Falsafa va uning jamiyat hayotidagi roli


Falsafada milliylik va umuminsoniylik


Download 34.33 Kb.
bet4/4
Sana16.11.2023
Hajmi34.33 Kb.
#1778028
1   2   3   4
Bog'liq
2-Ma`ruza mashg`uloti (4)

Falsafada milliylik va umuminsoniylik.


Falsafa umuminsoniy fan sifatida bashariyatga doir umumiy muammolarni qamrab oladi, albatta. Ma’lumki, olam va odam munosabatlari, jamiyat va tabiatni asrash, umrni mazmunli o‘tkazish, yaxshilik va yomonlik kabi qadriyatlar bilan bog‘liq masalalarning barchasi insoniyat uchun umumiy. Ammo falsafada muayyan milliy xususiyat, maqsad va intilishlar ham o‘z ifodasini topadi. Aslida, yuqorida zikr etilgan umuminsoniy mavzu, masala va muammolarning barchasi avval-boshda xususiy, milliy, mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar tarzida namoyon bo‘ladi. O‘z yurti, millati, ota-onasi va yor-birodarlarini sevgan vatanparvar inson, avvalo, ana shularning kamoli uchun qayg‘uradi, ularni o‘ylaydi, ularga xizmat qilishni oliy saodat deb biladi. Bunday shaxs dunyoqarashida ana shu jihat va xususiyatlar albatta aks etadi. Bu esa, o‘z navbatida, umuminsoniy fan bo‘lgan falsafada milliylikning aks etishiga asos bo‘ladi.
Umuminsoniylik — vatansizlik (kosmopolitizm) bo‘lmagani singari, milliylik ham — milliy qobiqqa o‘ralish, milliy mahdudlik degani emas. Lekin sizning xayolingizda beixtiyor «Milliy falsafa bo‘lishi mumkinmi? Axir, yuqorida falsafaga o‘z mohiyati bilan umuminsoniy fandir, degan ta’rif berildi-ku?» - degan savollar charx urishi mumkin. Bu - o‘ziga xos milliy taraqqiyot yo‘lidan ketayotgan barcha xalqlar falsafasi uchun daxldor bo‘lgan savollardir. Agar biz yuqorida qayd etilgan muammolarga milliy manfaatlarimiz nuqtayi nazaridan qaraydigan bo‘lsak, O‘zbekistonda bu yo‘nalishni rivojlantirish zarurati yetilganini anglaymiz.
Falsafiy adabiyotlarda milliy falsafa mavzuida turlicha fikrlar mavjud. Ayrim faylasuflar, aslida milliy falsafa bo‘lishi mumkin emas, bunday yondashuvning o‘zi etnik mahdudlikka olib keladi, deb hisoblaydi. Boshqalari esa, modomiki, milliy falsafa milliy g‘oya va mafkurani shakllantirishnig nazariy asosi ekan, har qanday umumiy qonuniyatlar muayyan ijtimoiy makon va tarixiy zamonda xususiy holda namoyon bo‘ladi, deya milliy falsafani yoqlab chiqadi. Biz millat bor ekan, milliy madaniyat, til va adabiyot ham mavjud degan fikrga o‘rganib qolganmiz. Aslida, ularning barchasi nafaqat bir millatga, balki butun insoniyatga xos-ku! Bizning nazarimizda, milliy falsafa millat mentalitetini belgilaydigan muhim omildir. Umumbashariy sivilizatsiyaga uzviy qo‘shilish jarayoni milliy falsafani yaratish orqali sodir bo‘ladi. Eng muhimi - falsafadagi milliylik umuminsoniylikni rad qilish evaziga emas, balki uni ijodiy boyitish orqali rivojlanib boradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:


1. Q. Nazarov va b. Falsafa asoslari. - T.: “O‘zbеkiston”, 2005.
2. Axmedova M. Falsafa.-T.: O‘FMJ, 2006.
3. Shermuxamedova N.A. Falsafa.-T.: Noshir, 2012. -1207 b.
4. J.Tulenov., G.Tulenova., K.Tulenova. Falsafa. –T.: Fan va texnologiya, 2016.
5. G.Tulenova, D.Sagdullayeva. Falsafa (O‘quv qo‘llanma ). - T.: “Aloqachi”, 2019.

Internet saytlari:
1. www. Ziyo net.uz


2. www. faylasuf.uz
Download 34.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling