Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari
) Voqelikni eng umumiy aloqadorligini aks ettiruvchi kategoriyalar
Download 162.87 Kb.
|
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e
54) Voqelikni eng umumiy aloqadorligini aks ettiruvchi kategoriyalar.
Yakkalik - aloxida narsa va xodisagagina xos bo`lib, bu narsa va xodisani boshqa narsa va xodisadan farq qiluvchi, takrorlanmaydigan, individual belgi va xususiyatlar birligidir. Moxiyat - narsa va xodisalarning ichki, eng muxim o`zaro bog`lanishlari, shu bog`lanishlarning qonuniy aloqadorliklarini ifodalaydi. Xodisa - narsa va jarayonlarni tashkil etuvchi tomonlar, xususiyatlar va bog`lanishlarning namoyon bo`lish shaklidir. Falsafada o‘z xususiyatlariga ko‘ra, «juft kategoriyalar» deb ataladigan umumiy bog‘lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalovchi tushunchalar ham bor. Ular narsa va hodisalarning muayyan yo‘nalishdagi eng muhim, zaruriy, nisbatan barqaror, davriy takrorlanib turuvchi bog‘lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalaydi. Falsafa kategoriyalari mazmunidagi ichki birlik, bog‘lanish, aloqadorlik va munosabatlarning yaxlitligi bilish jarayonining uzluksizligini ta’minlaydigan umumiy qonuniyat tarzida vujudga kelgan. Alohidalik, xususiylik, umumiylik. Ular narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi makon-zamon munosabatlarini konkret tarzda namoyon qiladi. Umumiylik – olamdagi alohida, individual tarzda namoyon bo‘layotgan narsa-hodisalarning turfa, xilma-xil umumlashtiruvchi xossa hamda xususiyatlarning mushtaraklashgan holda namoyon bo‘lishidir. Alohidalik va umumiylik o‘rtasidagi bog‘lanish, aloqadorlik va munosabat «xususiylik» kategoriyasi orqali ifodalanadi. Alohidalikni, umumiy qonuniyatlar tarkibidagi, elementlarning individual rivojlanish jarayoni sifatida olib qarash kerak. Chunki har qanday umumiylik, dastlab voqelikning alohidaligi tarzida vujudga keladi. Shunga ko‘ra, har qanday sistema o‘z tarkibidagi nisbatan yangi, alohida hodisalarning individual rivojlanishisiz sodir bo‘la olmaydi. Shunday qilib, alohidalik voqelik rivojlanishining xilma-xil shakllarini vujudga keltiradi. Narsa va hodisalarda alohidaliklarning konkret xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘lanishlar, bir tomondan, umumiylikni namoyon qilish bilan bir qatorda, ularning muayyanligi va mazmunini ham belgilaydi. Ikkinchi tomondan esa, umumiylikning konkretligi alohidaliklar sistemasi tarzida namoyon bo‘ladi. Bu sistemaga strukturali yondashish bilishning nisbatan to‘laqonli bo‘lishini ta’minlaydi. Masalan, muayyan jamiyatdagi kishilarning ijtimoiy munosabatlari o‘ziga xos bo‘lgan yo‘nalishlarini vujudga keltirgan. Ya’ni, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, diniy ekologik va boshqa shu kabi ijtimoiy munosabatlar umumiy madaniyat tarkibida «iqtisodiy madaniyat», «huquqiy madaniyat», «siyosiy madaniyat», «ekologik madaniyat» va boshqa nisbatan mustaqil yo‘nalishlarga asos bo‘lgan. Bu madaniyat yo‘nalishlari nisbatan mustaqil bo‘lsa ham, bir-birini taqozo qiladi. Ularning ichki birligi va rivojlanish tendensiyasi umuminsoniyat sivilizatsiyasi manfaatlaridan kelib chiqqan bo‘lib, umumiy taraqqiyot darajasiga mos keladi. Falsafaning bu kategoriyasi bilan «butun», «qism» «struktura», «sistema», «element», kategoriyalari o‘rtasida uzviy bog‘liqlik va muayyan farqlar mavjud. Ya’ni «alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalar rivojlanish jarayonidagi bog‘lanish, aloqadorlik munosabatlarining yaxlitligini nisbatan mustaqil ifodalash bo‘lsa, «butun», «qism», «struktura», «sistema», «element», kategoriyalari esa, ularning makon va zamondagi bog‘lanish munosabatlarini jarayon tarzida ifodalashdir. Shu nuqtai nazardan, butunni – umumiylik, qismni yoki elementni – alohidalik tarzida olib qarash holatlari uchraydi. Shuningdek, muayyan o‘xshashlik bo‘lishiga qaramasdan, sistemani umumiylik tarzida qabul qilish mumkin emas. Bunda sistema turli darajadagi umumiyliklarning majmui ham bo‘lishi mumkin. Umuman, narsa va hodisalarni tarkibiy jihatdan «butun», «qism», element»larga ajratish bilishga xos nisbiy hodisa bo‘lib, uning samaradorligini ta’minlaydigan zaruriy shartdir. Shunga ko‘ra, yuqorida aytilgan har ikkala kategoriyalar tizimi bilishning bosqichi sifatida emas, balki usuli sifatida olib qaralishi kerak. Sistema, struktura, element falsafaning muhim kategoriyalaridan hisoblanadi. Sistema grekcha so‘z bo‘lib, mantiqiy ma’nosi butunlik, yaxlitlik, elementlardan tashkil topgan birikma, degan ma’nolarni anglatadi. Sistema – narsa va hodisalarning bog‘lanishlari, aloqadorligi va munosabatining tartibli tadrijiy rivojlanishini ifodalaydi. Struktura esa, narsa hodisalar bog‘lanishi, aloqadorligi va munosabatlari tizimining makon va zamondagi birligini ta’minlaydigan sistemaning mavjudlik holatidir. Element sistemani tashkil qilgan strukturaning o‘zaro bog‘lanish, aloqadorlik, munosabat jihatlarini ta’minlaydigan nisbatan mustaqil tarkibiy qismidir. Jamiyatda element ijtimoiy munosabatlarning konkret ko‘rinishlari tarzida namoyon bo‘ladi. Masalan, jamiyatni yaxlit sistema deb oladigan bo‘lsak, undagi element alohida individlar, ijtimoiy qatlamlar, tabaqalarning ongli munosabatlari tarzida ko‘zga tashlanadi. Ya’ni, jamiyatning axloqiy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa munosabatlari strukturaviy tuzilishni tashkil qilgan. Elementlarni sistemani tashkil qilishdagi strukturaviy ahamiyatiga ko‘ra: muhim va muhim bo‘lmagan, asosiy va asosiy bo‘lmagan elementlarga ajratib o‘rganish alohida ahamiyatga ega. Chunki har qanday konkret element, muayyan sistemada makon-zamon xususiyatlariga ko‘ra, o‘z ahamiyatiga ega bo‘ladi Download 162.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling