Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


) Yoshlar ongida milliy tafakkurni shakllantirishda falsafiy kategoriyalarning ahamiyati


Download 162.87 Kb.
bet52/92
Sana20.06.2023
Hajmi162.87 Kb.
#1631780
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   92
Bog'liq
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

57) Yoshlar ongida milliy tafakkurni shakllantirishda falsafiy kategoriyalarning ahamiyati.
Kategoriya quyidagi xususiyatlarni o’z ichiga qamrab oladi:
a) kategoriya olamdagi munosabat, bog’lanishlarni ifodalovchi umumiy mazmun va xususiyatga ega bo’lgan falsafiy tushunchadir;
b) kategoriya moddiy olamdagi hayotni tavsiflagani holda, bir butunlikda, o’zaro aloqadorlikda bo’ladi, bir-birini taqozo etadi, belgilaydi yoki bo’lmasa yuzaga keltiradi;
v) kategoriya ob’ektiv mazmunga ega. Har bir kategoriya voqelik tufayli ro’yobga chiqadi, voqelikda namoyon bo’ladi, voqelik mavjudligining o’ziga xos xususiyatlari, tomonlari, belgilarini ifodalovchi tushunchalar sifatida inson tafakkurida aks etadi;
g) kategoriya umumiy tushunchalar sifatida insonning tabiiy-ijtimoiy hodisalar mohiyatini bilishga qaratilgan bilish jarayoni tarixining natijalari va voqelikni chuqurroq bila borishining ilmiy vositalaridir;
d) kategoriya falsafaning o’zi singari, barcha fanlar uchun ilmiy tadqiqot va amaliy faoliyatda metodologik ahamiyatga ega bo’lgan ilmiy tushunchalar hisoblanadi;
e) kategoriya nazariyada, ilmiy bilish jarayonidagina emas, balki amaliyotda ham o’ziga xos rol o’ynaydi va o’z ahamiyatini saqlab qoladi. Ularning o’zaro bog’lanish hamda namoyon bo’lish xususiyatlarini bilish hayotda fan va amaliyotda muhim natijalarga olib keladi.
Zaruriyat zamon falsafasida ham kategoriyalar, ularning mazmun-mohiyati, namoyon bo’lish shakllari kabi masalalar katta ahamiyatga ega . Ko’plab falsafiy oqimlar (ekzistentsializm, freydizm, neopozitivizm, irratsionalizm va h.k.) va falsafiy maktablarda (F.Nitsshe, A. Shopengauer) barkamol inson (supermen) obrazini yaratishga intilish (F. Nitsshe), o’zlik dunyosi va men dunyosi, ya’ni iroda va tasavvurdagi dunyolar haqida fikr yuritish (A. Shopengauer) xarakterlidir.


58) XX asr diniy falsafasi (Tomizm va neotomizm).
Foma Akvinskiy (1224-1292) mo’’tadil realizmning yana bir yirik vakili bo’lib hisoblanadi. Foma o’sha davr uchun Arastu natur falsafasini ilohiyot bilan birlashtirishga harakat qilgan. Bunda u mo’tadil realizm pozitsiyasida turgan va sxolastikaning eng yirik namoyandasi bo’lgan. Uning fikricha, natural falsafada tafakkur va Arastu mantiqiy ta’limoti yordamida xudo mavjudligi haqidagi haqiqatga erishishi mumkin.
Akvinskiy ta’limoticha, dunyo ierarxik narvondan iboratdir. Uning eng quyi qismida yer va 4 elementdan iborat bo’lgan hamma narsalar mavjuddir. Odam ruhi xudo va moddiy dunyo o’rtasidagi joyni egallaydi. Dunyoviy jamiyat tepasida esa, papa boshchiligidagi ilohiy davlat turadi. Yerdan uzoqlashgan sari u ilohiylashib boradi. Sayyoramiz dunyosinning tepasida farishtalar dunyosi mavjuddir. Butun koinot tuzilishi uch shaxsni birlashtirgan yagona xudo tomonidan boshqarilib turadi. Akvinskiy ta’limotidan keyinchalik «tomizm» oqimi shakllandi va u «neotomizm» tarzida g’arbda hozir ham saqlanib qolgan.

Download 162.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling