Vahiy yo
‘lidagi ifoda – xalq ommasining idroki, tarbiya va ta'limi uchun kerak. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling