Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


) Bozor munosabatlariga o`tish - demokratik va erkin fuqarolik jamiyatini qurishning asosiy shartidir


Download 162.87 Kb.
bet58/92
Sana20.06.2023
Hajmi162.87 Kb.
#1631780
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   92
Bog'liq
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

66) Bozor munosabatlariga o`tish - demokratik va erkin fuqarolik jamiyatini qurishning asosiy shartidir.
O’zbekistonning tadrijiy taraqqiyot yo’li ayrim davlatlarning bozor munosabatlariga “shokterapiya”si usuli bilan o’tish tajribasidan keskin farqlanadi. O’zbekistonning mustabidlikdan qutulgan dastlabki davrdagi o’ziga xos iqtisodiy ahvoli, sobiq ittifoq davrida o’lkaning xom ashyo etkazib berishga ixtisoslashishi kabi og’ir meros bilan birga xalqning ming yillik tajribasi, undan kelib chiqadigan xulosalar bozor munosabatlariga tadrijiy ravishda bosqichma-bosqich o’tishni taqozo etdi.
Islohotlar amalga oshirilgunga qadar respublika aholisining aksariyat qismi iqtisodiy jihatdan nochor ahvolda bo’lib, mulkning davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi jarayonida aholining ikki toifaga ajralishi, haddan tashqari boyib va qashshoqlashib ketishi muqarrar ravishda turli noroziliklar va ijtimoiy larzalarni keltirib chiqarishi mumkin edi. Ana shularni hisobga olib, I.A. Karimov bozor munosabatlariga o’tishning muhim xususiyatlaridan biri sifatida aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan kuchli siyosat g’oyasini ilgari surdi.
Bozor munosabatlarini amalga oshirish bir necha bosqichdan iborat qilib belgilandi. Har bir bosqichda ma’lum iqtisodiy tadbirlar amalga oshirildi. Bular quyidagilardir:
— mulkni xususiylashtirish;
— mulkning davlat tasarrufidan chiqarilishi;
— mulkning xilma-xil shakllarini vujudga keltirish;
— agrar islohotlarni amalga oshirish;
— milliy valyutani muomalaga kiritish;
— yangi iqtisodiy infrastrukturaning yaratilishi;
— rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikdagi qo’shma korxonalarning barpo etilishi;
— innovatsiya siyosatini amalga oshirish;
— xorijiy investitsiya, texnika va texnologiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga jalb etish va boshqalar.

Taraqqiyotning uchinchi yo’nalishi bilan bog’liq falsafiy vazifalar: jamiyatni erkinlashtirish erkin bozor munosabatlarini shakllantirish demakdir. Buning uchun bozor isloqotlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish, barqaror va o’zaro mutanosib, mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bo`lgan erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish lozim.


Bu maqsadlarga erishish uchun, Prezident Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, xususiy sektorning mavqeini yanada oshirish, kichik va o`rta biznes hamda tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, tashqi iqtisodiy faoliyat hamda valyuta bozorini erkinlashtirish; milliy valyutaning joriy operatsiyalar bo’yicha erkin almashuvini ta’minlash, so’mimizning barqarorligi va xarid quvvatini har tomonlama mustahkamlash, iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish, eksport rivoji, import o’rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlash uchun xorijiy investitsiyalar, avvalambor, xususiy sarmoyalarni jalb etishni kuchaytirish, bularga erishish yo’lida xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, dunyo iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuv, Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo’lish uchun shart-sharoitlarni yaratish zarur.
Shu vazifalar amalga oshirilsagina biz sobiq tuzumdan meros sifatida yashab kelayotgan qoloq ishlab chiqarish munosabatlaridan xalos bo’lib, raqobat asosida rivojlanadigan iqtisodiy tizim yaratamiz. Chetga mahsulot eksport qilish ham, import o’rniga o’z mahsulotlarimizni bozorga chiqarish qam amalda ishlab chiqarishdagi ko’proq foydani o’z qo’limizga kiritish degan gap.
67) Dunyoviy tipdagi mafkuralar va ularning asosiy belgilari.
Mafkura o‘z mohiyati, maqsadi, harakat yo‘nalishlari bilan jamiyatning bosh g‘oyasiga xizmat qiladi. U – jamiyat hayotining tarkibiy qismi, binobarin, uning bag‘rida shakllanadi, madaniy meros va qadriyatlar zaminida faoliyat ko‘rsatadi.
Mamlakatimizda milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish borasida ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun sobiq mustabid tuzum mafkurasi butunlay o‘tmishga aylandi. Diyorimizda milliy davlatchilik an’analarimiz qayta tiklanmoqda, ma’naviyat, madaniyat va ma’rifat yangi yuksaklikka ko‘tarilmoqda. «Ana shu jarayonning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?», «U hayotimizni qaysi tomonga eltadi?», «Biz bu jarayonda qanday ishtirok etishimiz lozim?» degan savollarga javob topish zarurati ijtimoiy tafakkurni o‘zgartirishni dolzarb vazifaga aylantirmoqda.
Mustaqillik, milliy manfaatlarimizga mos mafkurani shakllantirishni kun tartibiga qo‘ydi. U xalqimizning azaliy an’analari, udumlari, tili, dili va ruhiyatiga asoslanib, ongimizga kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg‘ularini singdirishi lozim.
Shu bilan birga, bu «Mafkura xalqimizda, o‘zining qudrati va himoyasiga suyangan holda umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, jahon hamjamiyatidagi mustaqil davlatlar orasida teng huquqli o‘laroq munosib o‘rin egallashiga doimiy intilish hissini tarbiyalamog‘i kerak». Davlatimiz rahbarining ushbu fikrlarida milliy istiqlol mafkurasining dasturiy vazifalari o‘z ifodasini topgan. Mafkura dunyoqarashning asosini tashkil etadi, jamiyat va xalqning taraqqiyot yo‘lini belgilab beradi, jamiyat va millat rivojlanishidagi yetakchi g‘oyalarni ilgari suradi. Shu g‘oyalar asosida insonlar faoliyati, orzu-intilishlari, istiqbol rejalarini aniqlashga yordam beradi.
Mafkura davlat, siyosat yoki muayyan ijtimoiy guruh manfaatlariga xizmat qiluvchi qarashlar, g‘oyalar tizimi sifatida namoyon bo‘ladi. U davlat, jamiyat yoki partiyalarning ijtimoiy barqarorligini, yashovchanligini g‘oyaviy jihatdan ta’minlashga ham xizmat qiladi. Shu o‘rinda mafkura o‘zi mansub bo‘lgan jamiyat, millat yoki ijtimoiy guruhning harakat dasturiga g‘oyaviy yo‘nalish berishga qaratilgan targ‘ibotlar majmuiga ham o‘xshab ketadi.



Download 162.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling