Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli ma'ruzani olib borish texnologiyasi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/37
Sana19.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1361834
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
Bog'liq
1-ma\'ruza matni

tartibga solish funksiyasi odamlar xulq-atvorini tartibga soluvchi tegishli me'yorlar va qoidalarni 
belgilaydi

 
kompensatorlik funksiyasi yetishmayotgan axborot, diqqat-e'tibor, g
‘amxo‘rlik o‘rnini to‘ldiradi, 
hayot ma'nosi, istiqbollar va shu kabilarning yo
‘qligini sezdirmaydi, ya'ni insonning kundalik hayotda 
qondirilmagan ehtiyojlari o
‘rnini to‘ldiradi.
Dinning asosiy ildizlari. Din qonuniy hodisa sifatida vujudga kelgan bo
‘lib, u insonning g‘ayritabiiy narsalar va 
hodisalarga bo
‘lgan e'tiqodini to‘yintiruvchi chuqur ildizlarga egadir. 
Dinning psixologik ildizi avvalo inson tabiatida mavjud bo
‘lib, u inson intellektining rivojlanish darajasi va 
tanqidiy fikrlash qobiliyatidan qat'iy nazar, nafaqat tushunish, anglash, balki e'tiqod qilish istagi va hattoki ehtiyojining 
hamisha namoyon bo
‘lishidir.
Dinning gnoseologik ildizlari
oqilona bilim nuqtai nazaridan dunyo o
‘z rang-barangligida insonga cheksiz 
murakkab bo
‘lib tuyulishida namoyon bo‘ladi. Forobiy fikricha “Din nazariy va amaliy qonunlar tuzilgan paytdagina 
odamlar e'tiqodi, ta'limi tarbiyasi yo
‘llari ishlab chiqilgandagina paydo bo‘ladi va mustahkamlanadi. Ana shunday din tufayli 
omma baxt saodat uchun yetarli bilim olishi mumkin
”.
1
Odamzot o
‘zini qurshagan borliqni faqat qisman anglab yetadi. Ayni 
shu sababli olam inson uchun sirlar va mo
‘jizalarga to‘ladir. Odamzot o‘zi e'tiqod qiladigan ko‘p narsalarni faqat aqlga 
tayanib isbotlashga ham, rad etishga ham qodir bo
‘lmaganidek, yuqorida zikr etilgan sirlar va mo‘jizalarga javob topishga 
ham (balki hozircha) qodir emas. Psixologlar qayd etganidek, «o
‘ta mushkul vazifa aqlni o‘tmaslashtiradi», inson yechimsiz 
muammolar qarshisida o
‘zini ojiz his qiladi va aql dalillarini uydirma, g‘ayritabiiy narsalar bilan osongina to‘ldiradi.
Dinning ijtimoiy ildizlari
jamiyatda doimo mavjud bo
‘lgan tengsizlik, qashshoqlik va adolatsizlikni, odamlar 
qancha urinmasin o
‘zgartira yoki yenga olmaganligi bilan bog‘liq. Adolatsizlik va foniy dunyoning nomukammalligi 
tuyg
‘usi chorasizlik va umidsizlikni yuzaga keltiradi, so‘nggi zikr etilgan tuyg‘ular osongina u dunyoda hayotning 
mavjudligiga bo
‘lgan ishonchga aylanadi. Vaholanki, har qanday din haqiqiy hayot u dunyodadir, deb o‘rgatadi. 
Muammolar, qiyinchiliklarga duch kelgan va real hayotda o
‘ziga tayanch topa olmagan inson g‘ayritabiiy kuchlarga umid 
bog
‘lab, narigi dunyoga murojaat etadi. Ularga e'tiqod qilib, odamzot taskin, tasalli topadi va oxir-oqibatda taqdirga tan 
beradi.
Dinnning siyosiy ildizlari
turli siyosiy kuchlarning dindan o
‘z mayda-chuyda manfaatlarida foydalanish imkoniyati 
va shu tariqa uni bevosita yoki bilvosita qo
‘llab-quvvatlashi orqali, uning jamiyatdagi roli va ta'sirini kuchaytirishida 
namoyon bo
‘ladi. Shu ma'noda din va siyosat o‘rtasida ham uzviy va doimiy aloqa mavjud.
Dinning yashovchanligi shu darajada mustahkamki, hatto hozirgi zamon fanining muhim yutuqlari ham uning 
negiziga putur yetkaza olgani yo
‘q, ilmiy bilimning o‘sishi esa hatto olimlar orasida ham dindorlar va Xudoga 
ishonmaydiganlarning foiz nisbatini deyarli o
‘zgartirmaydi. Masalan, tabiatshunoslik insoniyatga dunyoni bilish borasida 
cheksiz imkoniyatlar yaratayotgani keng e'tirof etilgan 1916 yilda Jeyms Lyuba o
‘z tadqiqotlarida AQSh olimlarining 40% 
Xudoga ishonishini asoslagan. 90-yillarning oxirida amerikalik tarixchilar E.Larson va I.Uitxem tomonidan o
‘tkazilgan 
yangi tadqiqot- larda XX asrda amalga oshirilgan buyuk kashfiyotlar va fan yutuqlari ta'sirida olimlar dunyoqarashi qay 
darajada o
‘zgarganini aniqlashga qaror qildilar. Shu bois ularning AQShda tasodifiy tanlangan ijtimoiy fanlar namoyandalari 
va tabiatshunoslik vakillari orasida o
‘tkazgan so‘rovi olimlarning 40% avvalgidek Xudoga va narigi dunyoda hayot 
mavjudligiga ishonishini ko
‘rsatdi. Bunda Xudoga ishonmaydiganlar va ateistlar (Xudoning borligini inkor etuvchilar) soni 
ham deyarli o
‘zgargan emas va bugungi kunda, avvalgidek, taxminan 45 va 15% ni tashkil etadi.
Davr, mamlakatlar va qit'alardan qat'iy nazar, diniy dunyoqarashning yashovchanligi haqidagi umumiy xulosa 
O
‘zbekistonda ham mavjud. XX asrda qariyb 80 yil dinni «fosh qilish» uchun mavjud barcha dalillardan foydalangan 
kurashchan ateizm sharoitida yashagan O
‘zbekistonliklar orasida mamlakat aholisining uchdan ikki qismi o‘zini dindor deb 
hisoblagan.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling