Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


) O’zbekistonning mustaqilligi va mafkuraviy jarayonlar


Download 162.87 Kb.
bet66/92
Sana20.06.2023
Hajmi162.87 Kb.
#1631780
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   92
Bog'liq
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

78) O’zbekistonning mustaqilligi va mafkuraviy jarayonlar.
Istiqlol g’oyasining xalqimiz qalbiga yo’l topishi, mamlakatdagi mavjud buyuk intelektual salohiyatni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga erishish uchun safarbaar etish milliy mafkura oldiga qo’yiladigan asosiy maqsaddir. Shuni ham inobatga olish zarurki, xalqni faqat olijanob va ilg’or g’oyalargina emas, balki Vatan mustaqilligi va hududiy yaxlitligini xavf otida qoldiradigan turli ko’rinishlardagi mafkuraviy tazyiqlarga qarshilik ko’rsatish zaruriyati ham jipslashtiradi. Milliy istiqlol mafkurasi, bir tomondan, O’zbekiston zaminida kelajagi buyuk, farovon jamiyat barpo etish uchun xalqimiz kuch-quvvatini jipslashtirishni, xalq irodasini bunyodkorlik ishlariga safarbar etishni, ikkinchi tomondan esa, milliy mustaqilligimizni jiddiy xavf solayotgan fkuraviy tahdidlarga zarba bera oladigan mard, jasur, vatanprvar avlodni tarbiyalashni ko’zda tutadi.
Gap shundaki, mamlakatimizning bunday keyingi rivojlanish istiqbollarni ko’p jihatdan xalqimiz irodasini milliy mafkura atrofida nechog’li jipslashtirishga, xalqimizning vatanparvarlik, insonparvarlik, taraqqiyoparvarlik fazilatlarini yanada rivojlantirishga bog’liq. Prezident Islom Kariov ta’kidlaganidek, “endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo’layotgan kurashlar ko’p narsani hal qiladi”. Jahonni mafkuraviy jihatdan bo’lib olish uchun tinimsiz harakat qilinayotgan hozirgi sharoitla faqat kuchli milliy mafkuragina jamiyatni ana shunday tazyiqlardan muhofaza qila oladi.
Hozirgi paytda kimning g’oyasi kuchli, fikri tiniq, mafkurasi hayotiy bo’lsa – o’sha g’alaba qozonadi. Bu – insoniyatning XX asr tarixidan kelib chiqadigan muhim xulosalardan biridir. Milliy istiqlol mafkurasi xalqning tub manfaatlari va maqsadlarini o’zida ifoda etadi, jamiyat a’zolarini shu maqsad atrofida jipslashtiradi.
O’zbekiston xalqining tub manfaatlari: mamlakat mustaqilligi, yurt tinchligi, millatlararo totuvlik, fuqarolar o’rtasida o’zaro hamkorlik, mamlakat aholisi va har bir oila, mahalla-ko’yning farovonligini ta’minlashdan iboratdir.
Milliy mafkurada xalqimizning umumiy manfaatlari, orzu-umidlari maqsad va intilishlari o’z aksini topadi. Prezidentimiz Islom Karimov milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadini shunday belgilaydi: “Xalqni buyuk kelajak va ulug’vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat’iy nazar, har bir fuqaro yagona Vatan baxt-saodati uchun doim ma’suliyat sezib yashashga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo’lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchanlik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoiylikni hayot mezoniga aylantirish – milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir. Shu bilan birga men milliy istiqlol g’oyasi bugungi tez sur’atlar bilan o’zgarayotgan tahlikali dunyoda o’zligimizni anglash, bizning kimligimizni, qanday buyuk ajdodlarning merosiga, necha ming yillik tarix, betakror madaniyat va qadriyatlarga ega ekanligimizni his etib yashashga, bu boylikni asrab-avaylab, demokratik qadriyatlar, butun jahon taraqqiyoti yutuqlari bilan oziqlantirib, yangi o’sib kelayotgan avlodga yetkazishga xizmat qilmog’i zarur, deb bilaman”.



Download 162.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling