Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli ma'ruzani olib borish texnologiyasi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/37
Sana19.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1361834
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
1-ma\'ruza matni

Ikkinchidan, falsafiy refleksiya muammoni ko
‘rish ufqini kengaytiradi, uni tadqiq etishga nisbatan yangicha, 
o
‘ziga xos yondashuvlarni taklif qiladi, shu jumladan fanga bunday yondashuvlarni ilgari surishga ko‘maklashadi. Zero, aniq 
ta'riflar va ishonchli dalillarga tayanadigan fan o
‘z fikrlari va xulosalarida bunday erkinliklarga yo‘l qo‘ya olmaydi. 
Vaholanki, falsafiy tafakkur mulohaza yuritish va baholashlarga nisbatan erkin yondashuvsiz o
‘zining betakrorligini 
yo
‘qotadi. 
Hamonki plyuralizm falsafada me'yor hisoblanar, har bir alohida miyada esa monizmga, ya'ni qarashlarning 
tartibga solingan, yaxlit va nisbatan ziddiyatlardan xoli tizimiga kelish lozim ekan, falsafani qanday o
‘zlashtirish, undan 
qanday saboq berish mumkin?
Butun dunyoda aksariyat faylasuflarni birinchi navbatda ayni shu masala qiziqtiradi. Xususan Suqrot, Seneka va 
o
‘tmishning boshqa mutafakkirlari tajribasiga tayangan holda: Falsafa faktlarni eslab qolishni o‘rgatmasligi, balki mulohaza 
yuritish va savollarga javob berish qobiliyatini rivojlantirishi lozim. Falsafadan saboqlar inson har bir masala yuzasidan 
mutafakkirlar fikriga murojaat etmasdan, o
‘zi mustaqil o‘ylashni va o‘z aqliga quloq solishni o‘rganishini nazarda tutmog‘i 
darkor. Ayni shu sababli falsafaning vazifasi insonga muloqot qilishni o
‘rgatish, u o‘z shaxsiyatining ahamiyatini 
ko
‘rsatishga emas, balki haqiqatning tagiga yetishga harakat qilishiga erishishdan iborat. Bu, o‘z navbatida, barcha 
odamlar o
‘ziga atrofdagilar quloq solishiga loyiq ekanligini nazarda tutadi.
Bu juda topib aytilgan so
‘zlar falsafani fan sifatida o‘rganish, uni bilimlar, tayyor qoidalar va ta'riflarning 
muayyan yig
‘indisi sifatida o‘zlashtirish mumkin emas, degan fikrni yana bir karra tasdiqlaydi. Insonga ta'lim berishda 
paydeyya yo
‘lini tanlash – unga «nimani ko‘rish lozimligi»ni emas, balki «qaerga va qanday qarash kerakligi»ni o‘rgatish 
lozim. 
O
‘z-o‘zidan ravshanki, mazkur vazifani ijodiy yondashuvsiz, o‘quvchi va o‘qituvchining qiziquvchanligi va 
intiluvchanligisiz hal qilib bo
‘lmaydi, falsafa esa o‘zining sof ko‘rinishida yo‘qoladi, «havoga sovuriladi», pirovardda 
kimdir bayon etadigan, kimdir 
“o‘tishi”, o‘rganishi va qolaversa, imtihon topshirishi lozim bo‘lgan “fan”gina qoladi. 
Boshqacha aytganda, falsafadan ta'lim berish va uni o
‘zlashtirish zamirida ham, albatta ijod yotishi lozim.
Xulosalar. Dunyoqarash bu insonning dunyoga, undagi voqyealarga munosabatlari, undagi o
‘rni va hayot 
mazmuni haqidagi eng umumiy qarashlari tizimi. 
Insoniyat tarixida dastlab mifologik dunyoqarash shakllangan bo
‘lib, unda inson atrof muhit bilan birlashadi 
hamda na tabiat va na o
‘z urug‘idan ajralmagan holda namoyon bo‘ladi. Diniy dunyoqarashga olamni bu dunyo, u dunyo va 
g
‘ayri tabiiy dunyoga bo‘lish xos. Dinning asosi g‘ayritabiiy kuchlarga ishonch bilan yo‘g‘rilgan. 
Falsafa mifologik va diniy dunyoqarashdan o
‘zining atrof muhitga tanqidiy munosabati asosidagi dunyoqarashli 
funksiyasini bajaradi, gnoseologik va ontologik kategoriyalarga murojaat qilib mantiqiy xulosalar chiqaradi. 
Falsafa nazariy asoslangan dunyoqarash, umumiy kategoriyalar, insonning olamga fanning tabiat va jamiyat 
haqidagi yutuqlariga tayanilgan nazariy munosabati . 
Falsafaning ahamiyati, uning insonni o
‘z- o‘zini, olamni anglashga, ijodiy barkamollikka yo‘naltira olishidadir.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling